Bilasizmi... Hozir Bir Muhabbat tarixi haqida so`zlab bermoqchiman... Unda Muhabbatim emas, Undan ham yaqinroq insonlarim Ota-onam bevafolik qilishgan. Balki bunday deyishga haqqim yo`qdir, axir, qaysi ota-ona o`z farzandiga yomonlikni ravo ko`radi? lekin juda alam qilgani, hech bir sababsiz muhabbatimdan ayrilishim bo`lyapti. dardimni kimgfa aytishniyam bilmiman. o`qiysizmi-yo`qmi... xullas ichimdan chiqsa bo`ldi, biroz yengil tortsam deyman...
Xullas, uni tanishtiradigan bo`sam, uzoqroq qarindoshligimiz bor: Onamning oilasi katta - oltita opa singil, bitta o`g`il bo`gan. Eng katta xolamni o`g`illari olamdan o`tgan 7-8 yil oldin. u kishini qizlari bo`lardi men tengi. Ismi M. birga bir sinfga joylashgan bizi. birinchi sinfda birga o`qidik, ikinchini yarmiga yetganda biz uzoqroq joyga, shahar chetidagi xushhavo joyga ko`chib o`tdik. maktab uzoqlik qilgani uchun meni yaqinroqdagi boshqa maktabga joylashdi.
Xullas shu tariqa 6 yil qarindoshimni ko`rmadim...
bir kuni bir qarindoshimizga to`y bo`ldi. uni shu kuni ko`rdim.... ko`rdimu... yuragim shu qadar dukillab kettiki, o`zimham tushunolmay qoldim. yoniga borib salomlashdim... shu tariqa qadrdon do`stimni topdim. shu kuni kechgacha undan ajralmay, birga yurdik, ko`chalarda o`tgan ketgan bizga qarardi. kunlar o`tdi.. uni uyimizga ko`p chaqirtiradigan bo`ldim, chinki oilamizda qiz tug`ilmagan, uy ishlariga onamga qarashib turish uchun jiyanlarini chaqirtirardila. uydayam bo`shadik deguncha hech gapimiz tugaasdi... ya'ni uni yonidan ketgim kemasdi. bolaligimizda u juda erka edi, haliyam ketmagan deb o`ylab, doim erkaga qilganday munosabatda bo`lardim. bir yil o`tib yana qarindoshimizga to`y bo`ldi. bu kuniyam bir-birimizdan ajragimiz kemasdi... keyin... bir kuni onam koyib qoldila, nimaga u bilan yuraverasan? bo`ldi ortiq gaplashma!...
shu-shu, uyga ham kamdan kam keladigan bo`ldi. hatto oylab, yillab ko`rishmasdik. u esimdan, chiqa borardi, lekin biror sabab bilan esimga tushib qosa, ichimdan bir nima uzilgandek bo`laverardi. vaqt ham, o`tib boraverdi, qarindoshlarimiz ham erga tegaverdi, navbat kelaverdi... buni sezganim sari yuragim ortga tortardi.
biroz vaqt o`tib, katta akamni uylantirdik. to`y kuni arafasida, bir kun oldin uni kelishini kutdim... qani kelaqolsa... odamlar, qarindoshlar kelardi, u ko`rinmasdi...
keldi... va nihoyat yuragimga o`t yoqib keldi... ortiq sabrim chidamasdi, uni yoniga borib ko`rishdim. uzoq gaplasholmasdik ham, ikimiz ham bo`yimiz yetib bo`lgan, atrofimizda hama qarindoshlarimiz. xullas, qo`limda telefonim ikita edi, bitasini berib qo`ydim. odat bo`yicha to`ydan oldin o`qitilgan kuyov yolg`iz yotmas ekan, akam bilan yangi hovlimizda birga yotadigan bo`ldim. u eski hovlida (yaqingina edi), qizla bilan qoladigan bo`ldi. akamni chaqirishdi deguncha tel qilardim, uyam panaga o`tvolib men bilan gaplashardi. tunniyam bedor o`tkazdim....
