Kim ko'p maqol biladi?  ( 306737 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 ... 110 B


AL_laziz87  24 Sentyabr 2010, 13:38:52

Olim bo'lma odam bo'l`

Olim bo'lish oson Odam bo'lish qiyin.
Bu Sizni maqolizga ibora bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


Habib  24 Sentyabr 2010, 15:43:10

Qorni to'qni qorni och bilan nima ishi bor?

Qayd etilgan


_IYMONA_  24 Sentyabr 2010, 20:57:53

Ko'p gap eshakka yuk

Qayd etilgan


UzMuslim  24 Sentyabr 2010, 21:14:43

Keyingi Pushaymon O'zinga dushman..

Qayd etilgan


lolo  24 Sentyabr 2010, 22:06:39

Mayda gap - katta ishni g'arq qiladi.

Qayd etilgan


UzMuslim  25 Sentyabr 2010, 21:07:51

Paxta tersang Toza ter-Yanog'ida Qolmasin

Qayd etilgan


yoqutxon  25 Sentyabr 2010, 23:12:17

Bir tanang do'st, bir onang do'st.
Bu maqolni dono halqimiz juda topib aytgan. Menimcha uni ta'riflab o'tirishni hojati yo'q bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


Muslim Odilbek  27 Sentyabr 2010, 11:07:23

Aravani ot tortar,
Ko'lankasin — it.

Ari zahrin chekmagan
Bol qadrini bilmas.Ahdi borning baxti bor.

Ahd qilgan baxt topar.

Baxt yalqovga begona.

Baxtingga ishonma, barmog'ingga ishon.

Bekor o'tirguncha, bekor ishla.

Bekordan xudo bezor.Bekorchining beti yo'q,
Qozon osar eti yo'q.

Bekorchining hunari — g'iybat.

Beli bog'liqning dili bog'liq.

Bemaza qovunning urug'i ko'p.

Bemehnat hikmat yo'q.

Bermas tangridan hormas ovchi olar.

Bersang — olasan, eksang — o'rasan.

Betashvish bosh qayda,
Mehnatsiz osh qayda.

Bir ezma topadi, bir — kezma.

Qayd etilgan


Ansora  27 Sentyabr 2010, 17:24:36

To'g'ri gap-tuqqaningga yoqmas!

Qayd etilgan


Habib  27 Sentyabr 2010, 17:48:12

O'zimdan chiqqan baloga qayga boray davoga.

Qayd etilgan