Sog'indim.....  ( 185113 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 50 B


Dilafruza  05 Yanvar 2011, 19:17:31

Assalomu alaykum vr vb!
Oylar sultoni Ramazon oyini sog'indim.
Oilaviy iftor vaqtida dasturxon atrofida o'tirgan paytlarimizni, u paytda yegan taom-u ichimliklarimiz ham  boshqacha, mazzali edi.... :-[

Qayd etilgan


Solihatun  05 Yanvar 2011, 19:54:45

Onajonimni sog`ingandim, web.cam.lashdik:)

Qayd etilgan


BelleQizcha  05 Yanvar 2011, 21:43:43

manam sog'indim...telponimi

Qayd etilgan


Saliha  05 Yanvar 2011, 21:48:24

enggg yomon ko'rganimm soginish...lekin soginaveraman...

Qayd etilgan


azizbek_mx  06 Yanvar 2011, 11:53:25

Yalla guruhining Eng gullagan yoshlik chog'imda, qo'shig'ini judayam eshitgim kelyapti. Bolaligimni rosa sog'indim...
Umr kitobimning o'n to'qqizinchi bobiga qarab ketyapman. Kun kelib, bu kunlarni ham sog'inishimni sezsamda, lekin hozir bolaligimni juda juda sog'indim...

Qayd etilgan


Abdu1981  10 Yanvar 2011, 20:50:30

 :bsm:
 :as:

men bugun sog'indim. juda ham sog'indim. ko'p narsalarni.
eng avval volidam, padari buzrugimni sog'indim. onam yopgan va darhol xovli etagidagi artezan suviga bo'kitilgan o'sha qaynoq nonning isini hamda Allohning mo'jizasiki, qishda iliq, yozda muzdek chiqadigan osha artezan suvini sog'indim. asosiy ko'chaga ulangan va uyimizga eltuvchi kichkinagina, tor va chang ko'chani sog'indim. uning bo'yidagi ariqcha ichi ohista oqib borayotgan "oq kema"ni sog'inibman. shu kema ortidan chamasi yigirma yillar ilgari yugurib yurgan bolalik davrimni sog'indim, ha o'sha menga armon, qaytib kelmas bolaligimni. shu ariq bo'yida qo'shnimizning uchta katta-katta tol daraxtlari bolardi. maxallamiz qizlari u gullaganda undan sochpopuk taqishardi. bugun esa u tollar davri o'tdi, qarib, o'smay qolgani sababli kesib yoborilgan. o'sha tollarni sog'indim. xuddi suv ichgisi kelganday ariq labiga og'ib, enkayib turishardi. menimcha qo'shnim ularni menchalik sog'inmagan bo'lsa kerak.
uyimizdan katta ariq otgan. Bahor kelishi bilan onajonga yalpiz terardik uning lablaridan. ular esa bizga yalpiz somsa yopardilar. yalpiz somsani sog'indim juda yomon.
balki kulgilidir, lekin men baribir sog'indim. otajon qo'llarida havoni yengil kesib o'zidan "fich-fich" ovoz chiqarib o'ynagan terak novdasini sog'indim. juda ko'p cho'milardim o'sha ariqda. otam poylab kelardilarda, gaplariga kirmaganim uchun jazo tariqasida avaylab savalardi. badanimga chiqqan o'sha xipchin izlari, qanisizlar-a? sog'indim.

Qayd etilgan


JaviK  13 Yanvar 2011, 10:59:43

:bsm:
 :as:

 onam yopgan va darhol xovli etagidagi artezan suviga bo'kitilgan o'sha qaynoq nonning isini hamda Allohning mo'jizasiki, qishda iliq, yozda muzdek chiqadigan osha artezan suvini sog'indim.

Onam non yopganda biz orqasi tandirga yopishib qolsin deb o`tirar edik, nonni ko`chib tushgan yerini shakar choy bilan yer edik.. Qishloqda buvamnikida esa buloqqa oqqizib yer edik... Umr oqar suv kabi ekan huddi shun kunlar kechaginda bo`lgandek. Inson har kunidan saboq olishi kerak ekan...

O‘tar qancha yillar to‘zoni,

Yulduzlar — ko‘zyoshi samoni.

O‘tar inson yaxshi-yomoni,

Mehr qolur, muhabbat qolur.

Qorachug‘da porlagan o‘sha,

Iqboliga chorlagan o‘sha.

Dunyoni tor aylagan o‘sha —

Mehr qolur, muhabbat qolur.

Anor sening yuzlaring, suluv,

Xumor sening ko‘zlaring, suluv,

Yodda qolmas so‘zlaring, suluv,

Mehr qolur, muhabbat qolur.

Oqib ketdi suvlarda Tohir,

Zuhro yig‘lab qoldi qon bag‘ir.

Kelganda ham qiyomat oxir,

Mehr qolur, muhabbat qolur.

Nima deysan, ey, g‘ayur inson?

G‘iybatlaring qildi meni qon.

Sen ham bir kun o‘tursan, inon,

Mehr qolur, muhabbat qolur.

Qayd etilgan


Nurdinboy  13 Yanvar 2011, 15:01:32

Litseydagi beg'ubor davrlarimni, o'rtoqlarimni juda sog'indim. Zo'r damlar edi...

Qayd etilgan


jasur.best  14 Yanvar 2011, 17:34:21

hanuz sen bilan o'tgan o'shal damlar, o'shal damlar... Kimnidir, nimanidir, qaysidir voqeani eslash naqadar yoqimli, naqadar azob... :)

Qayd etilgan


Ansora  17 Yanvar 2011, 18:52:51

Bu mavzu muallifi yoqutxonni va postlarini ayniqsa ovqatlarini sog'indim : )

Qayd etilgan