Internet hoshiyasidagi bitiklar  ( 32021 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


T.Yusupov  15 Oktyabr 2010, 00:23:34


IT ustalariga ommabop savol sizga bir kliyent symbian os 40 ustanovka qilngan mobil telefon bilan keldi uni gapi bo'yicha mobilida virus bor emush.

Siz u klientga nima degan bo'lardiz...

TITAN-UZ, ajoyib savol topasizda, nima deyishim uning kimligiga yoki (!) cho'ntagiga bog'liq bo'lardi.

TITAN-UZ, bu blogni savol-javob bilan to'ldirib tashlamaylik. Bu blog boshqa maqsadda ochilgan.

Qayd etilgan


T.Yusupov  15 Oktyabr 2010, 12:29:26

Apple kompaniyasi o'zining iMac va MacBooklari uchun chiqaradigan operatsion tizimi MacOSX ning nomlari ajoyibda.

Mushuksimonlar oilasi a'zolarining nomlari:
    * 10.0 Cheetah (Gepard) — 2001 yil.
    * 10.1 Puma — 2002 yil.
    * 10.2 Jaguar (Yaguar) — 2003 yil.
    * 10.3 Panther (Panterra) — 2004 yil.
    * 10.4 Tiger (Yo'lbars) — 2005 yil.
    * 10.5 Leopard (Leopard) — 2007 yil.
    * 10.6 Snow Leopard (Qor barsi, Irbis) - 2009 yil.

Shu kunlarda har xil mish-mishlar yuribdi. 10.7 versiyasining nomi Lion (Sher) bo'larkan deb. Bunga sabab Apple kompaniyasi 20 oktyabrda konferensiya o'tkazmoqchi. Nomi "Macga qaytish". Lekin qanday yangiliklar bo'ladi, bunga oid hech qanday ma'lumot bermagan, faqat quyidagi rasmdan tashqari.

 

Meni yanada ajablantirayotgan narsa bu, Sher (Lion) dan keyin qaysi mushuksimonlarning nomini qo'yisharkin a? :-))

Qayd etilgan


Ansora  15 Oktyabr 2010, 13:35:00

 :as:

Mavzuingiz hayirli bo'lsin. Men internetdan asosan yozuvlarni o'qish uchun foydalanaman. Na kompyuterni yaxshi bilaman, nada internetdan "chuqur" xabarim bor ;D
"Lekin yaxshiyam borsan-İnternet deganlardanman" : )

Qayd etilgan


T.Yusupov  15 Oktyabr 2010, 15:06:28

Apple разослала приглашенис на конференяию, которас пройдёт 20 октсбрс в Сан-Франяиско. Своебразное название вс‹глсдит амбияиозно. Что-то сродни: «Лосмотрели на Widows phone 7? Ау хорошо. А теперь возврас‰айтесь назад к папочке — он покажет, как сто делаетсс!»

Hahah. Shu HabraHabrdagilarga doim qoyil qolganman, bundan keyin ham qoyil qolsam kerak, ham gapga chechan, ham IT sohasida rosa ildam ular . . .

Qayd etilgan


Akbarjоn  15 Oktyabr 2010, 22:46:58

Bir vaqtlar narigi forumda bir voqeani yozgandim, shularni shu yerga kopy qilib qo'ysam ruhsatlariz bilan:

Kompiyuter masalasida yana bir narsa esimga tushib ketdi :)
bilmiyman buni sizlarga kulgulik qilib yetkaza olamanmi yo'qmi, amo o'sha vaqtda rosa mazza qilib kulgandim, xatta osha voqea guvohlari xam mazza qilib kulishgandi :D

Xullas bilasizlar Kollejda Classter kompiyuterlar bo'ladi, yani bir sinfda Set ga ulangan 12 ta kompiyuter bo'ladi, Bitta Programma bor xuddi Mail. agent.ru ga o'xshiydi faqat internetdan emas Set dan SMS yuboriladi, xullas shunaqa programma o'rnatilgan xamma kompiyuterlarga
u vaqtlar kompiyuter xaqid tasavurlar xozirgu kundagiday emas, kompiyuterdan xamma faqatgina yozish uchungina foydalanadi, boshqa funksiyalarini umuman bilishmiydi

