Maxsus bo'lim > Turk tili va adabiyoti

Türkçe öğreniyoruz

(1/40) > >>

Usmoniy:
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh

Hurmatli qorindoshlar, ko'ngildoshlar, forumdoshlar,

Forumda Turkiya Turkchasiga qiziqqan do'stlar bormikin, bilmayman. Lek qo'ldan kelguncha Turkiya Turkchasi bilan tegishli ma'lumotni kiritishga harakat qilaman.


Turkiya Turkchasi 1928-yildan e'tiboran Lotin yozuviga asoslangan. Mana mazkur alifbo (Alfabe-Abece)

Turk - O'zbek
Lotin Yozuvlari

A a - A a, O o
B b - B b
C c - J j
Ç ç - Ch ch
D d - D d
E e - E e
F f  - F f
G g - G g
Ğ ğ - G' g'
H h - H h, X x
I ı - İ i (qattiq i)
İ i - İ i
J j - J j
K k - K k, Q q
L l - L l
M m - M m
N n - N n
O o - O o (Turkchada doim olimpiada, avtomat kabi so'zlardagidek, uzoq, cho'ziq a emas.)
Ö ö - O' o'
P p - P p
R r - R r
S s - S s
Ş ş - Sh sh
T t - T t
U u - U u
Ü ü - U u (yumshoq u)
V v - V v
Y y - Y y
Z z - Z z

İkki alifbo ham lotinga asoslangan ammo afsuski o'qib yozganda qiyinchilik chiqaradi. Yo'qsa menimcha ikki til deyarli bir xil.

Bir necha misol:

İnşallah - Insholloh
Yoldaş - Yo'ldosh
Dağ - Tog'
Gün - Kun
Gece - Kecha
Çayhane - Choyxona
Şart - Shart
Ata (Ajdod ma'nasida) - Ota ( Baba mânâsında)
Baba ( Ota ma'nosida) - Bobo ( Dede mânâsında)
Dede ( Bobo, Buva ma'nosida) - Dada ? ( O'zbekchada ishlatilgan so'zmi bilmadim)
vh.

Turkiyada O'zbek alifbosi ishlatilgan bo'lsa;

Istiqlol madhiyasi shunday yozilur edi,

"Korkma sönmez bu şafaklarda yüzen al sancak"

"Qo'rqma so'nmes bu shafaqlarda yuz(g)an ol sanjoq"

Hurmat ila...

zulayxo:


"Alloh rozi bo'lsin "     "Olloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin"

Mohinur:
Assalomu alaykum!

Judayam foydali ishga qo'l uribsiz. O'ylaymanki ko'pchilikka foydali bo'ladi.

Davomini ham kutib qolamiz.

Usmoniy:

--- Iqtibos: zulayxo  05 Avgust 2006, 07:50:01 ---

"Alloh rozi bo'lsin "     "Olloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin"

--- End quote ---

Omin ajmoin.
Chin yurakdan rahmat sizga.

Usmoniy:

--- Iqtibos: Mohinur  05 Avgust 2006, 08:37:54 ---Assalomu alaykum!

Judayam foydali ishga qo'l uribsiz. O'ylaymanki ko'pchilikka foydali bo'ladi.

Davomini ham kutib qolamiz.


--- End quote ---

Va alaykum assalom
Alloh o'zi rozi bo'lsin.
Insholloh davomi keladi.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version