Sog'indim.....  ( 212748 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 50 B


_IYMONA_  30 Noyabr 2010, 19:54:00

Lo'ppi yuzli, qop-qora ko'zli, qoshu-kipriklari tim qora, bo'ynidan mushki anbar hidi keb turadigan, quyoncha tishchalari chiqqan, shokoladni yaxshi ko'radigan jiyanchamni judayam sog'indim...

Qayd etilgan


Hadija  01 Dekabr 2010, 10:50:09

Lo'ppi yuzli, qop-qora ko'zli, qoshu-kipriklari tim qora, bo'ynidan mushki anbar hidi keb turadigan, quyoncha tishchalari chiqqan, shokoladni yaxshi ko'radigan jiyanchamni judayam sog'indim...

Bananho'rimni manam sog'indim, emak-emak qipti, rosa ko'rgim kevotuvdi emaklarini  :2

Bo'g'irsog'im, ota-onang bag'rida mehr-muhabbatlari bilan sog'-salomat dinga xizmat qiluvchi o'g'lon bo'lib katta bo'l ilohim! Bu holingni holalaring ko'rib ko'zi quvonsin...

Qayd etilgan


_IYMONA_  01 Dekabr 2010, 21:56:53

Lo'ppi yuzli, endigina yurishni boshlagan jiyanchamdan "dadang qayerda?" deb so'rasangiz, qo'lini yuqori ko'taradi, osmonga qarata. Ma'nosi: Allohning yonida degani ekan. Buni ko'rib hammamiz yig'lavordik...

Qayd etilgan


Ansora  02 Dekabr 2010, 18:54:14

Rahmatli buvimni uylarida meva saqlaydigan alohida xonalari bo'lardi. Qish kelib, behi hidi kelgani sari buvimni va meva to'la xonalarini qanchalar sog'inganimni his qildim...

Qayd etilgan


AbdurRohman  03 Dekabr 2010, 15:12:51

 :as:

Institutda o'qib yurgan paytlarimda har yozda qishlog'imga ming olam quvonch bilan borardim. Besh vaqt namozni qishlog'imizdagi "kumushkent" jome masjidida o'qirdim. Masjidga mandan boshqa yana 3ta hoji bobolar kelishardi. Boshida hali bobolar mani birovga kirgan dip o'ylashib kech qolsam ham e'tibor berishmasdi. Keyinchalik esa mansiz namozni boshlamidigan bo'lishdi. ba'zida biroz kech qolsam Azonni aytib mani kutib turishardi. Odatda man kelib azon aytardim. Namozdan ken mani rosa duo qilishardi. Masjidimiz imomi namozlarini uyda yoki uyiga yaqinro bo'lgan masjidda o'qirdila uchun faqat Jum'aga kelardila. Bir masjidda bomdodga azon aytib turganimda imomimiz kep qoldila. O'shanda ramazon oyining 3-kuni edi, har kecha tarovixda azonni bir yoshi kottaroq kishi aytardi. O'sha kuni tarovix namoziga biroz kechikdim, masjida yaqinlashganimda telefonim jiringlab qoldi, qarasam imomimiz ekanla. Tezro borishimni, mani kutvotkanlarini etish uchun tel qilgan ekanla. SHundan keyin yugurib darrov masjidga yetvolsam imomimiz eshik oldida kutib o'tirgan ekanla, mani ko'rib "Qani azonni etinchi" deb ichgariga kirib kettila. Ko'zlarimga yosh aylanib ovozim titrab azon aytdim. Shundan keyin Toshkentga kelgunimcha tarovix namozlarida ham o'zim azon aytdim. Har gal namoz o'qivotkanimizda mehribon Zot marhamati ko'nglimdan o'tib yana ko'zlarim yoshlanardi, axir u masjidda mandan boshqa yana necha kishi man bilan yelkama-yelka turib namoz o'qirdi, lekin hammasiga ham masjidda azon aytish nasib etmagandi.

O'sha damlarni sog'indim, hoji bobolarning duolarini, namozdan kengi suhbatlarimizni, masjidda azon aytganlarimni sog'indim!

Muazzin azon aytib bo'lguncha Alloh qo'lini muazzin boshiga qo'yib turarkan. Allohim yana qo'lingni boshimda his qilishni nasib et, Allohim yana O'z uyingda azon aytishni nasib et!

Qayd etilgan


Zamiraxon  03 Dekabr 2010, 22:04:04

Ta'tilni sog'indim... Issiqqina kiyinib kitoblar o'qib o'tirgan davrlarimni sog'indim.

Qayd etilgan


jasur.best  03 Dekabr 2010, 22:11:47

maktabdagi ustozlarimni va chet eldagi ustozimni ko'rgim keldi

Qayd etilgan


HMF  03 Dekabr 2010, 22:13:40

O'shal damlarni sog'indim:)

Qayd etilgan


Nurilla  04 Dekabr 2010, 03:22:46

Beg'ubor yoshligimni ... Yo'qotgan yaqin odamlarimni ... Yoshligimdagi beg'amlikni :) ... SOG'INDIM.

Qayd etilgan


Hanifaxon  04 Dekabr 2010, 08:27:33

Inson baxtli kunida ham,boshqa payt ham kimmidir yoki nimanidir sog`invurarkan.
Qachondan beri qor yog`ishini sog`inib yurgandim,ALLOHga shukur kecha qor yog`di.

Qayd etilgan