Munavvar qori Abdurashidxonov. Tajvidul Qur'on  ( 89484 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:46:43

Assalomu alaykum!
Ushbu forumimizda "Tajvidul-Qur'on" kitobidan darslarni berib borishga harakat qilayapmiz. Ushbu kitob muallifi Munavvarqori bobomizda Alloh rozi bo`lsin.
Ushbu mavzu Arabic Windows kodirovkasi asosida tuzilgan.

Mundarija

1-dars. Qur'oni karim harflari
2-dars. Iste'lo va iste'fola harflari
3-dars. Iste'fola harflari
4-dars. Harakat, sukun, sukunlik nun, tanvin
5-dars. Izhor
6-dars. Iqlob
7-dars. Idg'om
8-dars. G'unnalik va g'unnasiz idg'om
9-dars. Ixfo
10-dars. Sukunlik mim
11-dars. Qalqala harflari
12-dars. Mad va harfi mad
13-dars. Sabab mad
14-dars. Madning xillari va tabiiy mad
15-dars. Mad muttasil
16-dars. Mad munfasil
17-dars. Mad lozim
18-dars. Mad oriz
19-dars. Mad lin lozim va mad lin oriz
20-dars. “Alloh” lafzi
21-dars. Tafximlik re harfi
22-dars. Tarqiqli re harfi
23-dars. Harflarning mahrajlari
24-dars. Idg‘om mislayn
25-dars. Idg‘om mutajonisayn
26-dars. Idg‘om mutaqoribayn
27-dars. Idg‘om shamsiya
28-dars. Idg‘om qamariya
29-dars. Vaqf (to’xtash)
30-dars. Sakta
31-dars. Ta’avvuz, basmala


1-DARS. QUR'ONI KARIM HARFLARI

Savol: Qur'oni karimda necha harf bor?

Javob: 29 harf bor.

Savol: Ular qaysilar?

Javob: ء ا ب ت ث ج ح خ د ذ ر ز س ش ص ض ط ظ ع غ ف ق ك ل م ن و ه ي
(hamza, alif, be, te, se, jim, he, xe, dol, zol, re, ze, sin, shin, sod, zod, itqi, izg`i, ayn, g`ayn, fe, qof, kof, lom, mim, nun, vov, hoyi havvas, yo)

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:47:05

2-DARS. ISTE'LO VA ISTE'FOLA HARFLARI

Savol: Ushbu 29 ta hatf nechaga bo`linadi?

Javob: Ikkiga bo`linadi: iste'lo va iste'fola harflariga.

Savol: Iste'lo harflari qanday harflar?

Javob: Og`izni to`ldirib, ovozni yuqori ko`tarib o`qiladigan harflar.

Savol: Iste'lo harflari nechta va ular qaysilar?

Javob: 7 ta: خص ضغط قظ

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:47:25

3-DARS. ISTE'FOLA HARFLARI

Savol: Iste'fola harflari qanday harflar?

Javob: Og`izni yoyib, ovozni ingichka qilib o`qiladigan harflar.

Savol: Iste'fola harflari nechta va ular qaysilar?

Javob: Qolgan 22 ta harfning hammasi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:48:07

4-DARS. HARAKAT, SUKUN, SUKUNLIK NUN, TANVIN

Savol: Harakat deb nimaga aytiladi?

Javob: َ(fatha), ِ (kasra),  ُ (zamma)

Savol: Sukun deb nimaga aytiladi??

Javob: Harakatsiz harflar ustiga qo`yiladigan ushbu belgiga: ْ

Savol: Sukunlik nun nima?

Javob: Ikki zamma ٌ, ikki fatha ً, ikki kasra ٍ

Savol: Sukunlik nun va tanvinda nechta qoida bor?

Javob: 4 ta: izhor, iqlob, idg`om, ixfo.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:48:33

5-DARS. IZHOR

Savol: Izhor harflari nechta?

Javob: 6 ta: ء ه ع غ ح خ

Savol: Izhor nima?

