shaxsiy sayt kerakmi ?  ( 36902 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


leonardo1024  25 Avgust 2010, 23:01:30

Salom, hammaga
Ko'pchilik mendan sayt qanday yaratilishini so'raydi. Mening bir og'iz javobim bilan sayt ochib bo'lmaydi albatta ;-)

Shuning uchun man yaqinda sayt.uz nomli yangi proekt ochdim, Odamlarga foydasi tegadi deb o'ylayman

Bunda siz quyidagi turdagi saytlar ochishingiz mumkin:
- Shaxsiy sayt / portfolio
- Firma/ Korxona uchun sayt
- Savdo / internet magazin saytlari
- va boshqalar

Sayt ochish uchun www.qalam.uz ga kiring...
http://qalam.uz saytida darsliklar mavjud





Qayd etilgan


leonardo1024  26 Avgust 2010, 19:01:34

Sayt ochish uchun nimalarni bilish kerak

Webmaster bu shunday odam-ki, Veb-sayt ochish,  uni dizayni ustida ishlash, internetga joylash haqida barcha umumiy ma'lumotlarni biladigan odamdir.

Webmaster bilishi kerak bo'lgan bilimlarni sanaymiz:

1. Dizayn yaratish.
Hozirda dizayn yo'nalishi ham juda ko'p qismlarga bo'lingan. Veb dizayner, Banner dizaynerlari, Logotip dizayneri, naqsh va emblema dizaynerlari va hokazo.... Bularni hammasini chuqur bilish shart emas. Asosiydi, Adobe Photoshop dasturini bilish kerak, chuqur bilmasa ham oddiy dizyanlar yoki interfeyslar chiza olishi kerak, Bundan tashqari, Adobe Fireworks dasturi ham interfeyslar chizish uchun juda qulay. Men o'zim har doim Fireworks ishlataman, Ammo mayda elementlar yoki logotiplar uchun effektlar qilishda Photoshop ishlataman. Xullas bu ikki dasturni o'rganing.

Agar qo'shimcha qilib, Corel Draw dasturini o'rgansangiz, bu ham albatta foydali...
Unutmang: har narsani o'rganar ekansiz, avvaldan qiziqsh bilan zavq bilan o'rganing. O'zingizni majburlab emas.

2. HTML CSS (verstka)

Sayt yoki web dasturning dizayni tayyor bo'lgach uni browserda ko'rinishi uchun html va css kodlari orqali ko'rsatish kerak... Xullas agar siz html css nima ekanligini bilmasangiz internetda bu haqda darsliklar juda ko'p. HTML / CSS ni bilmagan dasturchi bo'lmasa kerak deb o'ylayman. Siz bunga alohida etibor bering...

3. Dasturlash tillari va malumotlar bazasi

Hozirda dasturlash tillari ham ko'p, Eng mashxurlari, PHP, ASP, Python,
Lekin juda ko'p saytlar PHP tilida qilingan. php haqida juda ko'p darsliklar bor. Keyin Ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni o'rganing, Asosan: MySQL va PostgreSQL  malumotlar bazasida ishlashni o'rganing. Chunki saytdagi asosiy matnlar bazada saqlanadi.

4.  Browser dasturlash tili - JavaScript

JavaScript tilini o'rganish ham muhim, Ammo buning o'zi bilan siz biror dastur qilaman desangiz juda ko'p vaqt ketadi, JavaScript uchun tayyor frameworklar bor. Framework - bu oddiy qilib aytganda avvaldan qilingan tayyor mayda dasturlar yoki effektlar. JQuery, Mootools nomli frameworklarni o'rgansangiz bu sizni ishingizni yanada osonlashtiradi.

5. CMS - tayyor dasturlarni ishlatish.

CMS (Content Management System) bu tayyor qilingan sayt, Dasturlash va dizaynni bilmaydigan odam ham CMS yordamida chhiroyli saytlar qilishi mumkin. Kod va dizaynlari ham tayyor qilingan bo'ladi. Siz uni faqat internetga joylash va ichini to'ldirishingiz kerak xolor. Hozirda mashxur CMS dasturlari bu Joomla, Wordpress, Drupal, hisoblanadi. Bundan tashqari PHP Framework dasturlari ham bor. Framework bu tayyor yozilgan kodlar. Masalan malumotlarni bazadan olish va uni ko'rsatish uchun PHP dasturinida bir necha qator kod yozish kerak, bu kod yozishda ham ancha bosh qotirasiz. Framework esa hamma kodlarni tayyor yozib qo'ygan, siz ularni bir biriga ulaysiz xolos.

