G'animatim - otajonim!  ( 69200 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B

Robiya  03 Oktyabr 2010, 15:05:18

:as:

Ushbu blogni "Boshimdagi tojim - onam!" blogining egizagi sifatida ochdik.. :)

Ushbu mavzuda Siz aziz forumdoshlar o'z otangiz haqlarida, otangiz bilan bo'lgan qiziqarli suhbatlar, u kishining tarbiya usullari, o'ziga xos xislatlri haqidagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

Blog uchun umumiy qoidalar egizak blog qoidasidek, faqat qaysi rangda post qilinishining ahamiyati yo'q.. :)

Blogimizga xush kelibsiz..!

Qayd etilgan

Hadija  04 Oktyabr 2010, 11:18:54

Mehribonim, suyanganda ko'targuvchi suyangan tog'im, uyimizning ko'rki, to'ridan joy olguvchi, mehrlari bilan qattiq qo'lliklari yuvib yuborguvchi, har qayerda faxr va iftixor bilan kerilib yura oladiganim, suyukli, hamisha o'rnak olishni istagan Otajonim. Ilohim umriz chinordek uzun, martabangiz bundanda ulug' bo'lsin!
Har safar sizga o'hshatishganda, faxr va Baxt uchqunlari yuzimda aks etadi.
Yaxshi yomonimni berkitib kam-u ko'stimni kechirganingiz uchun sizga ming tashakkur! Siz va Onajonimni boshimda ko'tarsam ham KAM!!!
Otajonim, duoingizga hamisha muhtojman, Baxtimni tilagan, o'zidanda ko'proq oilasini sevib asragan Otajonim, Ilohim ikki dunyo Baxt-saodatiga erishing!...
Qani edi hamma Otalar ham sizdek bo'lsa...
Sizni jonidanda ortiq ko'rgan erka qizingiz...

Qayd etilgan

Habib  04 Oktyabr 2010, 11:34:16

Baraka toping. Otangizga rahmat!

Qayd etilgan

AL_laziz87  05 Oktyabr 2010, 16:53:42

Juda xam baxtli ekansiz! Otajonimga bo'lgan erkaligim qalbimda qolgan.....Boshingda Otang bo'lmasa qishda xam oftob urar ekan. Baxtizga Otajoniz sog' bo'lsinlar

Qayd etilgan

Robiya  05 Oktyabr 2010, 16:59:03

:as:

Otam haqlarida gapirish..... Men uchun oson emas...

Nazarimda har qadamda nigohlari ila kuzatadilar....

Hayot yo'limning yorituvchisi...
Maqsadlarimning ifodachisi...
Beminnat maslahatgo'y...
Xafa bo'lganida ko'nglimni og'ritmay chiroyli tushuntiradigan do'st...
Kezi kelganda ayamasdan tanbeh beradigan boshliq...
...

Otajonimni hamisha shunday suyanch qilaversin...

Hali ko'p yozaman, otajonim, Sizga aytajak so'zlarim bisyor qalbimda... InshaAlloh...

Qayd etilgan

Shukrona  07 Oktyabr 2010, 08:42:27

Assalomu alaykum.
Payg'ambarimiz s.a.v aytdilar:"Anta va moluka li abika".Ma'nosi:"Sening o'zing ham,moling ham otangga tegishlidirsizlar".
Hayotimiz ustuni bo'lgan otalarimiz hamisha baxtimizga sog' bo'lishsin,ularni duolarini olib,rozi qilib yurishni Alloh barchamizga nasib etsin. :amn:

Qayd etilgan

AL_laziz87  07 Oktyabr 2010, 14:15:52

Kechalari uxlamay
Yulduzlarga yig'layman
Tong otguncha nomingiz
yuragimdan kuylayman
Ba'zan Sizni sog'inib
Dunyolardan toyarman
Yig'lab g'arib boshimni
Qabringizga qio'yarman
O'rningizga Dadajon
O'zim borsam bo'lardi
Shunda opam Singlim xam
Yig'lamasdan yurardi.
Qilsak to'y-yu tamosha
Endi Sizni ko'rmaymiz
Tunda o'g'il qizingiz
Qo'shilishib yig'laymiz!

