So'zlashuvdagi iboralarimiz  ( 78921 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 13 B


Ansora  27 Avgust 2010, 13:07:13

1. Frazemaning tarkibida ikki yoki undan ortiq leksema qatnashgan bo‘ladi.

2. Frazema yaxlit bir lug‘aviy ma’noni ifodalaydi.

3. Frazemaning tarkibidagi so‘zlar o‘z leksik ma’nolarini yo‘qotgan bo‘ladi.

4. Frazema turg‘un birikma sifatida erkin birikma bilan faqat omonimik holatda bo‘ladi.

5. Frazemani faqat yaxlitligicha almashtirish mumkin.

6. Frazema gapning tarkibida yaxlitligicha bir sintaktik vazifada keladi.

7. Frazemani boshqa tilga so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydi, yaxlitligicha tarjima qilinadi.

Manba: "O‘ZBEK TILI PRAKTIKUMI".
M. Asqarova, R. Yunusov, M. Yo‘ldoshev,
D. Muhamedova



Qayd etilgan


Ansora  27 Avgust 2010, 13:23:54

Boshi qotmoq- bir ishni qanday bajarishga qaror bera olmaslik.

Boshiga ko'tarmoq -shovqin qilmoq

Ko'z yummoq - ko'rmaslikdan kelmoq

Qayd etilgan


UzMuslim  27 Avgust 2010, 19:37:11

Uy zindon-Ko'cha Handon-Oilaviy Suhbatlarda Juda ham Ko'p ishlatiladigan Ibora..

Qayd etilgan


UzMuslim  27 Avgust 2010, 19:38:23

Trigidan KO'ra O'ligi Qimmat-Haydovchilar tomonidan Ko'p ishlatiladigan Ibora..

Qayd etilgan


Dilafruza  27 Avgust 2010, 19:56:26

Kapalagi uchub ketti - cho'chib ketti.
Ishning beliga tepdi - ishni barbod qildi.
Qorasi ko'rindi - uzoqdan ko'rindi.
Qo'li egri - o'g'ri kishiga nisbatan.
tepa sochi tikka bo'ldi - jahli chiqdi.
O'g'zi qulog'iga yetdi - judaham hursand.




Qayd etilgan


Zamiraxon  27 Avgust 2010, 21:07:27

Arining uyasiga chöp tiqmoq - jaxlini chiqarmoq, jig'iga tegmoq.

Qayd etilgan


BelleQizcha  28 Avgust 2010, 01:17:48

kuydirgan kalladek-hunuk ravishda tishini korsatib kulmoq bosa kere.

Qayd etilgan


yoqutxon  28 Avgust 2010, 08:54:14

Ich etini yeb o'tiribdi- biror narsadan siqillyapgan odamga aytiladi

Qayd etilgan


Habib  28 Avgust 2010, 10:07:22

-Nima, man sani arpangni hom o'rdimmi? : Men senga nima yomonlik qildim, menda qasding bormi degan ma'noda ishlatiladi ;)

Qayd etilgan


Habib  28 Avgust 2010, 10:10:01

Boyga balo urarmidi?- Bu ibora biror bir insonga qarata aytilib, uni puli ketsa kamayib qolmaydi, u yo'qotsa yana topadi, uni puli ko'p degan vaziyatlarda ishlatiladi.

Qayd etilgan