uni hecham aldamasdim, aldolmasdim. joduli ko`zlariga boqib o`zimni yo`qotib qo`yardim. to`y kuni ham undan ko`zimni uzmadim. bira suratga tushdik... oldin ham ko`p suratga tushardik, lekin bu safar... ortiq sabrim chidamasdi, hislarimni oshkor etmasam o`lib qoladigndek edim, agar aytsam men bilan umrbod qoladi deb o`ylardim, o`shanda ilk bor uni yelkasidan quchib suratga tushdim. bilardim, uniyam menda ko`ngli bor deb umid qilardim, bunga ishonardim. shuning uchun dadil edim...
to`y o`tdi. shu kuni kechqurun, u ketaman deb qoldi. ketishini istamasdim, lekin qarshilik ham qilolmasdim. axir ixtiyor o`zdia. norozi ohangda rozilik bergan bo`ldim, xafaligimni bildiyu, zarda qima, deb qoldi. men esa, kimdir buyurgandi, yerto`laga tushib ketdim. endi qaytmoqchi bo`lib burilgandim, u turardi... men qoldim... xursand bo`lib yonimga keldida, xuddi o`ziga sig`masdi u ham, yuzimni chimchilab qo`ydi-yu, ortimga o`tib oldi. qo`limda nimadir bor edi, o`girildimu, yoniga borib "bir o`pay" deb cho`zilganimni, bilaman, birdaniga olovday qizarib kettiki, ko`zlarimni yumob oldim. birozdan keyin ochsam, uyam ko`zlarini yumib olgan, huddi bir nimadan qo`rqqanday punjib olgandi, sekin tisarilganimdan keyin, jinni bo`p qopsan, degandi, bunga ancha bo`gan, endi bildingmi deya chiqib kettim. yuragim qinidan chiqib ketay derdi. shu qadar hayajonda edimki... tunim ham shu zaylda bedor o`tdi. ertasi kuni kelin salom, hama qarindosh ayollar yig`ilishadi. allbatta yangi hovlida bo`ladi. eski hovlida ikimiz edik. yana ketamanga tushib qoldi. qo`limda raqamli fotoapparat turgandi, ke rasmga olaman dedim. rasmga tushdi. qo`limda apparat, rasmlarni tomosha qilardi, men esa uni tomosha qilardim. yaqin bo`lganimiz bois, yuzidan o`pib oldim... sapshib tushdi, yana ketamanlab qoldi. ketaver, oladiganimni oldim desam kulib qo`ydi... bu kulish... uyam menga befarq emasdi. buni bilardim, ishonardim. Muhabbatim yonimda, meni unda ko`nglim bor, uni menda ko`ngli bor... baxtiyor edim. ichimga sig`masdim. bor ovozim bilan olamga jar solgim kelardi. Hayot men uchun butunlay boshqacha ko`rina boshlagandi, go`yoki hamma narsa faqat mening muhabbatim uchun yaralgandek, borliq faqat bizni kuylayotgandek edi, atrofimdagi har bir narsa ko`zimga go`zal ko`rina boshladi, men hayotni anglay boshladim — hayot go`zal! Mana shu hayot seniki, endi bir umr baxtli hayot qurasan, shirin shirin farzandlarning otasi bo`lasan, oilangni boqasan, sendan baxtli inson yo`q"¦ o`ylanardim, nahotki shu qadar qiyin kechadi deb o`ylagan narsam shu qadar tez amalga oshdi? Men ham omadli odamman deya his qilardim o`zimni. orzularimning, hayollarimning cheki yo`q edi, sarmast edim, parishon bo`lib qoldim. yursam ham tursam ham, faqat uni o`ylardim. usiz hayot yo`qday tuyulardi. unga erishgan edim go`yoki. axir u meni sevsa, men uni sevsam, yana nima kerak, chiroyli oila bo`lardi, baxtiyor juftlik bo`lardik... shu tariqa bir yil ham o`tdi. shu bir yil davomida biz shu qadar bir-birimizga bo`glandikki, hecham yiroqlashgimiz kelmas edi. Hattoki menga nimadir bo`lsa, biron joyim lat yesa, allbatta unga ham ta’sir qilardi. Biz allaqachon bir butun insonga aylanib ulgurgan edik. Biron joyim besabab og`rinsa, bilardimki, allbatta unga nimadir bo`lgan, haqiqatan ham shunday bo`lib chiqardi. Bunga aql bovar qilmaydi. Meni kompyuterim bo`lgani bois unga doim ikimiz tushgan rasmlardan ustiga qo`shiqlar qo`yib, disk yozib berardim. Har gal ko`rishganimizda, tug`ilgan kunlarida allbatt bitta yoki ikitadan disk berardim. Axri kechasi bilan uxlamay qilgan ‘ijodimni’ tezroq ko`rsatgim kelardi"¦ biz baxtiyor edik, shu qadar ishonib qolgan edikki, go`yoki endi bir umr ajralmaydigandek edik. lekin...
