Yaratgan Egam. Mana 1 hafta suvday o'tib ketibdi ham...
Agar men kasal bo'lsam edi, boshimga yomon kunlar kelsa edi, bu bir hafta "suvday" o'tarmidi?
Demak holi vaqtim joyida, bir bandang sifatida qornimni to'q, ustimni but qilibsan, alhamdulillah.
Ey Rabbim, bizlarni qo'ri, SEN'i doimo eslaganlardan ayla, bizlarga qahring bilan emas, mehring-shafqating bilan muomala ayla...
SEN'i eshigingdan boshqa boradigan, yolvoradigan eshigimiz yo'q. Bizlarni bandalikka qabul et, Rabbim...
Eng maqbul duolar safida biz ojiz qullaringni duolarini ham qabul ayla Yaratgan Egam...
Jumamiz muborak bo'lsin azizlar...