Ajabtovur faktlar  ( 121959 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 21 B


Robiya  31 Yanvar 2008, 10:17:13

Yaponiyalik olimlar fikricha, qon guruhiga qarab inson xarakterini aniqlash mumkin. Milliondan ortiq odamlar ishtirok etgan natijalarga ko’ra shunday xulosaga kelindi.

Tomirida birinchi guruh qoni oqadigan kishi har ishda peshqadam bo’lishga intiladi. U o’z oldiga qo’ygan maqsadiga yetmaguncha harakat qilishdan to’xtamaydi. Uning zaif tomonlari esa o’ta rashkchi va o’ziga juda ham yuqori baho beradi.

Ikkinchi gruh qoni egalari esa osoyishtalik, har ishda saranjom — sarishtalikni yaxshi ko’rishadi. Odamlar bilan tez chiqishib ketishadi va ularning fikrini hurmat qilishadi. Ular xushmuomala bo’lish bilan bir qatorda ayrim hollarda qaysarlik ham qilib turishadi.

Qoni uchinchi guruhga mansub odamlar esa o’ta shaxsiyatparastdirlar. Boshqalar e’tiroz bildirsa ham o’z aytganlarini qilishni yaxshi ko’rishadi. Ular har qanday sharoitda ishlab keta oladilar va keng fikrlash qobiliyatiga egadirlar.

To’rtinchi guruh qoni egalari o’ta xotirjam va har qanday vaziyatda o’zlarini tuta oladilar. Ular har ishda halollik bo’lishini istashadi va o’zlari ham bunga amal qilishadi. Hazillashishni yaxshi ko’rishadi, ammo ba’zi hollarda qattiq gapirib yuborishadi. Ularning yana bir kamchiligi — ko’p shubhalanganliklari bois tezda mustaqil qaror qabul qilishga qiynalishadi.   


Qayd etilgan


otabek80  01 Fevral 2008, 07:45:54

Инсон 8 йилу 7 ойу 6 кун бақирганда хосил бсладиган снергис, фақат 1 чашка кофени исита оларкан халос.



Суварак калласиз 9 кунгача сшаши мумкин, то очлидан слгунича.

Qayd etilgan


otabek80  04 Fevral 2008, 07:49:41

Инсоннинг юраги қонни 10 метргача сачрата оладиган босим кучига сга.

Ўнғайлар чапақайларга қараганда сртача 10 йил кспроқ умр ксради.


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 11:47:46

Sut emizuvchilardan faqat inson va fil o'tira olar ekan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:20:43

Avtomobil ishlab chiqaruvchi KIA kompaniyasi telefon ishlab chiqaradigan NOKIA firmasini sudga beribdi. KIA kompaniyasi mobil firmasini o'z nomini o'zgartirishini talab qilishayapti. Ularning fikricha ko'pchilik NOKIAni ishlatgandan so'ng ularning avtomobilini olishmayotgan emish. Sababi oddiy. Axir unda NO KIA (KIA emas!) deb yozilganda.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:24:44

Birinchi marta Yevropaliklar Jirafani ko'rganda uni verbludopard deb atashgan ekan. Ular bu hayvon tuya va leopard chatishtirilgani deb o'ylashgan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:32:11

Begemotlar suv ichida tug'ilar ekan.

Dunyoda faqat orangutan o'zini ko'zguda taniy olar ekan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 12:55:48

Krot bir kunda 76 metr chuqur qazishi mumkin ekan.

Ulitkani 25 ming tishi bor ekan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 13:00:47

KIM QANDAY SALOMLASHADI?

Jahon xalqlari qanday salomlashadilar? Irqi, millati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, odamlarning bir-birlari bilan salomlashishlari ko‘p narsani ifodalaydi. Xo‘sh salomlashishni kim qanday ifodalaydi?

Eskimoslar bir-biri bilan salomlashishdan oldin mushti bilan sekingina uradi. Agar siz Tibetga borsangiz, oldingizdan o‘tayotgan odam sizga tilini ko‘rsatsa, xafa bo‘lmang. Bu «Senga nisbatan yomon niyatim yo‘q» degani. Lekin bu xati-harakat boshqa millatlarda haqorat hisoblanadi. Agar ispan va italyanlar ko‘rsatkich barmog‘i yordamida qovog‘ini pastga tortsa, bu ularning siz bilan salomlashganlaridir.

Biz bir-birimizning qo‘limizni siqib salomlashamiz. Xuddi shu odat xitoyliklarga ham xos ekanini kuzatgan bo‘lsangiz kerak.

Xayrlashish vaqtida esa ruslar qo‘lini balanddan pastga silkitib xayrlashadi. Lekin Lotin Amerikasida bu ishora uyga mehmonga taklif qilish ma’nosini anglatadi.

Tailandda "Bugun ob-havo yaxshiya?" degani salom degani.

Afrikaning bir qabilasida esa "Qo'l oyog'ing yaxshimi?" degani salom degani.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 13:01:59

Kalibri yura olmaydi



Kalibri dunyodagi yagona orqachasiga ucha oladigan qush hisoblanadi

Qayd etilgan