Sog'indim.....  ( 212428 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 50 B


BelleQizcha  09 Oktyabr 2010, 09:57:30

(Sizni hech qachon so'ginmiman! bu aniq!)




Lekin rostanam, oramizda yoq dostimni sog'indim,
Kulishlarini, meni ahmoq diyishini, jim bo'l diyishini, hammani yonida mani uyaltirib bosayam o'ynashini, yutishini, kulishini hammasini sog'indim.......


Qayd etilgan


Hadija  09 Oktyabr 2010, 10:14:01

Kichkintoy, shrintoy, bo'g'irsog'im, mehribonim, har safar ko'rganda avva qiladigan avvachim, xolasining erkasi, jonu-jahoni asal jiyanimni juda juda (+...) qattiq sog'indim :)

Ustozimni, ularning maslahatlarini va forumdosh dugonalarimni ham sog'indim. Robiyaxanum, safarizni tezlating, bahonangizda diydorlashib sog'inchga chek qo'yamiz  ::)

Qayd etilgan


Aqoid  09 Oktyabr 2010, 10:25:03

 :as: Talabalik davrimda juda qattiq kasal bo'lganman. Shu davrda menga beminnat yordam bergan gruppadoshlarimni juda-juda sog'indim.Buhoroliklar sizlarni juda sog'indim.

Qayd etilgan


Ansora  09 Oktyabr 2010, 13:18:00

Tokdan uzum uzib, dasrurxonga qo'yiiiib, tandirdan endigina uzilgan nonni separatordan chiqqan qaymoqqa botiriiiib nonushta qilishni sog'indim judayam...ah

Qayd etilgan


Gabriela  10 Oktyabr 2010, 07:15:36

juda ham ajoyib mavzu ekan. hozir o'quvchiman. bog'chadagi davrimni sevib xotirlayman...

Qayd etilgan


Shukrona  11 Oktyabr 2010, 09:01:25

Tokdan uzum uzib, dasrurxonga qo'yiiiib, tandirdan endigina uzilgan nonni separatordan chiqqan qaymoqqa botiriiiib nonushta qilishni sog'indim judayam...ah
Assalomu alaykum.Kapalak opa vodiyga borsayiz sog'inchizga barxam qo'yamiz Inshaalloh. :13

Qayd etilgan


Shukrona  11 Oktyabr 2010, 09:04:40

Sog'indi Yoshligimdagi Sho'hliklarni,Sog'indim Sog'ligimi,Sog'indim dadajonimi..
Assalomu alaykum.Sog'likka bo'lgan sog'inchizga yetishishni Allohdan so'rab qolamiz.

Qayd etilgan


siddiqa  11 Oktyabr 2010, 11:58:48


Buvijonim rahmatlini katta katta bo'g'irsoq nonlarini sog'indim ,


Qayd etilgan


Dilafruza  11 Oktyabr 2010, 16:21:52

Ota-onam yosh bo'lgan, o'zim 1-sinfga borib yurgan paytlarni sog'indim.
Qani edi vaqtni orqaga qaytarib bo'lsa.

Qayd etilgan


Ansora  11 Oktyabr 2010, 16:56:40

Oilada 4 qizmiz, eng kichkina singlim pista (semichka) qovurardi, mazza qilib semichka chaqib, "Indiyskiy" kino ko'rgan kunlarimizni sog'indim:(

Xozir hammamiz marjon donalariday hamma yoqqa sochilib ketdik:(

Qayd etilgan