lekin har doim ham siz o`ylagan narsa bo`lavermas ekan... oradan bir yil o`tgach kishik akamga ham to`y arafasiga tushdik. bu yil men ham 18 ga kirdim. sinfdosh qizlani ham bo`yi yetgandi. ularga ham birin ketin to`y bo`la boshladi. odatdagiday kunlarimning birida... shumxabar chalindi qulog`imga... sevgilimga to`y bo`layotgan emish... ichimdan bir nima uzildi go`yo. g`amga botib qoldim. unga uylanmoqchiligim haqida onamga avval ham bir-ikki aytgandim, uni unutishimni 'maslahat' bergandilar. dadam ham koyib berdila. dadamdan nimagadir doim qo`rqib turamiz. yo`q, badjahl emasdilaru, negadir nigohlarida qandaydir kuch har qanday odamni ham dovdiratib qo`yardi. u kishi kattakon tadbirkor, shaharda dong`i chiqqan kattakon odam edi. dadamga yorilib biror narsa deyolmasdim, doim avval onam bilan gaplashardim. dadamning koyishi haqida ham o`ylamay, yana onamga yorildim. onam ham qarshi... uni bahona qildi, buni bahona qildi, oxiri bo`lmagach, ko`z yosh qilib qutuldi. axir otam ham oilamiz davrasida bir gap aytgandi, o`zimdan har qancha pastroqdan kelin qilaman, qudamning mansabiga qarab o`tirmayman, muhimi, iboli, hayoli, vafoli kelin bo`lsa bo`lgani... bu gaplarini ham eslatdim baribir bo`lmadi... Alamga to`lgandim, ichimga sig`masdim, bor ovozim bilan olamga jar solgim kelardi. Hayot men uchun butunlay boshqacha ko`rina boshladi, go`yoki hamma narsa yolg`on uchun yaralgandek, borliq faqat g`am-alamdan iborat edi, atrofimdagi har bir narsa ko`zimga yomon ko`rina boshladi, men hayotni anglay boshladim — hayot yolg`ondan iborat! Mana shu hayot seniki, endi bir umr armon bilan o`tasan, sen bilan hech kimning ishi yo`q, hech kimga kerak emassan, sendan baxtsizroq inson yo`q"¦ o`ylanardim, nahotki shu qadar oson kechadi deb o`ylagan narsam shu qadar chigal bo`lsa? Men o`zmini butunlay omadsiz deya his qilardim. Orzularim barbod bo`ldimi? hayollarimning cheki yo`q edi, sarmast edim, parishon bo`lib qoldim. yursam ham tursam ham, hech nimani anglayolmasdim, ishonolmasdim. usiz hayot yo`qday tuyulardi. Undan ayrilib bo`ldim, nega, nima uchun. axir u meni sevsa, men uni sevsam, yana nima kerak, chiroyli oila bo`lardi, baxtiyor juftlik bo`lardik... unga qo`ng`iroq qildim... yo`q, ishongim kelmasdi, yoki boshqa birov oldimi? yo`q o`zginasi, lekin avvalgi ovozidan asar ham qolmagan... nahotki bir necha kun ichida shu ahvolga tushgan bo`lsa? ovozidan tanish qiyin edi, xuddi og`ir dardga chalingan kimsalardek edi ovozi. meni suyib, meni erkalagan shirin ovozlar qayoqqa g`oyib bo`ldi? chidayolmadim, ko`zlarimga yosh quyilib keldi. o`zimni tutdim. gapirolmasdim. hol so`rashdan nariga o`tolmasdim. to`y haqida hatto og`iz ham ocholmasdim... nega, o`zim bilmayman... axiyri kalovlanib bo`lsayam, shu kap rostmi deya oldim... be'manogina ha dedi... alamim bo`g`zimni bo`g`ib olgandi. gapirolmasdim. dodlab yuborgim kelardi... o`zimni bosdim. nima sababdan? nima uchun? nega birdaniga? savollarga ko`mib tashladim... aytib berdi, hammasini aytib berdi... bilishimcha, bir necha hafta oldinroq onam bilan akam xolamni uylariga tashlagani borishgan ekan. uylarini buzib, qaytadan qurishayotgan