Mening mahallam/qishlog'im  ( 74582 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


AbdulAziz  08 Sentyabr 2010, 16:03:49

Har insonga o'zi yashab turgan mahalla, shahar, qishloq, yurt azizdir. O'zimiz tug'ilib o'sgan maskanning nomi, tarixi biz uchun qiziq.
Ushbu mavzuda biz tug'ilib o'sgan, shuningdek, atrofimizdagi mahalla, qishloqlar nomining qanday kelib chiqqani va tarixi haqida so'z yuritamiz.

Jahr Masjid
Marg'ilon shahridagi men tug'ilib o'sgan mahalla. Mahalla nomining kelib chiqishi "jahr" ("oshkora") so'zi bilan bog'liq bo'lib, oshkora zikr aytiladigan masjid ma'nosini beradi. Mahallamizdagi tarixi 300 yilga yaqin bo'lgan qadimiy masjid mavjud. Aytishlaricha, ushbu jomeda qadimda qalandarlarning jahr majlislarii bo'lar ekan.
Mavlaviya, Qalandariya tariqatlariga ko'ra, Naqshbandiyadan farqli o'laroq zikrlar oshkora aytilgan. Tariqat ahli yig'ilib olib, halqa tarzida "Yo Alloh, Yo Mavlon, Yo Hayy, Yo Qayyum" deya Allohni zikr qilishgan.
Aynan shu marosim tufayli atrof mahalladagilar, biz yashaydigan hududni masjid nomi bilan "Jahr Masjid" deb atashgan. Mahalliy aholi tilida hozir bu nom "Jarmachit" bo'lib ketgan.
Masjidimiz oldida katta qabriston ham bo'lgan. Hozir bu qabriston o'rnida tibbiyot kolleji joylashgan.
Sho'rolar davrida mahalla masjidi sholcha to'qish sexiga aylantirilgan. Mustaqillikdan so'ng qayta tiklangan va masjid sifatida foydalanilgan.
Avvallari har bir mahallaning o'z masjidi, qabristoni, choyxonasi bo'lib, ular bir-biriga yaqin joylashgan ekan. Mahallamiz choyxonasi ham saqlanib qolgan.
Mahallamizga qo'shni mahallalar: Safedto'da, Kunjak, Hazrati Mulla, Qoziyon, Nonyemas (Devonbegi), Qo'rxona, Dumbajo'sh.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Sentyabr 2010, 16:12:59

Non Yemas (Devonbegi)
Marg'ilon shahridagi mahallalardan biri. Bu nom haqida mahalliy xalq orasida ikki xil rivoyat yuradi.
Birinchi rivoyatga ko'ra, bir tilanchi bu mahalla xonadonlariga kirib, xayr-ehson so'rab chiqadi. Mahalla ahli esa hech qaysisi non bermay, faqat pul yoki meva beradi. Shundan so'ng, tilanchi, "Bu yer non yemas ekan" deb ketgan emish.
Ikkinchi rivoyatga ko'ra, shu mahallada yashovchi obro'li kishilardan biri urushga ketadi. Safar oldidan bir nonni tishlab, o'zi bilan olib ketadi. To urushdan qaytgungacha o'sha nonni yemaydi. Shundan keyin bu yerlar Nonyemas deb atalgan emish.
Mahallaning tarixiy nomi Devonbegidir. Menimcha shu mahallada yashagan biron obro'li kishi saroyda devonbegi bo'lib ishlagan bo'lsa, uning nomiga mahalla shunday atalgan.
Mahallaning tarixiy masjidi saqlanib qolmagan. Hozirgi masjid tarixi 30 yillikdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Sentyabr 2010, 16:27:51

