buvimning ko'zlar ko'rmas edi. Albatta tashqariga kamdan kam chiqardi uy ichida biror joyga boradigan bolsa yugurib borib qo'llaridan ushlab olar edim. buvimni kulganini juda kam ko'rar edik, lekin Tez-tez yurishga majbur qilib deyarli yugurtirib olib borar edim va shunda tez yetaklasam buvim shunaqangi chiroqli zavq bilan bolalarcha beg'ubor kular ediki bundan zavqlanardim.
har doim har nafasda ey xudo o'ingga shukur der edi men yosh bola bo'lganim uchun tushunmay nega shukur qilaverasiz axir xudi sizni ko'zlarizi ko'r qilganu desam
-ko'r bo'lganim bn ko'zimning nuri farzandlarim nevaralarim bor, oyoq qo'lim but tanim salomatku bir joyda o'tirib qolganim ham yo'q derdi
Men bola bo'lganim uchun buni farqiga bormasdim 13yoshimda buvim vafot etdi umrining oxirdi 10 yilida ko'zlari umuman ko'rmay qolgan edi Allohdan buvimning ko'z nurini narigi dunyoda qaytarib berib Alloh jamolini ko'rishiga musharraf qilishini so'rayman