KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!  ( 54776 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


yoqutxon  07 Dekabr 2010, 21:30:14

 :as:
Zo'rku menni dadam bilan bitta shaxarda ekansizlarda unda.Balki ko'rishib ham qolarsizlar :)


Qayd etilgan


Shoxjahon12  31 Dekabr 2010, 17:05:33

Kuni kecha Koreyaning MBC telekanalida bir ko'rsatuv bo'ldi. Ko'rsatuv qaxramoni 85 yoshga to'lgan bir kampir. Ismi - Kuksinyo ekan. O'zbek tiliga ma'nosi:Kuksi qiz. Reportyor kampirdan so'rayapti:
-Nega ismingiz Kuksinyo (Kuksi qiz)?
Kampir aytapti:
-Men tug'ilgan paytda yurtimizda juda qiyinchilik va ocharchiliklar bo'lgan davr ekan. O'lim ko'p bo'lgan. Mendan avval tug'ilgan akam va opam olamdan erta o'tgan ekan. Shuning uchun ota-onam mening umrim kuksidek uzun bo'lsin,deb Kuksi qiz deb qo'yishgan ekan.


Darhaqiqat, kampir 85 yoshdan oshayotgan bo'lsa ham anchagina tetik va bardam ko'rinardi.

IZOX: Kuksi - koreyscha taom. Menimcha, forumchilarimiz orasida ham ko'pchilik tatib ko'rgan.

Qayd etilgan


GRAND  31 Dekabr 2010, 17:10:55

Kuksi yeb ko'rmaganmani lekin uni qanday ko'rinishga ega ekanligini  ko'rganman qaysidur kinoda o'zimini roltoni makoroni uziniga o'xshidi. 

Qayd etilgan


Muhsin Umarov  08 Yanvar 2011, 21:03:33

kimchi salati va ramyonlariga gap yuq...

Qayd etilgan


yoqutxon  20 Yanvar 2011, 23:37:57

 :as:
Barcha koreyadagi forumdoshlarga savolim bor edi .Koreyada ham sheva bormi masalan bizga o'xshagan Xorazm,Andijon shevalari deganlariday?

Qayd etilgan


Sakiina  21 Yanvar 2011, 20:13:25

ha bor har qaesi shahri har hil gapirishadi

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Yanvar 2011, 20:28:54

:as:
Barcha koreyadagi forumdoshlarga savolim bor edi .Koreyada ham sheva bormi masalan bizga o'xshagan Xorazm,Andijon shevalari deganlariday?
Albatta,bor. Poytaxt Seul shevasi adabiy til qilib belgilangan.

Qayd etilgan


Sadulla  10 Aprel 2011, 06:44:14

 :as:

Shoxjahon aka bizda koreys tilini bilish darajasi bo'yicha imtixon bor ,Koreyaning o'zida ham shu narsa bormi,yoki koreyaliklarning o'ziga bu narsa kerak emasmi,vaqtingiz bo'lsa shu narsa haqida bir qiziqib ko'rsangiz.

Qayd etilgan


azizbek_mx  10 Aprel 2011, 08:09:30

Аимага снги постлар куринмаспти?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  09 Oktyabr 2011, 11:52:27

Men koreys yoshlarining bitta xarakteriga umuman tushunmayman: birorta chet ellik odamning oldida bir-birlari bilan inglizcha gaplashmoqchi bo'lishadi. Inglizchada "okey" va "good" kabi oson so'zlardan bor-yo'g'i 5-6ta bilishadiyu, tag'in chet ellikni oldida o'zini ko'rsatmoqchi bo'lishadi. Boya metroda Seuldan kelarkanman 3ta maktab o'quvchisi ro'paramda o'tirib kelishdi. O'z tillarida pichirlab gaplashishyaptiyu, ora-sira ataylab menga eshittirib inglizcha gapirib qo'yishadi. Go'yoki, mendan "Vo, inglizchani zo'r bilarkansizlar. Qoyil",degan maqtovni kutishyotgandek. Men esa bir ensam qotadi, bir kulgim qistaydi, bir jaxlim chiqadi...

Qayd etilgan