Qishloq hayotini sog'indim.. Ariqlardagi suvlarning shildirab oqishlarini, suv sepilgan tosh ko'chalarni, mol-qo'y boqib kelayotgan bolakaylarning samimiy va sodda chehrasini, velosiped minvolib, bir-biri bilan gaplashib ketayotgan insonlarni, buvisinikiga tugunda ovqat olib ketayotgan nabirani, salom bersang astoyidil, "Va alaykum assalom, baraka top, bolam!!!" deydigan azizlarni diydorlarini sog'indim!