Ajabtovur faktlar  ( 121585 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 21 B


Farida  11 Noyabr 2007, 18:02:45

KASHFIYOT
 
Faradey yoshligida ingliz kimyogari Devi qo‘lida laborant bo‘lib ishlagan ekan. Devi u haqda keyinchalik shunday degan:
—   Albatta, men ko‘pgina kashfiyotlar qilganman, ammo kashfiyotlarimdan eng yuksagi bu — Faradeydir.

Qayd etilgan


Robiya  15 Noyabr 2007, 13:15:11

1918 — 1919-yillarda gripp epidemiyasi 20 million kishining hayotiga zomin bo’ldi.

O’rtacha odamning umri davomida boshidagi sochining umumiy uzunligi 725 kilometrni tashkil etadi.

Kulganda odamzodning 17 ta mushagi ishlaydi.

Inson organizmida yashovchi bakteriyalarning umumiy og’irligi 2 kilogramm.


Qayd etilgan


Robiya  15 Noyabr 2007, 13:16:22

Odam hayoti davomida har bir barmog’i 25 million marta bukiladi.

Yoshi katta kishi kuniga 23 ming marta nafas oladi.

Odamning o’ng o’pkasiga chapidan ko’ra ko’proq havo sig’adi.

Ona she rkuniga 20 soat dam oladi.Qolgan 4 soat vaqti ov qilish va qo’lga kiritgan o’ljasini yeyish bilan o’tadi.


Qayd etilgan


Robiya  15 Noyabr 2007, 13:18:59

Jirafa kuniga 35 kilogrammgacha o’simlik yeyishi mumkin.Uning eng sevgan ozuqasi tikanli akatsiya.

Chigirtkaning qoni oq rangda bo’ladi.

Jirafaning har bir qadami 3-5 metr.

Filning eng katta tishlari 2,5 metrgacha yetadi.

Kobraning shunday turi bor, uning zahri shunchalik kuchliki, 1 grammi 150 kishini o’ldirishi mumkin.

Kenguru bolasi ko’r va ari kattaligida tug’iladi.

Malayziyada uchraydigan ko’rshapalak qanotlarini yozganda 170 smga teng bo’ladi.

Yevropada 50 milliontaga yaqin ayiq bor, shularning 37 millioni Rossiya hududiga to’g’ri keladi.


Qayd etilgan


Robiya  15 Noyabr 2007, 13:21:20

Shekspir va Servantes bir kunda olamdan o’tgan — 23 aprel 1616 yil

Sara Bernar 13 yashar Jul’ettani 70 yoshligida o’ynagan

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:33:25

Eng katta do’l 1896 yilning 14 aprelida Bangladeshda yoqqan. Ushbu yog’inning og’irligi qariyb bir kilogramm, diametri 20 santimetrni tashkil etgan. Handalakdek kattalikda osmondan yoqqan yog’in 92 kishining hayotiga zomin bo’lgan.

Eng kuchli jala 1952 yil 15 martda Hind okeanining Reyunyon orolida sodir bo’ldi. 24 soat ichida orolga odam bo’yi baravar (1870 millimetr) yomg’ir yog’di.


Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:33:45

Yer yuzidagi eng suvsiz hudud Chilidagi Atakama sahrosidir.

Eng ko’p yomg’ir yog’adigan joy esa AQShning Gavayi shtatida joylashgan Kauai orolidagi Vay — Ale — Ale tog’idir. Bu yerda yiliga 350 kun to’xtamay yomg’ir yog’adi.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:33:57

Dunyodagi eng uzun daryo Nil (6671 km). Eng sersuv daryo esa Amazonka. Har yili u Atlantika okeaniga 5520 kilometr kub suv quyadi.

Baykal ko’lida esa eng ko’p chuchuk suv joylashgan (23.000. km.kub)

Agarda yaxshi yopilmagan krandan sekundiga bir tomchi suv oqsa, bir yilda 10.000 litr suv ko’kka sovurilarkan.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:34:16

Kishi organizmining uchdan ikki qismi suvdan iborat. Uning 15 foizini yo’qotgan odam halok bo’ladi.

YuNESKO tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra eng toza suv Finlyandiyada. Keyingi o’rinlarda Kanada va Yangi Zelandiya turadi. Rossiya bu jadvaldan yettinchi o’rinni egallagan.

Qayd etilgan


ikbaljohn  25 Yanvar 2008, 14:10:30

Eng katta do’l 1896 yilning 14 aprelida Bangladeshda yoqqan. Ushbu yog’inning og’irligi qariyb bir kilogramm, diametri 20 santimetrni tashkil etgan. Handalakdek kattalikda osmondan yoqqan yog’in 92 kishining hayotiga zomin bo’lgan.
Yoshligimda (adashmasam 6-7 yosh edim) Shoximardonga yengil mashinada ketayotgan edik.Shohimardonga yetishimizga ozgina qolganda do'l yog'vorgan.Mashinaning oynalari chil-parchin bo'pketganidi. O'shandan beri do'ldan qo'rqaman.Handalakdek yog'gan bo'lsa tasavvur qildim :O

Qayd etilgan