
Onamni sog'indim...
Tirikligida rozi qila olmaganim munisgina, mushtipargina Onajonimni sog'indim.
Farzandlarini ulardan hech narsa kutmasdan sevgan, ularga jonini bergan fidokorim,
mehribonimni sog'indim...
Yetmish yulduz yog'ilib, yarim oycha to'lolmas,
Yetti yanga yig'ilib bitta Ona bo'lolmas.
Ona tirik eshikka g'urbat yaqin yo'lolmas,
Mening esa bag'rim qon, vayronaman Onajon.