KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!  ( 54731 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B

Shoxjahon12  06 Oktyabr 2010, 16:11:22

Assalomu alaykum, aziz forumdoshlar. Hozirda Koreya respublikasining sanoatlashgan shahri bo'lmish Ansan shahridaman. Ishlar yaxshi.
Ollox nasib aylaa shu yerdan turib forumimiz uchun kerakli va foydali ma'lumotlar, maqolalar yuborib turishga harakat qilaman. To'g'risini aytaman: O'zbekistonimni, oilamni, ota-onamni juda sog'indim. Kelganimga endigina 10 kun bo'ldi.  Koreyaga uchishimdan 1 hafta avval tug'ilgan qizim - Gulsanamni, 2 yarim yoshdan oshib, tillari burro bo'lib qolgan o'g'lim - Muzaffarbekni  cheksiz sog'indim. Sizlarni ham, aziz forumdoshlar!

Qayd etilgan

Sakiina  06 Oktyabr 2010, 21:11:59

endi shundoq uzoq yolga ketdiez chidab ishlang , soginch yomon narsa  :2kup bolalar tashlab kelishadi  10 yil burun  kompyotorlarda gaplashish yog edi uega telefon qilish qimatga tushardi (yani adashmasam 5 minuti 5000 won edi) hozir ancha rivojlangan uega gaplashisham arzon, 3,4 oeda organib ketsangiz kerak kein bemalol bolib olasiz

Qayd etilgan

Sakiina  06 Oktyabr 2010, 21:19:26

ishlab qaetib keguningizcha nasib bosa asal qizchaeiz oldiezdan yougurub chiqadi ( demoqchimanki sizni kutgani  :)ogulchaeiz hozir tilchasi buro bogan bosa siz kelganingizda esa dadjon endi manga velosiped obering dedigon boladi nasib bosa hudo hohlasa

Qayd etilgan

indira82  11 Oktyabr 2010, 13:15:32

Men esa ota onamni qarindoshlarni sogindim bormaganimga 2 yil boladi
 :(

Qayd etilgan

Ibrohim_jon  11 Oktyabr 2010, 16:24:16

Sizlar migration dan ketganmisizlar yoki boshqa saytdanmi?

Qayd etilgan

yoqutxon  11 Oktyabr 2010, 20:35:21

Assalomu aleykum. Men Koreada bo'lmasam ham jondan aziz dadajonim hozir Koreadalar. Dadam Koreaga ketganidan so'ng koreys halqi va davlatiga bo'lgan qiziqishim ortdi.Ayniqsa koreys haqining milliy taomlariga bo'lgan qiziqishim katta. Har doim dadam bilan gaplashganimda turli tuman taomlar haqida so'rab bilib olaman. Dadam Korea haqida gapirib, tasvirlab beradilaru lekin rasm jo'natishga kelganda biroz erinadilar :D Shohjahon aka mavzuni Koreadan yozamiz va ko'rsatamiz deb ochibdilar, iltimos Koreadagi forumdoshlar bizga korea haqida ko'proq malumot berib, rasmlarni ham joylashtirishni unutmanglar.

Qayd etilgan

Shoxjahon12  07 Noyabr 2010, 10:38:16

Kecha Koreyaning Chungbuk viloyatidagi Chongju shahriga yetib keldim.  Ansandan 1,5 soatlik yo'l. Kechasi tuman tushib, anchagina sovuq edi. Bugun biroz iliq. Ko'chalar gavjum. Dam olish kuni bo'lgani uchunmi yoshu qari saylga chiqqan. Imkon topib, rasmlardan ham joylashga harakat qilaman.

Qayd etilgan

Shoxjahon12  07 Noyabr 2010, 10:43:31

Musofir bo'lmaguncha, musulmon bo'lmaysan, deganlaridek, musofirchilikda  ko'rib, ham shukrlar qilasan, ham fikrlar qilasan ekan. Sog'inchlar butun vujudingni qamrab olganda, hamma narsaning qadriga yetar ekansan.

Qayd etilgan

yoqutxon  08 Noyabr 2010, 22:10:50

Kecha Koreyaning Chungbuk viloyatidagi Chongju shahriga yetib keldim.  Ansandan 1,5 soatlik yo'l. Kechasi tuman tushib, anchagina sovuq edi. Bugun biroz iliq. Ko'chalar gavjum. Dam olish kuni bo'lgani uchunmi yoshu qari saylga chiqqan. Imkon topib, rasmlardan ham joylashga harakat qilaman.
:as:
Ansanga yaqin joyda ekansizda. Meni dadam hozir Ansandalar. Rasmlarni kutib qolamiz. Musofirchilikda yurganlarni barchasi Ollohga omonat boshlaring omon bo'lsin.

Qayd etilgan

Shoxjahon12  26 Noyabr 2010, 23:29:29

Men o'zim Ansandaman. Ukam Chongjuda edi.

Qayd etilgan