Bola edim, yelkangizga o'tirgan paytlarim,
Siz bilan qolsam rohatlanardi jon.
Bugun daftarimda dardli qaydlarim:
Tushlarimga kirib turing, otajon.
***
Ahvolim so'rang qishda qor bo'lib,
Diydoringiz sog'inganimda har on.
Mashaqqatli yo'limda ham bor bo'lib,
Tushlarimga kirib turing otajon.
***
Bugun to'yim, xalq gavjum...
Ko'z yoshlarimni bekitishga qasam!
To'y ostonasida yo'qsiz, xurjum...
Quvonchimni kuzatib turing, otam.
***
Siypalib, yiqilib tushdi o'g'lim,
Betiga yorug' nur bilan urdi osmon.
Qo'lidan ko'tarib g'ashdur ko'nglim,
Beg'uborligim esga soldim, otajon.
***
Bola edim yelgangizga o'tirgan paytlarim,
Endi durkun yigitman, o'sdi bo'yim.
Sizsiz daftarimda dardli qaydlarim,
Sizsiz humrayib qotgan uyim...
TEMURMALIK