Munavvar qori Abdurashidxonov. Tajvidul Qur'on  ( 89558 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:55:46

21-DARS. TAFXIMLIK RE HARFI

Savol: Re harfida nechta qoida bor?

Javob: Ikkita. Tafxim va tarqiq.

Savol: Qanday re lar tafxim bo`ladi?

Javob: 6 ta joyda re tafxim bo`lib yo‘g‘on  o‘qiladi.

Savol: Birinchisi?

Javob: Re zammalik yoki fathalik bo`lsa. Misoli: كَفَرُو (kafaruu), الرَّحِيمِ (Ar-rohiim).

Savol: Ikkinchisi?

Javob: Re sukunlik bo`lib, o`zidan avvalgi harf zammalik yoki fathalik bo`lsa. Misoli:  أَرْسَلَ ursila), وَالْأَرْضَ (val-arzo).

Savol: Uchinchisi?

Javob: Re sukunlik bo‘lib, so`ngidan harf harfi iste’lodan bo`lsa. Misoli:  مرصاد (mirsood)
 
Savol: To‘rtinchisi?

Javob: Re sukunlik bo`lib, o`zidan avvalgi harf kasralik bo`lib, kasrasi oriziy (keyin paydo bo`lgan) yoki kalimada bo`lsa. Misoli: اَرْجعْ (arji’)

Savol: Beshinchisi?

Javob: Sukun bilan to`xtalgan re dan avvalgi harf iste’lo harflarida bo`lib, u ham sukunlik bo`lsa.  Misoli: وَالْعَصْر (val-‘asr).

Savol: Oltinchisi?

Javob: Sukun bilan to`xtalgan re dan avvalgi harf iste’lo harf ham sukunlik bo`lib, undan avvalgi harf zammalik yoki fathalik bo`lsa.  Misoli: خُسْر (xusr), بِالصَّبْر (bis-sobr).

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:56:12

22-DARS. TARQIQLI RE HARFI

Savol: Qachon re tarqiqlik bo`ladi?

Javob: 4 ta joyda re tarqiqlik bo`lib,  ingichka  o‘qiladi.

Savol: Birinchisi?

Javob: Re kasralik bo`lsa. Misoli: رِجَالٌ (rijaalun).

Savol: Ikkinchisi?

Javob: Re sukunlik bo`lib, o`zidan avvalgi harf kasralik. Misoli:  وَاغْفِر (vag‘fir).

Savol: Uchinchisi?

Javob: Sukun bilan to`xtagan re dan avvalgi harfi lin bo`lsa. Misoli:  خَيْرٌ (xoyrun)
 
Savol: To‘rtinchisi?

Javob: Sukun bilan to`xtalgan re dan avvalgi harf ham sukunlik bo`lib undan avvalgi harf kasralik bo`lsa. Misoli: حِجْرٍ (hijrin).

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:56:34

23-DARS. HARFLARNING MAHRAJLARI

Savol: Mahraj nima?

Javob: Harflarning og`izdan chiqish joyi.

Savol: Harflarning mahrajlari nechta?

Javob: Ko`p ulamolar nazdida 17 mahrajdan chiqadi.

Savol: 1-mahraj qaysi?

Javob: Xalqum (bo`g`iz) bilan og`iz orasidagi bo`shliq.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: Harfi mad bo`lgan ي و  ا   chiqadi.

Savol: 2-mahraj qaysi?

Javob: Xalqumning eng yuqori tomoni.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: ء  ه chiqadi.

Savol: 3-mahraj qaysi?

Javob: Xalqumning o`rtasi.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: ع  ح chiqadi.

Savol: 4-mahraj qaysi?

Javob: Xalqumning eng oldi.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: غ  خ chiqadi.

Savol: 5-mahraj qaysi?

Javob: Tilning eng yuqori tomoni bilan uning to`g`risidagi tanglay.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: ق harfi chiqadi.

Savol: 6-mahraj qaysi?

Javob: Qof mahrajining biroz oldirog`i.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: ك harfi chiqadi.

Savol: 7-mahraj qaysi?

Javob: Tilning o`rtasi bilan uning to`g`risidagi tanglay.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: ج  ش  ي harflari chiqadi.

Savol: 8-mahraj qaysi?

Javob: Tilning o`ng yoki chap yonlari bilan ost-ust oziq tishlarining oralari.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: ض harfi chiqadi.

Savol: 9-mahraj qaysi?

Javob: Tilning o`rtasidan boshlabuchigacha usti bilan tanglayni oldingi sakkiz tishga qo`shilgan joylari.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: ل harfi chiqadi.

Savol: 10-mahraj qaysi?

Javob: Tilning uchi bilan oldingi ikki yuqori tishning ich tomoni.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: G`unnasiz ن harfi chiqadi.

Savol: 11-mahraj qaysi?

Javob: Tilning uchi bilan tanglayning o`rtasi.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: G`unnasiz ر harfi chiqadi.

Savol: 12-mahraj qaysi?

