So'zlashuvdagi iboralarimiz  ( 61894 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 B


UzMuslim  11 Sentyabr 2010, 19:42:21

Muncha Olayasan-Zimdan Nazar Tashlab Qolgan Insonga Yoki Uzoq Termulub Turgan Insonga Qarata Aytiladi

Qayd etilgan


AL_laziz87  11 Sentyabr 2010, 20:44:22

"Burningni suqma" -xamma narsaga (aqli yetgan va yetmagan) aralashadigan insonlarga nisbatan qo'llaniladi.

Qayd etilgan


UzMuslim  11 Sentyabr 2010, 20:53:07

ja Boshqachayu-O'zgalardan (yoki Buyumdan)o'zgacha narsalarga Qarata Aytiladi...

Qayd etilgan


AL_laziz87  12 Sentyabr 2010, 12:17:51

"O'rmonga o'tin terib kelibmiz-ku!" - Bironta joyga olib borgan narsasi o'sha joyning o'zida juda ko'p bo'lganda qo'llaniladi.

Qayd etilgan


yoqutxon  12 Sentyabr 2010, 23:41:09

" Ho'ja Ali - Ali Ho'ja'' - ikkita bir hil narsa nazarda tutilganda ishlatiladigan ibora

Qayd etilgan


yoqutxon  12 Sentyabr 2010, 23:46:23

"Osh, qatiq"-munosabatlari yaqin insonlar nazarda tutilganda ishlatiladigan iboralarimizdan

Qayd etilgan


Habib  13 Sentyabr 2010, 11:36:27

Ali akani iti - bekordan bekorga, biror samarasiz biror narsani payida bo'ladigan, foydasi yo'q ish bilan shug'ullanadigan insonga aytiladigan ta'rif.
Misol:

-Ali akani itiga o'hshab yurarverasanmi sandiraklab ko'chalada? Undan ko'ra uyga kelib menga yordam ber!
-San Ali akani itimisan uni orqasidan ergashib yurgani? Qachon biror ishni boshini ushlaysan?

Qayd etilgan


Hadija  13 Sentyabr 2010, 15:04:54

Bo'yimdek bo'y topdim-u, ko'nglimdek-ko'ngil topmadim.
Manimcha bu ham ibora bo'lsa kerak. Ortiqcha izohlarsiz ham buni tushunish mumkin.

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2010, 14:20:50

Bu mavzuda İboralar bilan argon va jargonlar aralashtirib yuborilyabdi!

Qayd etilgan


yoqutxon  15 Sentyabr 2010, 15:38:33

Ветер в голове-hali yosh, ko'p narsaga aqlli yetmay, ko'p narsalar haqida o'ylamaydiganlarga aytiladigan ibora

Qayd etilgan