Bismillohir rohmanir rohim!
Mana shu mavzuga doir mulohazamni butun kun bo'yi o'ylab yurdim. Forumda shunaqa mavzu bo'lsa, yozib qoldiraman deb dilga tugib qo'ygan edim.
Men Evropadaman. Shu kungacha bu holat hech meni o'ziga tortmaga ekan. Bu yilgi ob-havoning injiqliklari, Evropada yaqqol ko'zga tashlangan. Har yilgidan yoz bu yerda ancha issiq keldi. Shunaqa issiqki, tush paytida kishi nafas olishga qiynaladi. Meni hayratga solgan holat shu bo'ldiki, ko'chada kishilar, ayniqsa yoshlar qariyb yalong'oz (hamma emas,albatta) yurishibdi. Ko'rib, og'zim ochilib qolibdi, aslida bular yozda yengil yelpi kiyinishadi, ammo bu yozdagi kiyinishlari me'yordan chiqib ketgan.(Mening fikrim) Bu yerdagi mo'minlar uchun bu holat ancha noqulayliklar tug'diradi.
Bu haqda o'ylay turib, xayolimga kelgan fikr shu bo'ldi. Harqalay bu yerlarda yoz qisqa bo'ladi, bo'lsa ham uncha issiq bo'lmaydi.
Bu yerda iqlim asosan salqin bo'lganligi uchun, me'yorda kiyinib yurushar ekanda deb o'ylab qoldim. Majburlarda, albatta. Ollohim insof bersin hammaga,Ilohim! (Butun Evropani nazarda tutmadim)