- Sahiylikni kimdan o'rganding, - deb so'radilar Hotam Toyidan.
- G'ishttan o'rgandim, - deya javob qildi.
- Xech zamonda g'ishtdan ham bir narsa o'rganib bo'larkanmi?
- Odamlarning qator turib bir-biriga g'isht uzatganlarini ko'rganimisiz? Bir gal men shunday hasharda qatnashdim. Ajib bir holdan o'zim uchun xulosa chiqardim: qachonki qo'limdagi g'ishtni uzatsamgina menga g'isht uzartishdi. Uzatmay, qo'lda tutib tursam, g'isht kelishi ham to'xtadi.
Xayol qildim: demak, mol-dunyo, ham shunday. Infoq-ehson chiqarib tursang, biringga o'n keladi, Baxillik qilsang, boridan ham baraka ketadi, - degan ekan shunda Hotam Toyi.
Robbimiz hammamizni sahovatli bandalaridan qilsin. Barchamizga Ulug' Ayyom muborak!