Qoziyon
Marg'ilon shahridagi mahallalardan biri. Mahalla nomi tojikchadan "qozilar" ma'nosini bildiradi. Aytishlaricha, ushbu mahalladan juda ko'p qozilar yetishib chiqqan ekan. Marg'ilon shahar qozixonasi ham shu yerda joylashgan ekan. Ayni paytda ham mahallada Marg'ilon shahar Sudi joylashgan.
Mahallaning 200 yillik tarixiy masjidi saqlanib qolgan. Sho'rolar davrida ushbu masjiddan avtomaktab sifatida foydalanilgan. Mustaqillikdan so'ng qayta tiklangan va masjid sifatida foydalanilgan.
Mahalla hududida, masjiddan 50 metr uzoqda Sayyid Ahmad Xo'ja Eshon madrasasi joylashgan. 150 yillik tarixga ega bo'lgan madrasani marg'ilonlik boylardan Sayyid Ahmad Xo'ja qurdirgan. U bir necha yil faoliyat ko'rsatgan. Sho'rolar bosqinidan so'ng Sayyid Ahmad qochishga majbur bo'lgan. Mustaqillik boshlarida ham madrasa faoliyat yuritgan. Hozirda Milliy hunarmandchilik markazi sifaida foydalanilmoqda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Sentyabr 2010, 16:36:33

Safedto'da
Marg'ilon shahridagi mahallalardan biri. Mahalla nomi tojikcha "safed" (oq) va to'da so'zlaridan yasalgan bo'lib, aytishlaricha bu shu yerdan oq kiyim kiygan kishilar to'da-to'da bo'lib o'tishgan emish. Shundan mahalla nomi Safedto'da bo'lib qolgan ekan.
Mahalliy aholi orasida mahalla "Sapilto'da" nomi bilan ataladi. Mahallaning 200 yillik tarixiy masjidi saqlanib qolgan. Sho'rolar davrida ushbu masjid, sholcha to'qish sexiga aylantirilgan. Mustaqillikdan so'ng qayta tiklangan va masjid sifatida foydalanilgan.

Qo'rxona
Marg'ilon shahridagi mahallalardan biri. Tarixda mahalla hududida qo'rxona - qurol-yarog' ombori bo'lgani uchun shunday nom bilan atalgan.
Mahallaning tarixiy masjidi saqlanib qolmagan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Sentyabr 2010, 16:37:32

Hazrati Mulla
Marg'ilon shahridagi mahallalardan biri. Mahallada yashagan muttaqiy, olim zotning sharafiga shu nom bilan atalgan.
Mahallaning 200 yillik tarixiy masjidi saqlanib qolgan. Sho'rolar davrida ushbu masjiddan sholcha to'qish, kliyonka ishlab chiqarish korxonasi sifatida foydalanilgan. Mustaqillikdan so'ng qayta tiklangan.
Mahalla qabristoni ham tarixda katta mozorlardan bo'lgan. Uning hududida hozir maktab va shahar issiqlik tarmog'i korxonasi joylashgan.

Tuyagum
Marg'ilon shahridagi mahallalardan biri. Rivoyatlarga qaraganda, uzoq yurtdan safar qilgan zotning tuyasi ushbu mahallaga kirgan-u, gum bo'lgan. Shundan mahalla nomi Tuyagum bo'lib qolgan.
Mahallaning tarixiy masjidi saqlanib qolgan. Yana mahallada 100 yillik tarixiy xammom bo'lib, hozirgacha faoliyat yuritadi.

Qayd etilgan


yoqutxon  11 Sentyabr 2010, 23:04:27

Bolalgim o'tgan Qizil sharq hozirda esa Ho'ja qishloq  haqida malumotlar.
Qizil sharqning vujudga kelishi haqida quyidagi rivoyat bor. Rivoyatga ko'ra bundan 500 yillarcha oldin hozirgi Ho'ja qishloq joylashgan fayzli yerlarga 3 aka- uka adashib kelib qolishgan va shu yerda oilalari bilan qo'nim topishib , ko'payishgan shuning uchun ham qishloqdagi hamma bir biriga qarindosh hisoblanadi.Qishloqdan Angren daryosi oqib o'tadi, daryo qirg'oqidan sal o'tib o'rmon boshlangan unchalik katta bo'lmasada ancha darahtlari quyiq joylashgan. O'rmon va daryo haqida judayam ko'p rivoyatlar yuradi, shulardan biri daryodagi ko'prik haqida. Qadimda bir ilmli, avliyo sifat inson daryodan o'ta olmay turganida uning yonidan bir ho'kiz yo o'tadi, u odam o'sha ho'kizni ustiga o'tirib daryoni kechib o'tadi, qirg'oqqa ozgina qolganda ho'kiz tilga kiradi va " Ustimda mazza qilib ketayapsanmi?" deydi, shunda bu ho'kiz aslida hayvon ko'rinishidagi shayton ekanligi malum bo'ladi va o'sha inson Qur'oni karimdan su'ralar o'qib uni qaytaradi. Mana shu voqeadan so'ng odamlar huddi o'sha joydan ko'prik qurishadi. Ko'prik yillar davomida yangilanib hozirda zamonaviy ko'rinishga ega.Qishloqning nomiga keladigan bo'lsak sobiq Sho'ro davrida " Qizil sharq" degan nom olgan. Mustaqillikdan so'ng esa eski " Ho'ja qishloq" nomi qaytarildi.Ho'ja qishloq mahalla, ko'chalarga bo'linmaydi. Faqatgina qishloqning quyi qismida "To'qol" deb ataluvchi qismi bor. Aytishlaricha bir boy ikkinchi hotini uchun qishloqning quyi qismida bir uy qurdiradi. Ikkinchi hotinidan bo'lgan farzandlari mana shu yerda katta bo'lib , ko'payadi. Keyinchalik bu qismni odamlar o'sha ikkinchi hotin ismi bilan yani " To'qol" deb atashni boshlashgan ekan.



