Munavvar qori Abdurashidxonov. Tajvidul Qur'on  ( 89502 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:51:26

11-DARS. QALQALA HARFLARI

Savol: Qalqala harflari nechta?

Javob: 5 ta. د ج ب ط ق

Savol: Qalqala nima?

Javob: د ج ب ط ق harflaridan biri sukunlik bo`lgan vaqtda sukunni zammaga o`xshatibroq o`qimoq. Sukunlik harfni sakratib talaffuz qilinadi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ (huvallohu ahad(u)), هُوَ الْأَبْتَرُ (huval ab(u)tar)

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:51:59

12-DARS. MAD VA HARFI MAD

Savol: Mad nima?

Javob: Tovushni choi`zib o`qimoq.

Savol: Harfi mad nima?

Javob: Cho`zib o`qiladigan harf.

Savol: Harfi mad nechta?

Javob: 3 ta: و ا ي

Savol: Vov qachon mad harfi bo`ladi?

Javob: Vov sukunlik bo`lib undan avvalgi harf zammalik bo`lgan bo`lgan vaqtda harfi mad bo`ladi. 

Savol: Misoli qaysi?

Javob: رَسُولٌ (Rosuulun)dagi vov

Savol: Yo qachon harfi mad bo`ladi?

Javob: Yo sukunlik bo`lib undan avvalgi harf kasralik bo`lgan bo`lgan vaqtda harfi mad bo`ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: فِيهَا (fiiha) dagi yo.

Savol: Alif qachon harfi mad bo`ladi?

Javob: Alif sukunlik bo`lib undan avvalgi harf fathalik bo`lgan bo`lgan vaqtda harfi mad bo`ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: وَمَا (va maa) dagi alif.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:52:24

13-DARS. SABAB MAD

Savol: Sabab mad nima?

Javob: Harfi madlarni bir alif dan ortiq cho`zilishiga sabab bo`lgan narsa.

Savol: Sabab mad nechta?

Javob: 2 ta: hamza, sukun.

Savol: Sukun necha xil bo`ladi?

Javob: Ikki xil. Sukuni lozim va sukuni oriz.

Savol: Sukuni lozim qanday sukun?

Javob: Avvaldan bor bo`lib, doimo turadigan sukun. 

Savol: Misoli qaysi?

Javob: ق (Qoooof)dagi fe ning sukuni kabi.

Savol: Sukuni oriz qanday sukun?

Javob: Harakatlik harfda to`xtash sababidan harakatning o`rniga paydo bo`lgan sukun.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: نَسْتَعِينُ (Nasta'iin) dagi nun ning sukuni kabi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:52:52

14-DARS. MADNING XILLARI VA TABIIY MAD

Savol: Mad necha xil bo`ladi?

Javob: 7 xil: tabiiy mad, mad muttasil, mad munfasil, mad lozim, mad oriz, mad lin lozim, mad lin oriz.

Savol: Mad qachon tabiiy mad bo`ladi?

Javob: Harfi mad kelib, so`nggidan sabab mad kelmasa tabiiy mad bo`ladi.

Savol: Tabiiy mad qancha cho`ziladi?

Javob: bir alif miqdorida cho`ziladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: مَغضُوبِ (Mag`zuubi), إِيَّاكَ (Iyyaaka)

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:53:18

15-DARS. MAD MUTTASIL

Savol: Mad qachon mad muttasil bo`ladi?

Javob: harfi mad so`nggidan sabab mad hamza bo`lib, ikkisi bir kalimada kelsa mad muttasil bo`ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: جَاء (jaaaa'a)

Savol: Bunda nima qilinadi?

Javob: To`rt alif miqdorida cho`ziladi.

Savol: To`rt alif miqdorida cho`zishning hukmi nima?

Javob: Mad muttasilda vojib.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:53:42

16-DARS. MAD MUNFASIL

Savol: Mad qachon mad munfasil bo`ladi?

Javob: Harfi mad so`nggidan sabab mad hamza bo`lib, boshqa kalimada kelsa mad munfasil bo`ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: إِنَّا أَعْطَيْنَا (Innaa a'toynaa)

Savol: Mad munfasil necha alif cho`ziladi?

Javob: Bir alifdan to`rt alifgacha cho`zish joiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:54:06

17-DARS. MAD LOZIM

Savol: Mad qachon mad lozim bo`ladi?

Javob: Harfi mad so`nggidan sabab kelgan sabab mad sukuni lozim bo`lsa, mad lozim bo`ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: المص (Alif laaaam miiiim sooood), وَلَا جَانٌّ (va laa jaaaann)

Savol: Mad lozim necha alif cho`ziladi?

Javob: To`rt alif cho`zish vojib.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:54:39

18-DARS. MAD ORIZ

Savol: Mad qachon mad oriz bo`ladi?

Javob: Harfi mad so`nggidan sabab kelgan sabab mad sukuni oriz bo`lsa, mad oriz bo`ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: تَعْبُدُونَ (ta'buduun), تَضْلِيلٍ (tazliil)

Savol: Mad oriz necha alif cho`ziladi?

Javob: Ikki alifdan to`rt alifgacha cho`zish joiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:55:03

19-DARS. MAD LIN LOZIM VA MAD LIN ORIZ

Savol: Harfi lin nechta?

Javob: Ikkita. Sukunlik vov va sukunlik yo.

Savol: Bular qachon harfi lin bo‘ladi?

Javob: O‘zlaridan avvalgi harf fathalik bo‘lgan vaqtda harfi lin bo‘ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: الْقَوْم (alqovmi), عَلَيهِ (‘alayhi) dagi vov va yo.

Savol: Qachon mad lin lozim bo‘ladi?

Javob: Harfi lin sukuni lozimga yo‘liqqan vaqtda mad lin lozim bo‘ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: حمعسق (haa miiiim, aayyin, siiin qooof) dagi aynning yo si.

Savol: Mad lin lozim qancha cho‘ziladi?

Javob: 4 alif miqdorida cho‘zish vojib.

Savol: Qachon mad lin oriz bo‘ladi?

Javob: Harfi mad sukuni orizga yo‘liqqan vaqtda mad lin oriz bo‘ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: وَالصَّيْفِ (vas soyiif), مِّنْ خَوْفٍ (min xovuuf).

Savol: Mad lin lozim qancha cho`ziladi?

Javob: Ikki alifdan 4 alifgacha cho‘zmoq joiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:55:25

20-DARS. "œALLOH" LAFZI

Savol: Alloh lafzining lomida nechta qoida bor?

Javob: Ikkita. Tafxim va tarqiq.

Savol: Tafxim nima?

Javob: Yo‘g‘on o‘qimoq.

Savol: Tarqiq nima?

Javob: Ingichka o‘qimoq.

Savol: Alloh lafzining lomi qachon yo‘g‘on o‘qiladi?

Javob: O‘zidan avvalgi harf zammalik yoki fathalik bo‘lsa yo‘g‘on o‘qiladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: عَلَى اللَّهِ (‘alallohi), رَّسُولُ اللَّهِ rosululloh).

Savol: Qachon  ingichka o`qiladi?

Javob: O‘zidan avvalgi harf kasralik bo‘lsa ingichka o‘qiladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: للّهِ (lillahi), بِاللّهِ (billahi).

Qayd etilgan