Unutmang, Avval dastulashni o'rganmay turib darhol CMS va Framework bilan ishlash qiyin. Hatto tushunolmay qolishingiz mumkin.

6. Hosting va Domen

Hosting bu saytingizni internetda saqlaydigan server, Domen esa sayt nomi (masalan: www.saytnomi.uz) .  Saytni internetga joylash, va hostingni moslash (htaccess fayllari yoki cron bilan ishlash) kabi bilimlarni o'rganish kerak.

7. Qidiruv saytlariga reklama, elon qilish

Bu eng oxirgi qadam. Buni SEO (Search engine Optimization) deb ham aytiladi. Siz qilgan saytingiz yoki proektingizni odamlar bilishlari uchun uni elon qilish kerak. Qidiruv saytlari: google, yandex, mail.ru orqali qidirganda sizni saytingiz ham ko'rinishi kerak. Buni bajarish uchun saytni turli kataloglarga qo'shish kerak, Google yoki yandex qidiruv tizimiga kiritish kerak.

Xullas, yuqoridagi bilimlar bu Web-master uchun kerak bo'lgan umumiy bilimlardir. Agar siz dastulash bilan shug'ullanadigan biror studia boshqaruvchisi bo'lsangiz, u holda yuqorida sanalgan bilimlarni bilishingiz lozim. Lekin hammasini professional darajada bilish shart emas.

Hozirda, zamon talabi shundayki: bir sohani chuqur o'rganish uchun boshqa sohalardan voz kechishingiz kerak, Masalan. Dasturchi bo'lmoqchisiz deylik. Dasturlash tillaridan 3 - 4 tasini o'rganasiz. Keyin ularni chuqur o'rganishga vaqtingiz ham yetmay qoladi. Keyin 1 ta yo'nalishdagi dasturlashni tanlashga majbur bo'lasiz. Aytaylik Web dasturlashni tanlaysiz. vaqtingizni  PHP va ASP tillarini o'rganishga bag'ishlaysiz.  Keyin, o'rganishni davom ettirsangiz faqat bittasini tanlash kerak bo'ladi. Chunki hozirda ilmlar chuqurlashib bormoqda. Ko'p narsani o'rganaman degan odamning bilimi yuzaki qolib ketadi.

Yuqorida sanalgan bilimlardan faqat bittasini chuqur o'rganaman desangiz, albatta boshqalaridan voz kechishga majbursiz. Agar hammasiga qiziqsangiz, u holda siz boshqaruvchi bo'la olishingiz mumkin.

Ammo bu hammasi emas, hozir kun sayin yangi dasturlar chiqmoqda. O'z bilimingizni doim oshirib turish kerak. internet orqali videoDarsliklar va maqolalarni ko'rish kerak.

Savollar bo'lsa biz bilan bog'laning  www.qalam.uz saytida boshqa maqolalar ham bor, Hammasi sayt ochish va dasturlashga bog'liq


Qayd etilgan


Naimjon  27 Avgust 2010, 01:36:38

Proyektingizga gap yo`q.

Qayd etilgan


leonardo1024  02 Sentyabr 2010, 20:22:34

Rahmat, odamlarga foydasi tegyapti deb o'ylayman

Bemalol kirib sayt ochish haqida malumot yuboringlar

Qayd etilgan


Zuxurov  28 Sentyabr 2010, 12:46:49

Ajoyib. Yana telefonlar uchun ham shunaqa saytlar yaratishning iloji yo'qmi?

Qayd etilgan


Gabriela  18 Oktyabr 2010, 16:19:54

rahmat

Qayd etilgan


jasur.best  16 Noyabr 2010, 18:43:05

Hammasi uchun katta tashakkur!

Qayd etilgan


_Otabek_  17 Noyabr 2010, 17:52:49

Yaxshi ishga qo'l urulibdi.. Sayt qilishning o'ziga yarasha mashaqqati bor, bu xizmatni beminnat taklif qilish faqat maqtovga loyiq..
O'znetda o'zi shunday bepul hosting bo'lishi kerak - talab bor. Xuddi o'sha narod.ru yoki ucoz.ru dagidek tayyor shablonlar bo'lsa, istagan maktab o'quvchisi kirsayu, sayt yasab tashlayversa.. Ilgari freenet.uz degan yaxshi xizmat bor edi, o'zbek tilida ancha resurslar paydo bo'lib qolgandi.. agar www.sayt.uz TAS-IX tarmog'ida bo'lsa yanada ajoyib ish bo'lardi..  bunisi endi bir tilak..

Qayd etilgan