Sog'indim.....  ( 212571 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 ... 50 B


Usmon  07 Avgust 2011, 15:02:00

Toshkentda g'izillab qatnaydigan trolleybuslarni
Chorsudagi Tabiat muzeyi va eski bosmaxona o'rtasidagi jonajon ostanovkani
Eski hovlimiz, eski shahar jin ko'chalari, hovlidagi o'rik daraxtini, shataloq otib ko'cha changitib yurishlarni
Buvimlarni.... ularning har bitta so'zlarini
Tog'amni...
Fizika fakulteti ichidagi gimnaziyani, Moliya instituti ichidagi litseyni...
O'sha vaqtlardagi o'zimni

Qayd etilgan


Nurdinboy  08 Avgust 2011, 00:27:30

Forumdoshlar bilan agentdagi online suhbatlarni qattiq sog'indim. Nasib qilsa ASUSjonga modem sovg'a qilsam yana online diydorlawuv nasib etar

Qayd etilgan


Shuhrat_  08 Avgust 2011, 01:01:22

 :asl3:
Uxlashni sogindim qani edi uyqi kelsa. :7 :7

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  08 Avgust 2011, 04:17:55

Sog'inganlani sog'indim.

Qayd etilgan


azizbek_mx  08 Avgust 2011, 09:29:46

Sog'inishdanam charchadim... ):

Qayd etilgan


braupov  08 Avgust 2011, 10:12:24

Sog'inishni sog'indim.

Sog'inganlani sog'indim.

Sog'inishdanam charchadim... ):

Barchamizzi dardimiz birmi deyman.  :7 :7
Barchamizga Allohdan sabru jamil so'rab qolaman!

Qayd etilgan


Mirоlim  08 Avgust 2011, 12:53:14

Allohning rahmati bo'lmish yomg'irni sog'indim.


Qayd etilgan


Ansora  08 Avgust 2011, 12:56:42

Keyingi paytda sog'inmasdan yashashga harakat qilyabman, bo'lmasa uni sog'in, buni sog'in qiyin bo'lib ketarkan ;D

Qayd etilgan


Secret  08 Avgust 2011, 16:36:36



Sog'inchim tinmayin qilar nadomat,
Begona bo'libdi dunyoga kulfat,
Zamonlar qo'shilib ko'tarsa xam qad
Men seni sog'indim asri saodat

Seni tanigandim kitob varaqlab
Go'zal muxitingni qalbimga saqlab
Endi xar laxzada ko'zimni yoshlab
Men seni sog'indim asri saodat

Sening yo'llaringda asxoblar yurdi
Saodat uchun jon fidolar qildi
O'sha ko'chalarga borolmay endi
Men seni sog'indim asri saodat

Qiziqib o'qidim dunyo tarihin
Go'zal zamonlarga aytdim olqishim
Lekin topolmayin senga o'xshashin
Men seni sog'indim asri saodat

Sening bir kuningga arzimas xecham
Bugungacha o'tgan millionlab kun xam
Unutganda garchi seni bu olam
Men seni sog'indim asri saodat

Kichik bolaga xam o'tmagach so'zim
Qaro qumday bo'lar qontalash yuzim
Behayo dunyodan o'girib ko'zim
Men seni sog'indim asri saodat

Sening odamlaring xaqni bilardi
Payg'ambar izini ko'zga surardi
Qaytib kelmasa xam u zamon endi
Men seni sog'indim asri saodat

Roxatlanar senga ketsa xayollar
Endi qaytib kelmas mayin shamollar
Raxbarlikni da'vo qilgach ayollar
Men seni sog'indim asri saodat

Qiyomatni eslab ko'zyosh to'karding
Tunlar oxiratga tayyorlanrding
Qo'rqmasdan xammani xaqqa chorlarding
Men seni sog'indim asri saodat

Xozirchi - tanaga begona titroq
Azon aytilsa xam tinch qo'ymas mudroq
O'xshamaydi xatto momaqaldiroq
Men seni sog'indim asri saodat

Nomaxram kimsalar quvonganida
Namozshom maxali ko'cha kezganda
Ular bir-birini sog'inganida
Men seni sog'indim asri saodat

Sendan uyalardi zaminu samo
Bugunchi - xatto chang qolmadi aslo
Kitobga qaralib qilingach duo
Men seni sog'indim asri saodat

Sog'inchim bosolmas xar qancha malxam
Zamonlar a'losi bo'lgan zamonam
Bashariyat seni unutganda xam
Men seni sog'indim asri saodat

Ayni laxzalarda burchimni eslab
Qo'llarimni ochib osmonga qarab
Alloxdan xaqqingga raxmatlar so'rab
Men seni sog'indim asri saodat

Seni bir qissa deb atasalar xam
Buyuk insonlaring bilmasalar xam
Xanuz eseserni maqtasalar xam
Men seni sog'indim asri saodat!


Qayd etilgan


NANO  08 Avgust 2011, 17:51:07

sog'inishga joy qomadi hammasi band!

Qayd etilgan