RAMAZON HAYITI muborak!  ( 49871 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Sadulla  09 Avgust 2013, 11:41:30

Assalomu alaykum.

Barcha forumdoshlarni Ramazon hayiti bilan tabriklayman.Olloh barchamizga keyingi Ramazon oyiga sog'-salomatlikda yetishlikni nasib qilsin!

Qayd etilgan


Muxsiya  09 Avgust 2013, 12:10:00

Assalomu alaykum forumdoshlar Ramazon hayiti hammangizga qutlug' kelsin. Allohdan ulug' ayyom kunlarida barcha mo'min musulmonlar gunohlarini mag'firat aylab behisob ajrlar bilan mukofotlashini tilab qolaman. Bunday bayramlardan ko'pini ko'rish hammamizga nasib etsin.

Qayd etilgan


Salsabil  09 Avgust 2013, 14:25:33

Assalamu Alaykum Varohmatulloh Barchamizga Iydul Fitr Muborak bo`lsin!
Robbim Ramazonda qilgan barcha ibodatlarimizni o`zi qabul qilsin! Dualarimizni o`zi ijobat qilsin! Qiyomatda "Rayyon" eshigidan kiruvchi bandalari qatorida qilsin!
جعل الله عيدك مبارك .. و أيامك تبارك .. و جنة الخلد دارك .. و النبي جاري و جارك ..
( كل عام و الأمة الاسلامية بخير )

Qayd etilgan


Зайнаб  09 Avgust 2013, 18:20:29

Ассалому алайкум. Ҳарматли форумдошлар, ийд муборак бўлсин. Шундай улуғ кунларга иймон, тани  соғлик бутунлигида такрор - такрор етказсин ҳаммамизни.

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  10 Avgust 2013, 21:52:04

Assalomu alaykum. Barcha muslim, muslima forumdoshlarimizga ayyom muborak!

Qayd etilgan


Habib  13 Avgust 2013, 12:33:12

Assalamu Alaykum wa rahmatullohu wa barakatuhu aziz dinqardoshlar!


Biroz kechroq bo'lsa-da Iyd al Fitr - Ramazon hayiti bilan chin dildan qutlayman!
Alloh barcha qilingan ibodatlarni O'z dargohida qabul qilsin, ikki dunyo saodatini ko'rishni nasib aylasin. Xonadonlarga fayz, shukuh bersin, ota-onalarimizdan o'tganlarni rahmat qilib, hayotlarini salomat, umrlarini uzoq qilsin! Dilbandlarimizni ko'zimizni quvonchi, zakiy, fozil bo'lishlarini nasibi ro'zi aylasin! O'zimizni Islomda sobitqadam, taqvodorlarga peshvolardan qilsin!

Qayd etilgan


Ansora  13 Avgust 2013, 15:09:43

Valaykum assalom. Sizlargayam muborak bolsin uka:)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  17 Iyul 2015, 16:43:22

:as:
Aziz firumdoshlar! Barchamizga Iyd al fitr muborak bo'lsin. Mohi ramazonda qilgan ezgu amal va duolarimizni Alloh dargohida qabul qilsin. Keyingi ramazonlarga ham salomat yetkazsin.

Qayd etilgan


IRFON-2012  18 Iyul 2015, 08:08:17

Assalomu alaykum!
Sahar vaqtida barcha musulmonlar qatori hayit namozini ado qilish uchun masjidlarga otlandik. Qanday ham go'zal?!
Minglab musulmonlar jamoatning oldingi safidan joy olish ilinjida masjidga subh vaqtidan avval yetib kelganlar. Qanday ham go'zal?!
Odamlarning ko'zlarida tabassum, qalblarida shodlik, yuzlaridan nur yog'ilmoqda. Qanday ham go'zal?!
Internetda ham kattayu kichik faqat hayit bilan muborakbod etib post qoldirmoqda. Har birini o'qib yanada quvonchimiz ortadi. Qanday ham go'zal?!
Butun dunyo musulmonlarini, yurtimiz musulmonlarini va barcha internetdosh birodaru ustozlarni kirib kelgan Ramazon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! Ramazon oyidan chiqqan pokiza va nurli holatlar keyingi ramazongacha sizu bizni tark etmasin! Allohning rahmati va mag'firati hammamizga hamon yo'ldosh bo'lsin! Bu kunga onadan tug'ilgandek pok chiqish hammamizga nasib qilgan bo'lsin!

Qayd etilgan


albatros  05 Iyul 2016, 14:37:50

Бу мавзуга хабар ёзилмаганигаям аааанча бўлибди.

Барчангизни бугунги арафа ва эртанги Ҳайит аёми билан қутлайман. Аллоҳ барчамизни тутган рўзамизни қабул айлаб, билиб билмай қилган гуноҳларимизни мағфират қилсин. Беморларга шифо, қариларга куч қувват берсин. Барчамизни кейинги муборак Рамазон ойларига ҳам эсон омон етказсин. Юртимиз доимо тинч бўлсин. Ҳар бандани барча эзгу ниятларини ижобат қилсин Аллоҳим

Qayd etilgan