Qayd etilgan


Arkmon  13 Sentyabr 2010, 14:49:48

assalomualaykum hurmetli Abdul Aziz afandi , Man Xitoydagi bir Uyg'urdurman ! O'zbekiston hududidagi shahar-qasabalar , aymoq-kantlar nomini istavatib http://www.worldy.info/cities-UZ-Uzbekistan-Q bu jaydagi " Qashqar " (Qashqadaryo Viloyati ning ostida , Qirqbuloq ning ustida) nomli bir yurt nomi ko'zumga tushdi , bu yurt nami Xitoy Shinjang muxtoriyat O'lkasidagi Mahmud Koshghariyning Yurti Qashqar  (Koshghar) bilan munosibati barmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Sentyabr 2010, 16:24:24

assalomualaykum hurmetli Abdul Aziz afandi , Man Xitoydagi bir Uyg'urdurman ! O'zbekiston hududidagi shahar-qasabalar , aymoq-kantlar nomini istavatib http://www.worldy.info/cities-UZ-Uzbekistan-Q bu jaydagi " Qashqar " (Qashqadaryo Viloyati ning ostida , Qirqbuloq ning ustida) nomli bir yurt nomi ko'zumga tushdi , bu yurt nami Xitoy Shinjang muxtoriyat O'lkasidagi Mahmud Koshghariyning Yurti Qashqar  (Koshghar) bilan munosibati barmi?

Va alaykum assalom bey afandi.
O'zbekistonda Uyg'uristondagi Qashqar kenti bilan bog'liq birqancha joy nomlari mavjud.
Qashqar qishloq, Qashqar mahalla kabi joy nomlarining kelib chiqishiga esa, Shinjondan kelib o'rnashgan aholi sabab bo'lgan. Atrofdagi mahallalardagilar esa bu yer qashqarliklarning qishlog'i ekan, deb shunday nomlaganlar.

Qayd etilgan


JeeS  06 Oktyabr 2010, 07:01:24

Kamina Qo`qon shaxrining Zayqib obod mahallasida tug`ilib usganman. Mahallamiz Zavqiy domlani nomlari bilan nomlangan, cunki u kishi shu mahallada yashab ijod qilganlar. To`liq ma`lumot olish uchun: http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2142&Itemid=49

Qayd etilgan


Arkmon  09 Oktyabr 2010, 11:28:37

manin qishlog'im Xitoy xalq jumhuriyati Shinjang o'zark bo'lgasi Aqsuv viloyati Boy nohiyasadagi Sayrom qishlog'idir. ol yurtda Muhammad Ya'iqubbek mirzosi Mulla Muso Sayromiy tavallud bo'lib << Torixiy Hamidi>>, <<Torixiy Aminiya>> kabi buyuk asarlarni yozib Totoristondagi Qozonda chob attirgandir. ol hazrat <<Torixiy Hamidi>> kitobida Sayrom haqida Sayromlilar Turkistondagi Sayromdan kalib yarlashkandir,deb yozg'andir. Bu yarda yana Nimshahid Armiyo Ali Sayromi dagan juda katto shoir o'tkandir. bu musaddas ol zadningdir :
(Uyg'ur Tilida yo'llanib qoldi, uzra suroyman)
                        Péqirning Iqrari


                        (Museddes)

                         Nimshéhit

Patti köksümge zeher tirnaqlaring, ey shum pelek,
Urdi qanliq qamchasin alchaqlaring, ey shum pelek,
Qaqshatip yutti meni patqaqlaring, ey shum pelek,
Aldi gül orni tiken-yantaqlaring, ey shum pelek,
Qan shorap chaqti - zülük chaqqaqlaring, ey shum pelek,
Her qedemde ming tuzaq-qiltaqlaring, ey shum pelek.