Javob: Tilning uchi bilan oldingi ikki ust tishning tubi.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: G`unnasiz ت د  ط harflari chiqadi.

Savol: 13-mahraj qaysi?

Javob: Tilning usti bilan oldingi ikki yuqori tishning tepasi. Tilning uchi oldingi ikki ost tishni ich milkiga yopishib turadi.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: G`unnasiz ز س ص harflari chiqadi.

Savol: 14-mahraj qaysi?

Javob: Tilning uchi bilan oldingi ikki ost-ust tishlarining oralaridir.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: G`unnasiz ث ذ ظ harflari chiqadi. ظ da tilning uchiga ham biroz qo`shiladi.

 Savol: 15-mahraj qaysi?

Javob: Oldingi ikki ust tish bilan ostki labning ich tarafi.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: ف harfi chiqadi.

Savol: 16-mahraj qaysi?

Javob: Ikki labning orasi.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: ب م و harflari chiqadi.

Savol: 17-mahraj qaysi?

Javob: Xayshum, ya’ni dimog`dir.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: Gu`nnalik tanvin, mim, nun chiqadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:57:12

24-DARS. IDG‘OM MISLAYN

Savol: Idg‘om mislayn nima?

Javob: ismda va mahrajda bir bo‘lgan ikki harf bir-biriga yo`liqib, avvalgisi sukunlik bo`lganda avvalgisini keyingisining ichiga kirgizib o`qish.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: رَبِحَت تِّجَارَتُهُم  (Robihat tijarotuhum)dagi te kabi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:58:15

25-DARS. IDG‘OM MUTAJONISAYN

Savol: Idg‘om mutajonisayn nima?

Javob: Ismda boshqa maxrajda bir bo’lgan ikki harf bir-biriga yo’liqib, avvalgisi sukunlik bo’lgan vaqtda, avvalgisini keyingisining ichiga kirgizib o’qish.

Savol: Bunday harflar nechta mahrajga bo’linadi?

Javob: 3 ta mahrajga bo’linadi.

Savol: Birinchisi qaysi harfning mahraji?

Javob: ط د  ت (te, dol, to)larning mahraji.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: لَئِنْ بَسَطْتَ مَا وَعَدْ تُمْ (Laim basatta, va’attum).

Savol: Ikkinchisi qaysi harflarning mahraji?

Javob: ث ذ ظ (se, zol, zo)larning mahraji.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: اِذْ ظَلَمُوْا يَلْهَثْ ذَالِكَ (Izzolamuu, yalhaz zalika).

Savol: Uchinchisi qaysi harflarning mahraji?

Javob: ب م  (be, mim)larning mahraji.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: يٰبُنَيَّ ارْكَبْ مَعَنَا (Yaa bunayyarkam ma’anaa).

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:58:39

26-DARS. IDG‘OM MUTAQORIBAYN

Savol: Idg‘om mutaqoribayn nima?

Javob: Ismda yoki maxrajda bir-biriga yaqin bo’lgan ikki harf bir yerda kelib,  avvalgisi sukunlik bo’lgan vaqtda, avvalgisini keyingisining ichiga kirgizib o’qish.

Savol: Ismda bir-birlariga yaqin bo’lgan harflar qaysilar?

Javob: ق ك (qof, kof) harflari.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: اَلَمْ نَخْلُقْكُمْ (Alam naxlukkum).

Savol: Maxrajda bir-birlariga yaqin bo’lgan harflar qaysilar?

Javob: ل ر (lom, re) harflari.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: قُلْ رَبِّي  (Qur robbiy).

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:59:08

27-DARS. IDG‘OM SHAMSIYA

Savol: Idg‘om shamsiya nima?

Javob: Alif lom ل ا dan keyin 14 ta shamsiya harflarining biri kelganda lomni keyingi harfning ichiga kirgizib o’qish.

Savol: 14 shamsiya harflari qaysilar?

Javob: ت ث د ذ ر ز س ش ص ض ط ظ ل ن (to, so, dol, zol, ro, zo, sin, shin, sod, zod, itqi, izg’I, lom, nun).

Savol: Misoli qaysi?

Javob: اَلتَّوبَةُ اَلثَّنَاءُ اَلدُّنيَا الذِّكْرُ اَلرَّحْمٰنُ اَلزَّيْتُونُ اَلسَّمِيعُ
 اَلشَّمْسُ اَلصَّيْفُ اَلضَّلاَلُ اَلطُّورُ اَلظُّلْمُ اَللَّيلُ اَلنُّورُ

(Attavbatu, Assanaau, Addunya, Azzikru, Arrohmanu, Azzaytunu, Assamiy’u, Ashshamsu, Assoiqu, Azzolalu, Atturu, Azzulmu, Allaylu, Annuru).

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 06:59:53

28-DARS. IDG‘OM QAMARIYA

Savol: Izhor qamariya nima?

Javob: Alif lom ل ا dan keyin 14 ta qamariya harflarining biri kelganda lomni bildirib o’qish.