Qayd etilgan

Ansora  07 Oktyabr 2010, 16:05:30

 :as:

Robiyaxon, juda yaxshi mavzu ochibsiz. Alloh rozi bo'lsin.
Onalarimiz haqida juda chiroyli ta'riflar berishimiz osonroq, lekin otalarimizga atalgan so'zlarimizni "chertib-chertib" tanlashimiz kerakligini his qilamiz.
Dadamlar haqida doimo bir xotiram esimga kelaveradi.
Nizomiyga kirgan yilim...Natijani bilish uchun dadam, ukam va amakimni o'g'li bilan borgandik. Butun talabalikka nomzod yoshlar, imtihon natijalarini kutib turibmiz. Maydon gavjum, hammani ko'zida hayajon...
Dadam meni o'qishga kirib kirmaganimni bilish uchun nomerimni Nizomiyda domla bo'lgan biriga beribdilar. U kishi shoshilishda nomerimni ko'ra olmasdan, dadamga "afsus yo'q" debdi:( meni bundan xabarim yo'q. Dadamni kayfiyatlari umuman yo'q edi.
Hullas o'qishga kirgan 50 kishini nomeri o'qila boshlandi. Bizni "O'zbek tili va adabiyoti" bo'limiga 50 kishi olinayotgandi. Nomerim shuncha yil o'tgan bo'lsa ham esimdan chiqmadi: 0060870. Nomerim 27 chi bo'lib o'qilganda men hayajondan yerga o'tirdim. Dadamga qayrilib qarasam ko'zlarida yosh... "Qizim, yuzimni yerga qaratmading, o'z kuching bilan kirdin, rahmat", dedilar ovozlari titrab....
Odatda biz juda ko'p O'zbek oilasida bo'lganiday ota-onalarimizga tuyg'ularimizni aniq ayta olmaymiz:(
O'sha kuni huddi tushdagiday uchib yurdim, eng xursand bo'lgan tarafim esa, ota-onamni xursand qilganim, ularni ishonclarini oqlaganim, hayir duolarini olganim edi...

Rabbim butun otalarga farzandlarini yaxshi kunlarini ko'rishni nasib qilsin...

"Otangga rahmat"ni eshitish barchamizga nasib bo'lsin azizlar...

Qayd etilgan

Robiya  07 Oktyabr 2010, 19:05:17

:vslm:

Opajon, haqiqatda ham otajonlarimiz haqlarida juda kam gapirar ekanmiz.. Bunga blogning ilk posti ham misol..

Onalarni jo'shib kuylagan qalb otalarga kelganda hiyla to'xtab qoladi.. Nimagadir.. Nimadandir.. Buning nimaligini aytish ham unga dushvor.. Hayiqishdir ehtimol.. Hayodir balki.. Bilmadim..

Tilaklarning eng ezgusi qadrli padari buzrukvorlarimizga...

Qayd etilgan

Ansora  07 Oktyabr 2010, 19:35:49

Qaynotam-jonim otam  : )

Qiz bola vaqti kelib, Yaratganning taqdiri bilan turmushga chiqadi. Otasini qanchalik yaxshi ko'rsa ham bir kuni boshqa bir otaga-qaynotaga o'rganishga to'g'ri keladi. Hali turmushga chiqmasdan qaynona haqida ko'p gapiriladi-yu lekin qaynota mavzusida hech to'htab o'tilmaydi.
Rabbim barcha qizlarga otalaridan mehribon, ularni yo'qliklarini qo'ldan kelguncha kam his ettiradigan qaynotalar nasib etsin iloyim.
Qaynotamdan Alloh rozi bo'lsin, ilk kundan menga otaday muomala qildilar. Doimo shafqat bilan yondoshdilar.
İsmim pasportda Zamiraxon, deb yozilgani uchun men haqimda gapirar ekanlar:
"Xonlar Xoni", der ekanlar : )
U kishi shunday muomala qilganliklari uchun ishoning men ham o'zimdagi juda ko'p qoniqarsiz odatlarni tashladim, chunki inson uyalarkan...
Oilani huzurli bo'lishi eng birinchi navbatda kattalarga bog'liq. Chunki bizni tajribamiz yetmasligi, yangi oilada o'zimizni begonaday his qilishimiz mumkin.
Qaynotam menga "Qizim" deganlari uchun u kishini o'z otamdan hech ayirmadim...
Farzandli bo'lganimda ham juda tashvishlanibdilar, qaynonamga "Kelinim o'zini o'nglab olarmikan-a" deb necha marta jon kuydirib gapiribdilar. Ko'zlaridan yosh kelib, tuzalib ketishim uchun duo qilibdilar...
İnson bolasi shirin so'zni gadosi, men uchun jon kuydirganliklari uchun ularga bo'lgan mehrim yana ham oshdi...
Bekorga-Ota, deyishmagan, to'g'rimi?
Ota degani nazarimda faqat mehr-shafqat degani:) 

Qayd etilgan