TAYYORGINA BOLISH BO‘LADI
Tropik mintaqalarda o‘sadigan serviqor daraxtlar orasida "œSeyba" daraxti o‘zining mo‘jizakor ko‘rinishi bilan kishilarni hayratga soladi. Daraxtning bo‘yi 45 quloch atrofida, tanasining gardishi 10 quloch keladi. Bu ulkan daraxtning gullari juda bejirim, nuqrarangdir. Qizig‘i shundaki, daraxt gullaganda barglari to‘kilgan bo‘lib, gohida mevalari o‘simlik barg yozgunicha qiyomiga yetib pishadi. Odamni taajjubga soladigan narsa, bir tupdagi shoxlarda birdaniga barglar to‘kilmasligi va gullamasligi ham mumkin. Ba’zida daraxtning bir tarafi qiyg‘os gullagan bo‘lsa, boshqa tarafi barglar bilan qoplanganligini ko‘rasiz. O‘simlik mevasi ko‘sak, kattagina piyola gardishidek keladi. Uning orasida shoyi, momiq paxta ko‘rinishida mayda urug‘lik mahsulot bor. Odamlar "œSeyba" shoyisidan huzurbaxsh, bolish tayyorlashadi.