Kim ko'p maqol biladi?  ( 305900 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 110 B


As-Samarqandiy  23 Avgust 2010, 14:44:49

:as:
Onasini ko'rib qizini ol

 :ms:

Maqollar takror-takror bo'lib ketyapti, e'tiborliroq bo'lsak, yaxshimikin?
:)

Bismillohir rohmanir rohiym!

Robiya forumdosh, bu mavzu ikki - uch kunni ichida 16 sahifaga yetdi. Hamma ham bu yerda men yozayotgan maqol yozilganmikin deb ko'rib chiqa olmaydi. Keyin gap kimning qancha maqol bilishida ketyapti, bir necha kishi bir maqolni qaytarsa zarari yo'q deb o'ylayman. Ammo bir kishi bir maqolni bir necha bor qaytarib yozsa, bu qoidaga to'g'ri kelmaydi.  Vaqtim bo'lganda ko'rib chiqaman, kim ko'p maqol yozganini. Siz ham boshqa forumdoshlar kabi bilganingizni yozib ketavering, faqat ko'chirish bo'lmasin, ko'chirib yozayotganlar bo'lsa, bu vijdoniga havola. Shunaqa gaplar. Hammaga omad tilayman.

Kuningiz barokatli o'tsin!

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  23 Avgust 2010, 14:46:30

Bismillohir rohmanir rohiym!

Achchiqni achchiq kesadi.

Qayd etilgan


Robiya  23 Avgust 2010, 14:47:54

  :as:

Unda tushundim, braupov, uzr so'rayman..

ON: Burgaga achchiq qilib ko'rpani kuydirma

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  23 Avgust 2010, 14:56:59

Bismillohir rohmanir rohiym!

Aytsam tilim, aytmasam dilim og'riydi.

Qayd etilgan


Ansora  23 Avgust 2010, 15:05:47


Birni ko'rib fikr qil, birni ko'rib shukr..

(Hech bo'lmasa ayni sahifada bir xil maqol bo'lmasin birodarlar)

Qayd etilgan


Habib  23 Avgust 2010, 15:06:39

Tabib tabibmas, boshidan o'tkazgan tabib.
(Habib habibmas,boshidan o'tkazgan habib ;))

Qayd etilgan


Habib  23 Avgust 2010, 15:08:04

Sheriging qarg'a bo'lsa, yemishing ahlat. (maqol)

Qayd etilgan


Habib  23 Avgust 2010, 15:08:41

Bukrini go'r to'g'irlaydi.

Qayd etilgan


Habib  23 Avgust 2010, 15:09:02

Tog' tog' bilan uchrashmaydi, odam odam bilan uchrashadi.

Qayd etilgan


Ansora  23 Avgust 2010, 15:09:57

Bir kun janjal chiqqan uydan qirq kun baraka ketadi...

Qayd etilgan