SOG'INCH
Ishxonamizda yoshi elliklarni qoralab qolgan bir koreys ayol ishlaydi. Bir odati bor: har kuni ishga kelganda konfet, shokolad, kofe, har xil mevalardan olib keladi va hamkasblarga ulashadi. Bir-ikki marta olasiz, har kuni olish noqulay. U bo'lsa qo'yarda-qo'ymay cho'ntagingizga tiqib ketadi...
Onam ham shundaylar. Biz farzandlar - ishlab-xorib uyga kirib kelganimizda shirin-shirin ovqatlarni tayyor qilib turar, ovqat tugar-tugamas "Desertga yeb olinglar",deb konfet va pechenielarni tutar edilar. Ba'zi voqeliklar uyimni, ota-onamni, qadrdonlarimni, farzandlarimni yodimga tushiraveradi. Shunday paytlari bir chekkaga o'tib to'lib-to'lib yig'lab, bo'shanib olaman. Bir kun bag'ringizga qaytaman,Onajon!