Ajabtovur faktlar  ( 122015 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 21 B


Robiya  20 Fevral 2008, 11:20:49

Dunyo ummoni bitmas-tuganmas tuz koni hisoblanadi. Undagi tuz zahirasi 120 billion tonaga baravar, deb taxmin qilinadi. (bir billion ming milliardga teng).

Harorati 18-20 daraja, nisbiy namligi 60-40 foiz bo’lgan havo kishi uchun eng mo’tadil hisoblanadi.

Suv sayyoramizning ko’p qismini tashkil etadi. Yer qa’rida ham suv bor bo’lib, ummon sathidan yigirma chaqirim chuqurlikkacha oraliqda uchraydi. Yer ko’lami (massasi)ning 12-15 foizini suv tashkil etadi.

Qayd etilgan


Robiya  20 Fevral 2008, 11:21:10

Oddiy bulutlarning balandligi 10-15 chaqirim, kumushsimon bulutlarniki esa 80 chaqirimdan ziyod.

Yer kurrasi quruqlik qismining uchdan bir hissasini tog’lar egallagan.

Atlantika va Hind ummonlari hamda Arktika havzasi bundan 150-160 million yil muqaddam yaxlit quruqlikning bir necha bo’lakka ajralib ketishi natijasida hosil bo’lgan.

Qayd etilgan


Robiya  20 Fevral 2008, 11:21:29

Ma’lumotlarga qaraganda, daryolar quruqlikdan dengizlarga har yili 13 milliard tonnacha loyqa etadi.

XX asr boshlarida osmonda 163 000 yulduz borligi ma’lum bo’ldi. 13 yulduz kattaligidagi jabhalar kuzatilib, shunday xulosa qilingan: "œ"¦ yulduzlar olamining ko’rishimiz mumkin bo’lgan chegarasi bizdan 32000 yorug’lik yiliga (bir yorug’lik yili 9.460.10.000.000.000.000 chaqirim) teng masofadir".

Qayd etilgan


Robiya  20 Fevral 2008, 11:21:51

Bir tonna kartoshkadan bir yuz qirq kilogramm ohori (kraxmall) yoki to’qson besh litr spirt olish mumkin. Kartoshkada o’rtacha 73-80 foiz suv, 14-24 foiz ohori bo’ladi. O’rtacha kattalikdagi bir dona kartoshka tarkibida temir va kaliy bo’lib, bir dona olmadan foydalidir.

Koinotdagi eng yorqin yulduzlardan biri Antaresdir. U bizning Yerdan 125 million marta katta bo’lib, asosan suyuq gazlardan iborat.

Kuchli momaqaldiroqdan keyin har kvadrat gaz yer yuzasiga 50 va undan ortiq kilogramm yomg’ir yog’adi. Agar kamida ikki kvadrat chaqirim joyda jala quysa, bir necha daqiqa ichida 100 ming tonnaga yaqin yomg’ir tusharkan. Gidrologiya mutaxassislarining hisobiga ko’r, har yili quruqlikka 100.000 kub-chqirim suv tushadi. Har bir kub-chqirim suvning vazni esa bir milliard tonnaga yetadi. Bundan ham ko’proq yomg’ir va qor dengiz va ummonlarga yog’adi.

Qayd etilgan


Robiya  20 Fevral 2008, 11:22:20

Eng qimmat telefon raqami Qatardagi auksionda soruvga qo’yilgan ekan. 2.8 million dollarga sotilgan ushbu "œbaxtli raqam" 666-66-66 dir. Bundan oldingi rekord Xitoyning sakkizta sakkiz raqamiga tegishli bo’lib, u 509 ming AQSh dollariga sotilgandi. Kanton talaffuzida sakkizta sakkizning aytilishi "œboy" so’ziga yaqin.


Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:53:43

Erkak kishi umr bo’yi 22 tonna ovqat va 33000 litr turli suyuqlik iste’mol qilsa, ayollar bu borada ancha "œochko’zroq" ekan, ya’ni 25 tonna ovqat va 37000 litr suyuqlikni paqqos tushirisharkan.

Boshdan bir kunda 40-60 tagacha soch to’kiladi, umr bo’yi esa 1.5 milliondan ortiq soch tolasi tushadi. Bu me’yoriy hol.


Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:55:10

Ayollarda 1 millionta soch tolasi bo’lsa, erkaklarda 3 milliontagacha bor.

Odam uxlamasdan 10 kecha-kunduz, ovqatlanmasdan esa 1 hafta yashashi mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:55:36

Yurak shunchalar ko’p energiya sarflaydiki, uning bir kunlik energiyasi hisobiga 900 kilogramm yukni 14 metr balandlikda ko’tarib chiqish mumkin. Yurakning 50 yil davomida sarflagan energiyasi esa 18 ming tonna yukni 227 kilometr yuqoriga ko’tarib chiqish bilan barobar.

Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:56:51

Ummon mamlakatida kuyov kelin uchun 5 ming dollar miqdorida qalin puli bermasa, uylana olmaydi. Shukr, bizda bunaqasi yo’q.

Tirnog’i olinmagan kishining tirnog’i ostida turli kasallik tarqatuvchi 2 milliondan ortiq mikrob yig’iladi. Tirnoqni o’stirib yurishga odatlanmang.

Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:57:44

Yaponiyada eng ommalashgan familiya Sato bo’lib, ayni paytda mamlakatdagi 2 milliondan ziyod kishi ana shu familiyaga ega.

Tibet tog’ining eng cho’qqisida 3 tup daraxt bo’lib, biri moy, ikkinchisi tuzli shabnam ajratib chiqaradi. Uchinchisi esa ob-havoni oldindan "œaytib" beradi.

Qayd etilgan