Türkçe öğreniyoruz  ( 153491 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 20 B


Ansora  28 Sentyabr 2009, 09:05:36

omon bo'ling azizlar,kapalak honim sizga savol
-devlet dengeleri- o'zbekchada qanday ma'no beradi?
denge- muvozanat, balans degani.
davlatning muvozanati, degani:)

sizga ham hayirli sabohlar:)
balki davlat tangalri deganidur?

tanga nima turkchada? tenge mi?

Kapalak opa, sizga bitta taklif:
siz bu yerga o'zbeklarda mashhur bo'lgan qo'shiqchilarning qo'shig'ini matnini qo'ying, i bizga topshiriq bering, tarjima qipkelishga...biza o'zbekchaga tarjima qipkelamiz..

faqat boshida 1 yoki 2 ko'plitdan bersayiz yaxshi bo'ladi.

ChehMik, tanga, yani, mayda pul-"Kurush", deyiladi Turkchada.
Ashulaga kelganda, keyingi paytlarda uncha ko'p ashula eshitmayman, O'zb-gilarni esa yaxshi bilmayman ham. Orada O'zbeklarimiz ashula jo'natib turishadi, shundan bilaman:)


Qayd etilgan


saltanat  28 Sentyabr 2009, 11:18:35

ashulalar uchun boshqa joydan blog ochvoliylar, chirishni (yani qoidani) buzmanglar ;)

  muallima kapalak xonim, marhamat qilib yil oylari nomlarini o'zbekcha va turkcha atalishini yozib qoldirsangiz, oldindan rahmat.

Qayd etilgan


Ansora  28 Sentyabr 2009, 11:38:06

Yanvar’      Ojak (Ocak) yani qattiq "œj" shaklida talaffuz qilinadi.
Fevral’       Shubat (Şubat)
Mart       Mart ( Mart)
Aprel’      Nisan (Nisan)    
May      Mayıs (Mayıs)
İyun’      Haziran (Haziran)
İyul’      Temmuz (Temmuz)
Avgust      Ag’ustos (Ağustos)
Sentyabr’   Eylul (Eylül)
Oktyabr’   Ekim (Ekim)
Noyabr’   Kasım (Kasım)
Dekabr’      Aralık (Aralık)

Qayd etilgan


saltanat  28 Sentyabr 2009, 12:19:01

Po'lat Alemdar- Nejati Sasmas

Bu Po'latning hayotdagi kasbi ekan.
Ust Duzey Devlet gorevlisi ( "U" niustida ikki nuqtasi bor) -- nima degani?

Qayd etilgan


Ansora  28 Sentyabr 2009, 12:22:21

Po'lat Alemdar- Nejati Sasmas

Bu Po'latning hayotdagi kasbi ekan.
Ust Duzey Devlet gorevlisi ( "U" niustida ikki nuqtasi bor) -- nima degani?

Yani Davlat tashkilotiga oid ishlardan birida, yuqori mansabda ishlaydigan odam.

Qayd etilgan


saltanat  29 Sentyabr 2009, 08:46:38

chehmikka

uzr chehmik, sizni man tushundim, lakin bu taklifizga rad javobini beraman.
  Payg'ambarimiz s.a.w. musulmonlarni g'iynodan yani musiqadan qaytarganlar, musiqa shaytonni amali, siz aytgan usul  til o'rganishda boshqa forumdoshlarga ham qulaydir, biroq  Paygambarimiz s.a.w. qaytarganlari sabab bunga qarshiman.Yaxshi hiyatda o'rganayotgan narsamizni qaytarigan narsalar bilan o'rganmaylik, uzr hafa bo'lmaysiz degan umiddaman chehmik.

Qayd etilgan


Ansora  29 Sentyabr 2009, 09:08:43

Saltanat Opa, ChehMikjon, menimcha Turkchada men she'r yozay. Bizni odob-ahloqqa, dinga chaqirdagin. Kim hohlasa qo'lidan kelgunicha tushunib tarjima qilishga harakat qilsin. Hatto Hadisi- Shariflar bo'lishi ham mumkin. Bu soyada ham yozilganlardan o'zimizga bir narsalar olamiz va Turkcha bilan O'zbekchadagi so'zlarning o'hshash taraflarini, farqliliklarini o'rganamiz. Chunki Turkcha O'zbek tiliga juda o'hshaydi. Masalan Turkiyaga kelgan bir talaba 2 hafta ichida Turkchani o'rganar ekan. Ayamlar hatto 3 kunda qaynonam bilan bulbuligo'yoday suhbatlashagandilar:)
İlk she'rni yozyabman:

Aql

Akıl akıl olsaydı adı gönül olurdu
Gönül gönlü bulsaydı bozkırlar gül olurdu..
                                                     (Originali)


Akıl akıl olsaydı adı go'nul olurdu
Go'nul go'nlu bulsaydı bozkırlar gul olurdu..
                                                          (Lotinchasi)

                                                    Nejib Fazıl Kısakurek

Qayd etilgan


Ansora  29 Sentyabr 2009, 16:41:58

Agar aql aql bo'lsa edi..degan ma'noda qarang...

chunki -sa, -se (shart mayli) bor bu yerda...

ChehMik, doskaga:) davom eting:)

Qayd etilgan


Ansora  29 Sentyabr 2009, 16:56:05

Akıl akıl olsaydı adı go'nul olurdu
Go'nul go'nlu bulsaydı bozkırlar gul olurdu..


"Agarda aql rostdan ham o'z o'ziga aql bera olsa edi, ismi aql emas, ko'ngil bo'lar edi, chunki aqlli inson hech qachon hech kimni hafa qilmaydi,

Ko'ngil agar haqiqiy ma'noda ko'ngildagiday bo'lsa edi, cho'llarda atirgullar ochilar edi....

Bu insonlar orasidagi mehr-muhabbat hislarini majoziy ma'noda tarannum etgan she'r....

Qayd etilgan


Ansora  29 Sentyabr 2009, 16:59:13

Bozkır- cho'l degani.

Bizda ham bo'zrang ot deyiladiku masalan.
Aslıda kır- qir ma'nosida lekin oldida bo'z so'zi bo'lgani uchun hech narsa bitmaydigan, cho'lday ishlatilgan bu she'rda...

Qayd etilgan