Sog'indim.....  ( 178019 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 50 B


yoqutxon  06 Oktyabr 2010, 07:00:40

Assalam aleykum varahmatullohu vabarakatuh

Inson hayotida hech narsa abadiy emas. Hayot yo'llarida biz hohlaymizmi yo'qmi  bizga qadrli bo'lgan insonlar, narsalarni  yo'qotishimizga to'g'ri keladi........

Shunday lahzalarda qalb atalmish gavharni sog'inch hissi o'rtaydi...............

Aziz forumdoshlar bu mavzuda qalbimizni o'rtayotgan , biz  sog'inayotgan o'tmishda qolgan damlar, insonlar, umumman sog'inayotgan narsalarimiz haqida yozamiz.....

Qayd etilgan


AL_laziz87  06 Oktyabr 2010, 07:58:08

Sog'indim....Maktab darsidan  keyin ko'chada futbol o'ynab shomda uyga kirib kelgan paytimda shu payitgacha o'ynaydimi futbolni   degan Otajonim so'zlarini sog'indim...
Sog'indim.....xar baxorda lolo ochilganda adrga chiqib do'stlar bilan qilinadigan kabob xidini va tarqab ketgan o'sha do'stlar davrasini juda xam sog'indim...
Sog'indim........menimcha bu so'z tugamasa kerak.....

Qayd etilgan


lolo  06 Oktyabr 2010, 08:15:29

AL_laziz87, postingizni taxrir qiling "lolo" degan joyini.

Qayd etilgan


Shukrona  06 Oktyabr 2010, 08:24:37

Assalomu alaykum.
Oramizdan ketgan yaqinlarimni;
Maktab davrlarini;
Buvijonimni qimmatli duolarini;
Sog'indim......

Qayd etilgan


AL_laziz87  06 Oktyabr 2010, 08:28:41

AL_laziz87, postingizni taxrir qiling "lolo" degan joyini.

Lola demoqchiydim! Bu gaplarni yozyatganda xayollarim o'sha davrda edi shekilli uzr so'rayman.

Qayd etilgan


yoqutxon  08 Oktyabr 2010, 00:08:17

Assalam aleykum.  Yoshligimda bobomlarnikiga borsak hamma nevaralar uchun uzundan uzoq joy solinardi))) Keyin bobom ertak aytishni boshlar edilar. Har safar yangi ertak bir martayam takrorlanmasdi.  U ertaklarda hammamiz bosh qahramon bo'lardik))) O'sha damlarni juda juda sog'indim.......

Qayd etilgan


yoqutxon  08 Oktyabr 2010, 00:16:20

Hamma yoqga oppoq gilamdek to'shaladigan, muzday, momiqday qorni sog'indim. Umid qilamanki sog'inchim uzoqqa cho'zilmaydi)))

Qayd etilgan


Aqoid  08 Oktyabr 2010, 03:28:50

 :as:Judayam chiroyli mavzu ekan. Men maktab davrlarini juda sog'indim. u paytlari judayam ko'p kitob o'qirdim...

Qayd etilgan


siddiqa  08 Oktyabr 2010, 09:23:35

 :as:

inson albatta o'tib ketib qaytara olmagan vaqtlarni qo'msaydi .

abiturentlik davrim judayam sog'inaman .....

ilk sajdada topgan va haligacha izlanayotgan hotirijamlik hissini ,
yolg'on bo'lmagan qullik isxorini ham qattiq sog'indim .

Qayd etilgan


Ansora  08 Oktyabr 2010, 13:25:17

 :as:

Robiyaxonni paxta dalasidan bergan ma'lumotlarini o'qib, nimagadir dalani sog'inganimni his qildim...

Qayd etilgan