Bayramingiz muborak aziz ustozlar!  ( 213070 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Shoxruh Mirzo  28 Sentyabr 2010, 16:43:19

                                                                                    
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
                                                                                   Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.

                                                                                                                              Alisher Navoiy
Bismillohir rohmanir rohiym!

Mana, necha yillardan buyon 1-oktyabr "O'qituvchilar va murabbiylar kuni" bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Sanoqli kunlardan keyin bu kun yana bizning mehmonimizga aylanar ekan, shu fursatdan foydalanib, forum orqali barcha ustoz va murabbiylarni chin qalbdan muborakbod etmoqchiman.

Albatta forumdoshlar orasida ham, o'qituvchi va murabbiylar bor albatta ularni ham tabriklashni joiz deb bildim.

  Hurmatli ustoz va murabbiylar, bayramingiz muborak bo'lsin!

ALLOHim barchangizga sog'lik-salomatlik, kuch quvvat ato etsin! Ilm o'rgatishda chekayotgan zahmatlaringizga sabr-qanoat ato etsin! Qilayotgan hayrli amallaringizda bardavom qilsin!

O'tgan ustozlarimizni ALLOHim rahmatiga olsin! Qolganlarini panohida asrasin!


Sizdan boshlanadi asli tafakkur,
Munis muallimlar, sizga tashakkur!





Qayd etilgan


Mirоlim  29 Sentyabr 2010, 10:31:58

:bsm:

 :as:

Ustoz va murabbiylarimizni kelayotgan bayrami bilan tabrikleman.

Allohim doimo bizga bilim berishgan ustozlarimizni hammasini o'z panohida asrasin.

Holme- tolme doimo bizga va kelajakda bizning farzandlarimizga o'z bilimlarini

beraversin.

Ustozlar.

Doim nur yog'ilib turar,

Yuzingizdan ustrozlar.

Bilim chashma kabi oqar,

So'zningizdan ustozlar.

Maqtov bersam sizga gar,

So'zlar yetmas ustozlar.

O'quvchiz sizni tabriklar,

Aziz va mo'tabar ustozlar.

Qayd etilgan


Hadija  29 Sentyabr 2010, 14:50:04

Устод,муаллимсиз колганда замон,
Аодонликдан кора буларди жахон.
А.Жомий

Aziz, munis va mo'tabar ustozlar! Sizlarni kirib kelayotgan 1-oktyabr "Ustoz va murabbiyar kuni" bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Ushbu zahmatli va ulug' kasbingizdan baraka topib, xalq duosida bo'lib yurishlaringiz tilakdoshiman.
Qaysi fan yoki qanday ustoz bo'lishingizdan qat'iy nazar sizlarni hamisha hurmat va e'tiborda e'zozlaymiz!

Aslida-ku, bu dunyoda barcha insonlar ham ustoz ham shogirddirlar...

Qayd etilgan


Shukrona  30 Sentyabr 2010, 08:19:23

Assalomu alaykum.Ota - onalarimizdan keyingi aziz va mo'tabar bo'lgan ustozlarimizni kasb bayramlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz.Hayyotdan o'tganlarini ruhlari shod bo'lishsin :amn:,hayotlarini umrlari uzoq bo'lib, shogirtlarini ardog'ida yurishsin.Barchalariga Allohdan ikki dunyo saodatini so'rab qolamiz.Shuni ham aytish joizki,shu forumni tashkil qilgan insonlar va uning a'zolari ham bizga ustoz xisoblanishadi.Chunki ulardan ko'p ilmlarni oldik va olmoqdamiz.Ularni ham bayram b-n tabriklab,Alloh roziligini so'rab qolamiz.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  30 Sentyabr 2010, 10:19:44

Ustozlarimizni kasb bayramlari bilan tabriklaymiz, ularga qancha ta`zim qilsak oz. Ilmli bo'lib shu darajaga yetishishimizda ularning mehnatlari yuksak.

Haq yo'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado, oning haqin ming ganj ila.

                                                    Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Habib  30 Sentyabr 2010, 12:31:13

Bog'cha bolalaridan tortib  universitet talabalarigacha ilm va hayot saboqlarini berayotgan aziz murabbiylarimiz, kasb bayramingiz muborak bo'lsin! Forumdosh-pedagoglar! Sizlarni ham kasb bayramingiz bilan dildan qutlashga ijozat berasizlar.
Ilm gulshani ichra ZIYO tarqatayotgan barcha umri azizlar, ayyomingiz muborak! Mehnat faoliyatingizga yanada yuksaklik, baraka, mazmun tilayman.  Sizlar bo'lmasangiz biz harf tanimasdik!
Doimo omon bo'linglar!

Qayd etilgan


JaviK  30 Sentyabr 2010, 12:48:34

Jajji qo`llarimizdan tutib ilk harflarni yozdirgan Birinchi ustozim, O`qishni yozishni o`rgatgan, Fanlarni o`rgatgan uztozlarim barchanggizga bayramingiz muborak bo`lsin!!!

Agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng
sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir.

Islom Karimov


Ustozlar - aziz yurtning eng aziz, eng ulug` va mo`tabar kishilaridir.  

Islom Karimov 

Qayd etilgan


UzMuslim  30 Sentyabr 2010, 19:54:47

Aziz Ustozlar Bayramingiz Muborkk BO'lsin,Bog'chadan Maktabga Tayyorlab, Maktabda Oliy O'quv Yurtlarigacha Bo'lgan Qadamimizda Sizlarning Hizmatlaringiz Cheksiz..

OMON BO`LSIN AZIZ BOSHINGIZ,
HILOL BO`LSIN YEGAN OSHINGIZ,
KO`RINMASIN KO`ZDA YOSHINGIZ,
MEHNAT SEVAR AZIZ USTOZLAR.

Bayramingiz Muborak Bo'lsin Aziz Ustozlar...

Qayd etilgan


lolo  01 Oktyabr 2010, 00:30:30

HILOL BO`LSIN YEGAN OSHINGIZ

UzMuslim, sherdigi so'zzi HALOL deb to'g'rilap qo'ysez bo'larkan

Qayd etilgan


yoqutxon  01 Oktyabr 2010, 06:28:49

Assalam aleykum. Barcha o'qituvchi, mualim degan muqaddas nomga sazovor bo'lgan insonlarni chin qalbimdan bugungi ayyomlari bilan muborakbot etaman.Sizlar bizga inson hayotidagi eng oliy maqsadlardan biri bo'lmish bilim olishni o'rgatdingiz.Bizni haqiqiy  hazrati odam bo'lishimizga hissangiz behisob aziz ustozlar. Ayyomingiz muborak.

Qayd etilgan