Savol: 14 qamariya harflari qaysilar?

Javob: ابْغِ حَجَّكَ وَ خِفْ عَقِيمَهُ degan kalimadagi harflar.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: اَلْاَزَلُ اَلْبَلَدُ اَلْغَنِيُّ اَلْحَجُّ اَلْجُمَلُ اَلْكَلاَمُ اَلْوَلِيُّ
 اَلْخَوْفُ اَلْفِيلُ اَلْعِلْمُ اَلْقَمَرُ اَلْيَدُّ اَلْمُلْكُ اَلْهِلاَلُ

(Al-anzalu, Al-baladu, Al-‘g’oniyyu, Al-hajju, Al-jumalu, Al-kalamu, Al-valiyyu, Al-xavfu, Al-fiylu, Al-ilmu, Al-qomaru, Al-yaddu, Al-mulku, Al-hilalu).

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 07:00:43

29-DARS. VAQF (TO’XTASH)

Savol: Vaqf deb nimaga aytiladi?

Javob: Oyatlar orasida to’xtab, nafas olishga.

Savol: Qanday joylarda vaqf qilinadi?

Javob: Ushbu alomatlaridan biri bo’lgan yerda vaqf qilinadi.

Savol: Vaqf necha xil bo’ladi?

Javob: 3 xil: Sukunlik hoyi havvaz, alif va sukun bilan bo’ladi.

Savol: Qanday joylarda sukunlik hoyi havvaz bilan vaqf qilinadi?

Javob: Vaqf qilinadigan kalimaning oxirida hoyi havvaz suratida yozilgan te bo’lsa, hoyi havvaz bilan vaqf qilinadi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: ~ۚ وَ اَقِمِ الصَّلواةَ ~ۚ نَارٌ حَامِيَةٌ (Naarun hamiyah, Va aqiymus solaah).

Savol: Qanday joylarda alif bilan vaqf qilinadi?

Javob: Vaqf qilinadigan kalimalarning oxirida fathalik tanvin yoki alif bo’lsa, alif bilan vaqf qilinadi.
 
Savol: Misoli qaysi?

Javob: ~ۚ عُقْبَيهَا ~ۚ بَصِيرً (Basiroo, ‘Uqbahaa).

Savol: Qanday joylarda sukun bilan vaqf qilinadi?

Javob: Yuqorida o’tgan ikki o’rindan boshqa hamma o’rinda sukun bilan vaqf qilinadi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: ~ۚ مِنْ قَبْلِكَ ~ۚ   وَالرَّيْحَانِ ~ۚ   مُؤْمِنِينَ ~ۚ يُوقِنُونَ (Yuqinuun, Mu’miniin, Var-royhaan, Min qoblik).

Savol: Bu kalimalar qanday o’qiladi?

Javob: Oxirgi harflarning harakatlari tushirilib, sukun bilan o’qiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2006, 07:01:00

30-DARS. SAKTA

Savol: Sakta deb nimaga aytiladi?

Javob: Ikki kalima orasida nafas olmasdan biroz to’xtab o’tishga aytiladi.

Savol: Qur’oni karimda nechta joyda sakta bor?

Javob: To’rt joyda sakta bor.

Savol: Qaysi suralarda?

Javob: Kahf, Yosin, Qiyomat, Mutaffifin suralarida.

Savol: Kahf surasida qaysi kalimalar orasida sakta qilinadi?

Javob: Kahf surasinin عِوَجَا va قَيِّمًا kalimalari orasida sakta qilinadi.

Savol: Qanday o’qiladi?

Javob: عِوَجَا ni قَيِّمًا ga ixfo qilmasdan, عِوَجَا deb biroz to’xtab, keyin  قَيِّمًا o’qiladi.

Savol: Yosinda qaysi kalimalar orasida sakta qilinadi?

Javob: Yosinda مِن مَّرْقَدِنَا bilan [size] هَذَا [/size] orasida sakta qilinadi.
 
Savol: Qanday o’qiladi?

Javob: مِن مَّرْقَدِنَا deb biroz to’xtab, keyin [size] هَذَا [/size] o’qiladi.

Savol: Qiyomat surasida qaysi kalimalar orasida sakta qilinadi?

Javob: Qiyomat surasida مَنْ bilan رَاقٍ orasida sakta qilinadi.

Savol: Qanday o’qiladi?

Javob: مَنْ ni رَاقٍga idg’om qilmasdan, مَنْ deb biroz to’xtab, keyin رَاقٍ ni o’qiladi.

Savol: Mutaffifiynda qaysi kalimalar orasida sakta qilinadi?

Javob: Mutaffifiynda بَلْ bilan رَانَ orasida sakta qilinadi.

Savol: Qanday o’qiladi?

Javob: بَلْ ni رَانَ ga idg’om qilmasdan بَلْ deb bir oz to’xtab, keyin رَانَ o’qiladi.

Qayd etilgan