Bismillohir rohmanir rohiym!
Toming qushning tomidan baland bo'lmasin.
PS. ma'nosi shuki, uy qurganda uyning tomi qushninikidan baland bo'lmasligi kerak ekan. Asl sababini uydagilardan so'rab yozib qo'yaman. Bizlar taraflarda shunaqaga o'xshash maqol bor, esga kelganini yozib qo'ydim. Haqiqiy shakli qanaqaligini bilmayman. Manimcha shunaqa edi.
Assalamu alaykum.
Rasululloh (sav): "Allohga va uning oxirat kuniga ishongan odam qöshnisini ikrom qilsin", deganlar.
Shu hadisdan körinib turibdiki, biz qöshnimiz kim bölishidan qat'iy nazar - kofir böladimi, musulmon böladimi- qöshnichilik vazifasini bajarishimiz, uyimizni ularning uyidan körkamroq, mahobatliroq, tomini balandroq qurmasligimiz kerak. Imomi A'zam (r.h) ma'jusiy qöshnisiga yaxshi muomalada bölganliklari sababli Alloh u qöshnisining diliga hidoyat solgan.