So'zlashuvdagi iboralarimiz  ( 78861 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 B


AL_laziz87  19 Yanvar 2012, 20:31:07

:asl3:
Tili ikki qarich - gap qaytaradigan, o'l desa, dard deydiganlarga aytiladi

Belleqizcha desez bo'ldi tushunib olishadi ;D

Qayd etilgan


muxlisa  20 Yanvar 2012, 12:33:47

:asl3:
Tili ikki qarich - gap qaytaradigan, o'l desa, dard deydiganlarga aytiladi

Belleqizcha desez bo'ldi tushunib olishadi ;D

Yo'ge, unaqa demang. Hozir BelleQizcha kamgap, odobli kelin ro'lini o'ynayaptilar. Hayot sahnasida:)

Qayd etilgan


muxlisa  20 Yanvar 2012, 12:59:26

Og'zing qani desa, qulog'ini ko'rsatadi - bilimsiz, uquvsizlarga aytiladi

hamma yoqni boshiga ko'tardi - to'palon qildi degani

Og'zini tanobi qochdi - xursand bo'ldi

qulog'i ding - hushyor turibdi degani

ko'z tashlamoq - qaramoq degani

quloq tutmoq - eshitmoq degani

yana bitta ibora bor: qubbadek o'rnashib olibsan - yaxshilab, qulay otirib olibsan degani:)



Qayd etilgan


azizbek_mx  20 Yanvar 2012, 14:40:09

alifni kaltak deydi - uquvsiz, savodsiz degani.
Tarvuzi qöltig'idan tushdi - böshashib qoldi, tushkunlikka tushdi.
Boshi osmonda - xursand.
Og'zi qulog'ida - xursand.
Köngli joyiga tushdi - xotirjam böldi.

Qayd etilgan


Yaratganga shukr  20 Yanvar 2012, 14:47:50

Ko'ziz oydin- yani biror kishishi uzoq safardan kelganlaga etiladi?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  20 Yanvar 2012, 19:52:35

Oq maykamni qidiryapman - Cho'milayotgan odamning gapi.. ;D

Qayd etilgan


Muxsiya  14 Mart 2013, 10:19:02

Яхши булмаса схшилаб гишт билан ишкалансин кидиришга хожат колмайди

Qayd etilgan