
men bugun sog'indim. juda ham sog'indim. ko'p narsalarni.
eng avval volidam, padari buzrugimni sog'indim. onam yopgan va darhol xovli etagidagi artezan suviga bo'kitilgan o'sha qaynoq nonning isini hamda Allohning mo'jizasiki, qishda iliq, yozda muzdek chiqadigan osha artezan suvini sog'indim. asosiy ko'chaga ulangan va uyimizga eltuvchi kichkinagina, tor va chang ko'chani sog'indim. uning bo'yidagi ariqcha ichi ohista oqib borayotgan "oq kema"ni sog'inibman. shu kema ortidan chamasi yigirma yillar ilgari yugurib yurgan bolalik davrimni sog'indim, ha o'sha menga armon, qaytib kelmas bolaligimni. shu ariq bo'yida qo'shnimizning uchta katta-katta tol daraxtlari bolardi. maxallamiz qizlari u gullaganda undan sochpopuk taqishardi. bugun esa u tollar davri o'tdi, qarib, o'smay qolgani sababli kesib yoborilgan. o'sha tollarni sog'indim. xuddi suv ichgisi kelganday ariq labiga og'ib, enkayib turishardi. menimcha qo'shnim ularni menchalik sog'inmagan bo'lsa kerak.
uyimizdan katta ariq otgan. Bahor kelishi bilan onajonga yalpiz terardik uning lablaridan. ular esa bizga yalpiz somsa yopardilar. yalpiz somsani sog'indim juda yomon.
balki kulgilidir, lekin men baribir sog'indim. otajon qo'llarida havoni yengil kesib o'zidan "fich-fich" ovoz chiqarib o'ynagan terak novdasini sog'indim. juda ko'p cho'milardim o'sha ariqda. otam poylab kelardilarda, gaplariga kirmaganim uchun jazo tariqasida avaylab savalardi. badanimga chiqqan o'sha xipchin izlari, qanisizlar-a? sog'indim.