Sog'indim.....  ( 212655 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 50 B


Ummu Muslima  01 Iyul 2012, 09:24:32

 :asl3:
:asl3:

Tirikligida rozi qila olmaganim munisgina,

unaqa demang Mufazzala...
 Ota Ona,ayniqsa Onalar hamisha  farzandlaridan rozi bo'lishadi,suydirsa ham kuydirsa ham..
Onajonizga bemorliklarida rosa  qaragansiz,duolarini olgansiz,Ular rozi inshaALLOH,
Qabrlari nurga to'lsin..

kasbi bo'yicha malaka oshirishga uzoq safarda yurgan o'g'limni sog'indim...
bolajonim tel. qilib birinchi so'raydigan gapi "aya sog'ligiz yahshimi,yahshi bo'p qoldizmi rostini ayting..." :'(






Qayd etilgan


OyishaBonU  12 Iyul 2012, 09:02:20

Yo'lim boshlar ketguncha ketay
Bag'ringizga yetguncha yetay
Sog'inchlarim bisyordur netay
OnaJon aval bilmasdim..

Qayd etilgan


Hanifaxon  01 Sentyabr 2012, 20:53:42

20 kunlik jiyanim Muhammadni sog`indim!

Qayd etilgan


Davron89  03 Sentyabr 2012, 01:59:39

Kuz - sarg'aygan yaproqlar fasli,

Sog'inchlarni eslatgan yomg'ir.

U biz kabi bir telba asli,

Kuzning dardi bunchalar og'ir.

Qayd etilgan


Davron89  03 Sentyabr 2012, 02:05:02

Deraza yonida tun cho'kar unsiz,

Ezilib-ezilib yog'moqda yomg'ir.

Bugungi kunim ham o'tdiku sensiz,

Kutish va sog'inish qanchalar og'ir.
 

Qayd etilgan


Davron89  03 Sentyabr 2012, 02:06:04

Sog'inchdan ezilgan bemador qushcha,

Osmonning bag'rida charh urib uchar.

Eng yaqin dildoshini yo'qotgan kabi,

Tunlari to'lg'onib yostig'in quchar.

Qayd etilgan


xojarnur  04 Sentyabr 2012, 02:21:36

Robbimga birorta osiylik qilmagan damlarim,islomning sof siyratida bo'lgan,qalbim oppoq bo'lgan gunohsiz Bolaligimni sog'indim.

Gunohlarim yodimga tushganida , bolaligida vafot etib ketgan/ga havasim keladi.

Qayd etilgan


albatros  12 Oktyabr 2012, 13:28:46

Соғиндим

Баҳорим очилмай наҳот бслса куз,
Ааҳот гсзалликни ксрмас снди ксз
Қалбим туб-тубини куйдирар бир ссз:
«Соғиндим»"¦


Гсё қувончларга берилган барҳам,
Ифорин таратмас снди гуллар ҳам
Дудоқлар шивирлар, ксзлар бслиб нам:
«Соғиндим»"¦


Кскдаги офтоб ҳам снди бермас нур,
Сайрга чорламас қушлар ҳам деб юр
Куйлайди спроқлар фақат бир шивир:
«Соғиндим»"¦


Хаста дил йиглайди, оқшомлар беун,
Йил бслиб чсзилгай бедор қаро тун
Соатлар чиққиллар бир ссз деб узун:
«Соғиндим»"¦


Қувончлар чекинди, бахт кетди йироқ,
Дийдордан бошқа йсқ, таскин схшироқ
Сснмаган  умидлар тинмай дер бироқ:
«Соғиндим»"¦


Дунёда шодлигим, бахтим сзинг бил,
Интизор кутмоқда бир ошуфта дил,
Истасанг гул бслай, пойингга тез кел
«Соғиндим»"¦

(c) 2012 - йил.

Qayd etilgan


Mufazzala  17 Oktyabr 2012, 12:55:44

 :asl3:

Qishning sovuq va ayozli nahorlarida Onajonimning
"Birinchi bo'lib turganning tahoratiga issiq suv boor",
deb uyg'otishlarini sog'indim.

Maktabdan sovqotib kelganimizda esa, sandalga
yangi cho'g' tashlab "Ana endi mazza qilib dars qilasizlar",
deyishlarini sog'indim...judayam...

Qayd etilgan


kamoliddinov  20 Noyabr 2012, 07:23:25

Ota onamni sogindim,
Uyiomizni sog'indim, kechki ovqatni ota onam oldida yeyishni juda sog'indim.

Qayd etilgan