Qaysi bir nes künikim men töreldim zimin'ge?!
Qaysi bir dunya jehennem oxshaghay bu türmige?!
Qan yutup her dem zeher-zequm yedim men künige,
Ming ölüp, ming yol tirildim cherxi bidat zulmige.
Basti bashimni bu zulmet taghlaring, ey shum pelek,
Barmikin dunyada adil chaghlaring, ey shum pelek?!

Uchti shemi közlerimdin uchti ümidning nurlari,
Ketti sewri ilkimizde ötti hörlük künleri,
Qayda barsam zulmi bidad nale-peryad ünleri,
Közimizni basti zulmet qap-qarangghu tünleri.
Qan bilen alude qol-barmaqlaring, ey shum pelek,
Belki qol-puttur sanga qorchaqlaring, ey shum pelek.

Kimgedur rozi-sapa, kimlergedur zulumi - sitem,
Kimgedur bayramlaring, kimlergedur cheksiz elem,
Biz nichün tenglik süyidin behri almay qetre hem,
Sürse shumlar eyshi-ishret, biz nichün teshna shu dem?!...
Yoq iken edling bilen insaplaring, ey shum pelek,
Boghuzimizgha sürdi tigh qassaplaring, ey shum pelek.

Boldi zulmingdin juda gülzaridin bulbullari,
Bigunah chüshti qepeske qirilip nurghunlari,
Wetensiz boldi qachip yurtidin oghullari,
Boldi xar boyun qisip yétim-yétime tullari.
Chiqmidi derding bilen armanlaring, ey shum pelek,
Qaydidu exlaq yene wijdanlaring, ey shum pelek?

Qanmidu, marjanmidu, ya qetre shebnem yashimiz,
Tashmidu, ya taghmidu, qayghuda yatqan bashimiz,
Yoqmidu dunyada bizning ich köyer yoldashimiz,
Daima qayghu-elem, hesretmidu qurdashimiz.
Sorulup bash üstige tupraqlaring, ey shum pelek,
Boldighu zindan kebi heryaqlaring, ey shum pelek.

Wah... Ejeb qush uwasigha shum Yilan «méhman iken»!
Bilmiduq awwal dilida bir ghezel pinhan iken,
Aldanip qiltaqqa chüshtuq --- hileger dewran iken,
Yaki qismetni ezelde mollasi yazghanmiken?!...
Zepmu patti boghuzimizgha qarmaqlaring, ey shum pelek,
Bigunahlar köksini yarmaqlaring ey shum pelek.

Ne gunahliq bende biz zulmette qalduq nagihan,
Jayimiz purqetke toldi, dagh bilen qiynaldi jan,
Yoq adawet-gine birle bizge boldung bedguman,
Körmigendu shungghache héchkim bu ishni héchqachan.
Közüng kichik, tar sening qorsaqlaring, ey shum pelek,
Qan-yiring-zerdapqa tolghan dowsaqlaring, ey shum pelek.

Boldi qoylar pasibani, böriler aghzida xun,
Kim heqiqetni dese, boldi hem hali zebun.
Aylanip tetür hemishe cherxing sening kaj - wajigun,
Basti töhmet-pitniler alemni manendi quyun.
Boldi hakim üstimizde zaghlaring, ey shum pelek,
Öchmigey mehshergiche bu daghlaring, ey shum pelek...

Héch bulut künni tosalmas, perde zulmet chak bolur,
Nimshéhit qayghurmighin köp, kelgüsing parlaq bolur,
Nispi ay bolsa qarangghu, nispi roshen aq bolur,
Ta ezeldin béri bu qanun erur, shundaq bolur...
Aqiwet güm bolghusi rawaqlaring, ey shum pelek,
Örtenip kül bolghusi tayaqlaring, ey shum pelek...


Qayd etilgan