Javob: Sukunlik nun yoki tanvin ushbu 6 harfning biriga yo`liqqan vaqtda nunni bildirib o`qimoq.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: غَاسِقٍ إِذَا وَقَبَ  (g'osiqin iza vaqob), يَوْمَئِذٍ عَنِ النَّعِيمِ (yavmaizin 'anin na'iim), وَأَمَّا مَنْ خَفَّتْ مَوَازِينُهُ ( ma amma man xoffat mavazinuhu)

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:49:09

6-DARS. IQLOB

Savol: Iqlob harflari nechta?

Javob: 1 ta: ب (be) harfi

Savol: Iqlob nima?

Javob: Sukunlik nun yoki tanvin be harfiga yo`liqqan vaqtda nunni mimga almashtirib, dimog` bilan o`qimoq.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: مِن بَعْد (mim ba'di).

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:49:48

7-DARS. IDG'OM

Savol: Idg'om nima?

Javob: Bir harfni ikkinchi harf ichiga kirgizib, singdirib o`qish.

Savol: Idg'om necha xil bo`ladi?

Javob: Ikki xil: g'unnali idg'om va g'unnasiz idg'om.

Savol: G'unna nima?

Javob: Dimog'dan chiqadigan ovoz.

Savol: G'unnali idg'omning harfi nechta?

Javob: 4 ta. ي م ن و harflari.

Savol: G'unnasiz idg'omning harfi nechta?

Javob: 2 ta. ل ر harflari.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:50:17

8-DARS. G'UNNALIK VA G'UNNASIZ IDG'OM

Savol: G'unnalik idg'om nima?

Javob: Sukunli nun yoki tanvin ي م ن و harflarining biriga yo`liqqan vaqtda nunni u harfning ichiga kirgizib, dimog' bilan o`qish*.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: لَهَبٍ وَتَبَّ (lahabiv vatabb), مِّن مَّسَد (mim masad), فِي تَضْلِيلٍ وَأَرْسَلَ (fiy tazliiliv va arsala)

Savol: G'unnasiz idg'om nima?

Javob: Sukunlik nun yoki tanvin ل ر harflarining biriga yo`liqqan vaqtda nunni u harfning ichiga kirgizib, g'unnasiz o`qish.

Savol: Misoli qanday?

Javob: هُمَزَةٍ لُّمَزَة (humazatil lumazah), عِيشَةٍ رَّاضِيَةٍ ('iyshatir roziyah)


*Sharh. دُّنْيَا kabi kalimalardagi sukunlik nunlar ي م ن و harflariga yo`liqqan bo`lsa-da, kalimalarning o`rtasida kelganligi uchun idg'om qilmasdan, izhor qilib o`qiladi. (dunya deb)

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:50:32

9-DARS. IXFO

Savol: Ixfo harflari nechta?

Javob: 15 ta: ك ق ف ظ ط ض ص ش س ز  ذ د ج ث ت

Savol: Ixfo nima?

Javob: Sukunlik nun yoki tanvin ushbu 15 harfning biriga yo`liqqan vaqtda nunni u harf chiqadigan yerga yashirib, ozgina dimog` bilan o`qiladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: مَّرَضٌ فَزَادَهُمُ (Marozu(v) fazadahum), نَارًا ذَاتَ (naaro(n) zata), هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ (hum 'a(n) solaatihim)

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:51:02

10-DARS. SUKUNLIK MIM

Savol: Sukunlik mim da nechta qoida bor?

Javob: 3 ta. G'unnalik idg'om mislayn, ixfo shafaviya, izhor shafaviya.

Savol: G'unnalik idg`om mislayn nima?

Javob: Sukunlik mim mim ga yo`liqqan vaqtda mim ni mim ning ichiga kirgizib dimog` bilan o`qish.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: عَلَيْهِم مُّؤْصَدَةٌ ('alayhim mu'sodah)

Savol: Ixfo shafaviya nima?

Javob: Sukunlik mim be ga yo`liqqan vaqtda mim ni be ning chiqadigan yeriga yashirib ozgina dimog` bilan o`qish.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: تَرْمِيهِم بِحِجَارَةٍ (Tarmihim bihijaroh)

Savol: Izhor shafaviya nima?

Javob: Sukunlik mim mim va be dan boshqa harflarga yo`liqqan vaqtda mim ni bildirib o`qimoq.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: لَكُمْ دِينُكُمْ (Lakum dinikum)

Qayd etilgan