Amerikalik 50 yoshli Natali Savanarello hamma odamlarga o‘xshab spagettini og‘iz bilan emas, burun bilan yeyishni xush ko‘radi. U bu g‘alati usulni bir qancha yil oldin bolalarga bahs qilib, o‘rganib olgan edi. Endi esa har qanday makaronli taomlarni burni bilan bemalol «eya» oladi. Natalining aytishiga qaraganda, makaron burnini qitiqlab, tomog‘iga o‘tarkan. Xuddi ana shunisi unga zavq bag‘ishlar ekan.
Doktorlarning xulosasiga ko‘ra, bunday noyob qobiliyat kamdan-kam kishilarga nasib etarkan. Chunki shu ishni qilmoqchi bo‘lgan boshqa bir odam bo‘g‘ilib nafas ololmay halok bo‘lishi mumkin.