Sog'indim.....  ( 212567 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 50 B


azizbek_mx  21 Dekabr 2010, 21:02:31

Muallim (uzr, aka deyishniyam, npa deyishniyam bilmadim) bu postingiz menga bir muncha ibrat bo'ldi, iloyim baraka toping, Olloh rozi bo'lsin

Qayd etilgan


Ansora  22 Dekabr 2010, 14:41:27

:as:
safardagi o'g'limni rosa sog'indim....
3oy bo'ldi ko'rmaganimga... :'(
safarda yurgan uka-singillarimiz,tez-tez tel qilib Onajonilardan habar olib turinglar!
hech kim Onachalik sog'inmasa kerak...

Opajon, Alloh sabr bersin. Sizni juda yaxshi tushinib turibman...
Barcha onalarni Rabbim O'Zİ mukofotlasin...
Ayajonimni qanchalik sog'inganimni tilga olmaslikka harakat qilaman :'(

Qayd etilgan


Habib  22 Dekabr 2010, 16:17:56

Iqtibos
Уй кенг ва чорси бслиб, ҳамма девори токчалардан иборат сди. Токчаларга ҳар хил тусдаги катта-кичик қутичалар, ҳисобсиз коса, чойнак-пиёлалар териб қсйилган сди. Токчалар сртасидаги устунларнинг ғалтак стқазилган қозиқларида ҳар доим дазмолланган ва атир сепилган сочиқлар осиғлиқ турарди. Одам кам киргани учунми, ё ҳовлининг офтоб тушмайдиган жойида бслгани учунми, уй ёз бсйи салқин турарди.
Абдулла муздек беқасам ксрпача устига чсзилди. Юмшоқ пар ёстиқнинг райҳон ҳидини сслатувчи енгил, ёқимли ҳиди гуп стиб димоғига урилди. Қслларини ёйиб, ксзларини юмди. Ҳовлида сса мусича ҳамон кукулар, чарс-чарс ёнаётган ғсзапос овози унга қсшилиб ғалати, оромбахш оҳанг касб старди. Имтиҳон ташвишларидан қутулган, юраги минг хил орзулар, номаълум, аммо порлоқ келажак лаззатлари билан тслган Абдулла сзини ниҳостда бахтли ҳис қилар ва мудрар скан, юзларида табассум сйнар сди.
Yoshligim esimga tushib ketti..

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Dekabr 2010, 18:09:49

Qashqadaryoni sog'indim... O'tgan yili yanvardagi kanikulda borgan ekanman... Bir yil bo'libdi...

Forumda gullab yurgan vaqtlarimni sog'idim. Har kuni 4-5 soat vaqtim forumda o'tardi... O'sha paytlarni sog'indim...

Qayd etilgan


Ansora  28 Dekabr 2010, 15:37:44

Viktorina bo'layotgan paytlarni sog'indim:) insonni ichida bir hayajon bo'lardi ertalabdan. Bu sabab ancha-muncha kitob varaqlagan ekanman, endi bo'lsa...

Qayd etilgan


Nurdinboy  30 Dekabr 2010, 23:59:16

Bugun bu postni o'qib birinchi navbatda universitetimni, kursdoshlarimni garchi kelganimga bir hafta b-n bo'lsada sog'indim.

Qayd etilgan


Nurdinboy  31 Dekabr 2010, 00:02:29

Bugun qishlog'imiz ko'chalarida yurib, dala tomonlarga borganimda bir vaqtlar ukam, o'toqlarim bilan o'sha yerlarda mol boqib, o't o'rib yurganlarimiz yodimga tushdi. Yoshligimni juda sog'indim.

Qayd etilgan


Sevdo  31 Dekabr 2010, 16:52:01

Chet elda yawayotgan qiyomatli dugonamni,o'z farzandimdek kuradigan wakargina qizalog'ini judaaa sog'indim,bugun hatto tuwimga ham kribdi.

Qayd etilgan


Ansora  31 Dekabr 2010, 16:53:52

İnson yaqinlarini muttasil ravishda sog'inaversa kasal bo'lib qoladi, shuning uchun sog'inishga ham ko'nikkan yaxshi...sog'inish-shirin dardday...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  31 Dekabr 2010, 16:57:02

Ota-onamni, aka-ukalarimni, farzandlarimni va rafiqamni juda sog'indim. 28 dekabr kuni roppa-rosa 3 oy bo'ldi. Oilalik odamga uzoq safarga chiqish ikki karra qiyinchilik tug'dirar ekan.

Qayd etilgan