edi. gap aylanib, akamga qiz axtarishdan ochilibdiyu, onam ham 'boy oiladan bo`lsa, oilasiyam toparmon-tutarmon bo`lsa, menam orzu-havasimni qisam' deb qolibdilar. o`zingiz o`ylang, bu gap kimga yoqardi... xullas xolamning kelinlari (M.ning onasi) qattiq ranjib qoptila. shuladan umid qilib o`tiuribsanmi? bula sani nazarigayam omiydiku, qogan umringniyam shundan umid qilib o`tkazmoqchimisan, deya koyishibdi onam ketgach. axir uham 18ga kirgan, eng gullagan payti, iboli, hayoli, farosatli, bunaqa kelin kimga kerak emas? har kuni ovchilar eshik qoqishadi... shunaqa ovchiladan biriga rozilik berib yuborishgan emish... gaplarini eshityapman, unsiz yig`layapman... ko`zlarimdan marjon yoshlar daryo bo`lib quyilardi... nahot endi o`zga chora yo`q? endi men nima qilaman, desam, men nima qilishim kerak deya savolimni o`zimga qaytardi... nima qilmoqchisan desam, o`zimni o`ldiraman deydi!... ko`z oldim qorong`ulashib ketdi... axir Olloh bergan omonat jonga xiyonat eng og`ir gunohligini unga bot-bot tayinlardim... nahot gaplarimni bir tiyinga olmagan bo`lsa... yana shularni uqtirdim...
bu gaplar otamga ham yetib borgan ekan, yoniga chaqirib olib yana ma'ruzasini boshladi: iymoning bormi seni? kimdir birovning qiziga ilingan ekan, axir singlim edi, jigarim deb oppoq qilib ko`rsatish o`rniga talashib o`tiribsanmi? senga oldin ham tayinlagan edimku bunaqa hayollarni chiqarib tashla miyangdan deb! yo meni gapim senga bir tiyinmi? meni gapimni olmas ekansan, meni ota demay ham qo`yaverar ekansanda,a? yig`ishtir, telbanamo yurish o`g`il bolaga yarashmaydi! sevgi, muhabbat bu kitobiy narsalar, ularga falsafiy qarab bo`maydi. hayotni o`rganish kerak, o`qish keark! sen faqat o`qishingni o`ylashing kerak!.. shu... haqiqatan ham, men kimman o`zi? bir qiz uchun ko`z yosh qilib o`tiribmana... bir qiz uchun otamni ranjitdim, onamning ko`zlarini yoshlatdim... axir ular meni qanchalar sevib, mehr berib ulg`aytirishgan edi... ularga javobim shumi endi? menga nima bo`ldi? g`ururim qayoqqa yo`qoldi? aytgancha, menda g`urur bormi o`zi? nima ishlar qil;ib yuribman....
arosatda qoldim... yengildim. taslim bo`lishdan o`zga choram yo`q. bilaman, umid yo`q, lekin umidvor qalbim... nimagadir ishonardim, nimadandir umid qilardim... axir shu kungacha mo`jiza bo`lib kelgandi, bundan keyin ham biror mo`jiza yuz berar... hayot endi ma'nosiz bo`lib qoldi. hech narsa haqida o`ylay olmayman, o`ylashni ham istamayman, bunga jur'atim ham yetmaydi... "Ayro ketting qalbim to`ridan, yig`lolmadim g`urur zo`ridan..." qani menda g`urur, qani menda jur'at? ERKAK bo`la turib bir ishni oxiriga yetkazolmadima... endi kutishdan boshqa choram yo`q... unga o`tmishni unutishni qancha uqtirmayin, istamayapti, axir bu gunohku! u meni deb gunohga botishini istamayman. bunga vijdonim yo`l bermaydi... hayriyate, vijdonim hali uyg`oq ekan... demak men hali INSON man. vijdonli insonman... bilmadim, shuncha o`tmishni o`zim unuta olarmikinman? axir usiz hayotimni tasavvur qila olmaymanku? kutishdan o`zga choram yo`q... hali to`y bo`lganiyam yo`q... kim biladi, balki yana biron mo`jiza yuz berar, aziz dilkash? nima dedingiz......