Yangiqörgon tumani xaqida malumot.  ( 7255 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


elton89  27 Sentyabr 2010, 01:30:59

     Tumanning tashkil topgan vaqti - 1926 yil 29 - sentyabr.
     Geografik o'rni - Yangiqo'rg'on tumani Namangan viloyatining shimoliy qismiga joylashgan bo'lib, shimoliy - g'arb, shimol, shimoliy - sharq, tomonlardan Qirg'iziston Respublikasi bilan, janubiy - sharq va janubiy - g'arbdan Namangan tumani bilan, g'arb tomondan Kosonsoy tumani bilan chegaradoshdir.
     Yangiqo'rg'on tumanining markazi viloyat markazidan 22 km uzoqlikda joylashgan.
     Maydoni - 540 kvadrat kilometr.
     Markazi - Yangiqo'rg''on shaxarchasi.
     Aholisi - 177828 kishi.
     Tuman xududida bitta shaxarcha, 11 ta qishloq fuqarolar yig'inlari hamda 62 ta mahalla fuqarolar yig'inlari, 49 ta aholi yashash punktlari mavjud. Shaharchada 16984 kishi va qishloq joylarida 160844 kishi yashab kelmoqda. Aholining 39,7 foizini bolalar va o'smirlar tashkil qiladi. Aholining 49,6 foizini erkaklar va 50,4 foizini ayollar tashkil etadi. Mehnat resurslari umumiy aholining 51,2 foizini yoki 91142 kishini tashkil qiladi. Aholining o'rtacha o'sish sur'ati 1,7 foizni tashkil qiladi. Tumanda 14 millat vakillari istiqomat qiladi. Axolining 97,2 foizini o'zbeklar, 2,5 foizini qirg'izlar va qolgan 0,3 foiz aholini 14 millat vakillari tashkil etadi.
     Tumanda 1 ta sanoat korxonasi, 2 ta qurilish tashkilotlari, 1 ta transport korxonasi, 1 ta qo'shma korxona hamda 123 ta yirik tashkilotlar faoliyat ko'rsatadi.
     Tumanda 5063 gektar jami bog', shundan xosilligi 3947 gektar, 3151 gektar jami uzumzor, shundan xosilli 2702 gektar. Jami ekin maydoni 13303 gektarni tashkil etadi. Mavjud aholining 74412 nafarini voyaga yetmaganlar, 11554 nafarini 60 yosh va undan kattalar tashkil etadi. Oliy ma'lumotli kadrlar 6010 nafar, o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lgan kadrlar 8691 nafar.
     Tumanda 36522 ta xonadon bo'lib, o'rtacha bir kishiga 9,3 kv.m. yashash joyi to'g''ri keladi.
     2008 yilda tumanda gaz tortish rejasi 9,0 km bo'lib haqiqatda bu ko'rsatgich 9,2 km ga, shundan ichki imkoniyat bilan 9,2 kmga bajarishga erishildi. Hozirga kelib mavjud 49 ta aholi yashash punkitidan 38 tasi to'la gazlashtirib bo'lindi.
     Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun yillik suv tortish rejasi 29,6 km bo'lib bu ko'rsatgich ham 29,7 km ga, ichki imkoniyat bilan 12,8 davlat buyurtmasi xisobidan 16,9 km ga bajarishga erishildi.
     Tumanda 2008 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish solishtirma baholarda 12349 mln so'mlik ishlab chiqarildi. Bu ko'rsatkichda tumandagi Marvel Djusko qo'shma korxonasining ulushi 74,1 foizni tashkil etadi. Aholiga pullik xizmat ko'rsatish 122,5 foizga o'sishga erishildi, yoki 11585 mln so'mlik ko'p xizmat ko'rsatildi. Aholi jon boshiga pullik xizmat ko'rsatish o'tgan yilning shu davriga nisabatan 44740,3 so'mga ko'p hizmat ko'rsatishga erishildi. Aholiga maishiy hizmat ko'rsatish 127,9 foizga o'sishga erishildi, yoki 4,2 mln so'mlik ko'p hizmat ko'rsatildi. Aholi jon boshiga maishiy hizmat ko'rsatish o'tgan yilning shu davriga nisabatan 3086 so'mga ko'p bo'lishiga erishildi. O'tgan 2008 yil mobaynida bo'limga ish so'rab murojaat etuvchilar 3972 nafarni tashkil etib ulardan 3430 nafari mehnat bo'limi orqali ishga joylashtirildi. 60 nafari milliy xunarmandchilik kasblariga o'qitishga 328 nafari esa vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etildi. Imtiyozli kredit sfatida to'lab berildi. Bundan tashqari 133 nafar kam ta'minlangan oilalarga 133 mln so'm mablag' chorvachilik yo'nalishi bo'yicha "BANDLIK" jamg'armasi resurslari xisobidan imtiyozli kreditlar berildi.
     Tumanda 7 ta (engil sanoat, agroiqtisodiyot, qishloq xo'jalik, Aloqa va kompyuter, pedagogika, oziq ovqat va iqtisodiyot yo'nalishidagi) kollejlar faoliyat ko'rsatib kelmoqda. 2008 -2009 o'quv yili uchun qabul 4725 ta rejasi bo'lib xaqiqatda 5065 taga yoki 107 foizga bajarildi. Xalq ta'limi tizimida 61 ta maktab bo'lib, shundan 1 tasi boshlang'ich 35 tasi tayanch 25 tasi esa o'rta maktablar bo'lib ularda jami 36300 nafar o'quvchilar ta'lim olib kelmoqda. O'quvchilarning 34935 tasi o'zbek 882 nafari rus,483 nafari esa qirg''iz tilida uqitilib kelinmoqda.

Qayd etilgan