Xullas bir VayeniyRuk domla bor edi katta letinant yoshlari xam katta
Shu desangiz, xonaga kirsam shu kishi o'yin o'ynab o'tiribdi
boshqa kompiyuterga borib o'tirdimda, u kishining kompiyueriga SMS yozdim, Salom Shovkat aka deb
keyin boshqa ishlarimni qilib turovirdim, diqqatim shu kishida, men o'yladimki shu jpydan menga xam qaytarib SMS  yuborsa kerak deb, ammo kuzatib turibman u kishi jimib qoldi qimirlamayabdi. keyin kompiyuterni yaxshiroq tushunadi dedimi mening oldimga kelib, menga qarab qarang manabu kompiyuter mani tanirkan desa boladimi, menga qarab salom beryabdi deydi :)
Men esa bosh kelmasdan, bilmasam xozir kompiyuterlar rivojlanganku, balki shunaqadir dedim
Keyin u kishi yana qaytib joyiga borib o'tirdi. Men yana "Shovkat aka ishlariz yaxshimi, bugun Ped savetda nima gaplar bo'ldi" deb yozib yubordim. Shunda Shovkat aka iye deb yubordi va xayratlanganligidan so;kinvordi (Voyeniy odam og'zi salgina buzug'roq edi :) )
Keyin men yana "So'kinishga uyalmiysizmi" deb SMS yubordim. Bu safar u tomonda xech qanaqa ovoz eshitilmadi, sukunat
yana bir SMS yubordim: "Aka yoshiz xam bir joyga borib qolibdi Hudodan qo'rqmiysizmi so'kinishga" deb. :)
shundan keyin xaligi kishi asta o'rnidan turdida tashqariga chiqib ketdi. Me avva xayron qoldim orqasidan chiqaychi deb chiqsam uni o'zining xonasiga kirib ketdi deyishdi, Asta bilmaganlikka solib o'zimni orqasidan kirdim, kirsam o;ziga yaqin odam bilan gaplashib o'tiribdi, ikalasi tortishishayotgan ekan, narigi she'rigi meni ko'rib qolib oldimga yugurib keldida: "Akbarjon o'ziz ayting kompiyuterda xech qanday aql bolmiydi a, Shovkat aka kompiyuter bilan gaplashdim deyabdi," deydi. Kulvorishimga sal qoldi, Kasbim yuzasidan  o'zimni Emotsiyamni boshqara olaman, bo'lmasa baqirvorardim kulgudan :)
Men yana nima boldi tinchlikmi desam Shovkat aka menimcha bu Xudo yoki Farishtalar bo'lsa kerak, men ular bilan gaplashdim dedida, bitta Baklashkada suv olib tashqariga chiqib ketdi.
Sherigidan nimaga bunaqa qilayotganligini so'rasam, u gunohlarim ko'payib ketganiga Xudo menga xabar yubordi, endi taxorat olib nomoz o'qimasam bo'lmiydi deb taxorat olgani ketdi dedi. Bu men uchun bir tomondan yaxshi edi, ammo u kishi yana shuni aytdiku Shovkat akaning sog'ligi uncha yaxshi bo'lmaganligi uchun sal narsadan fil yasayabdi, tasirchan bo'lib qolgan, u kishini yuragi sanchib turadi dedi
Endi esam men rostaamiga qo'rqa boshladim, shu xazilim sabab bo'lib bir kishini Narigi dunyoga yuborvormay ishqilib deb. Keyin Shovkat akaning orqasidan yugurib chiqib xammasini yotig'i bilan asta tushuntirdim.
Dastlab u menga shunday qaradiki ... :) tasavvur qilaolmaysiz. Menga qarab nima deyishni bilmiydi. baqirib XAX!!! dedida kulvordi,
buni iloji boricha boshqa kishilarga aytmaslikka xarakat qildim, Ammo shu 3 kishi yig'ilib qolsak mazza qilib kulamiz eslab

Qayd etilgan


T.Yusupov  16 Oktyabr 2010, 00:29:35

Menga manbunaqa tushlik qilish yoqarkan . . .

Bir o'zim, iPodda yaxshigina, kayfiyatni kutaruvchi qo'shiq, ko'pincha Lafasiyning Qur'oni Karim tilovatini eshitib, WiFili joyda MacBookni ochvolib, Habrdagi yoki Google Readerdagi siyosiy yangiliklarim bo'limini o'qib turgan holda, issiqqina sabzavotli (Овос‰ное жаркое) ovqat bilan muzdakkina kola ichib tushlik qilish . . .

Oxirgi marta bugun shunaqa tushlik qildim.

Qayd etilgan


BelleQizcha  16 Oktyabr 2010, 06:29:38

Manimcha... enternetdagi eng zo'r holat, telfon jirring etib qimirlasala-r va forumdan SIZGA YANA HABAR KELDI digan oyncha ochilsa... eng zo'ri shu-de

Qayd etilgan


T.Yusupov  16 Oktyabr 2010, 08:36:01

BelleQizcha, buning yo'li oson. :)

Xullas, pochtamga agar yangi xat kelsa, o'sha zahoti sotkamga sms keladi. Sizga falonchidan bunaqa mavzuli xat keldi deydi.

Endi siz ham ZiyoUz forumidagi moslamalar orqali forumda har qanday harakatni pochtangizga yuborish funksiyasini yoqib qo'ysangiz bo'ldi. Barcha uvedomleniyalar pochtangizga boradi, pochtangizdan telefoningizga ketadi. Telefoningiz sms jiringi jaranglaganda qaraysiz, ehaa forumdan xat deysizde, forumga kirasiz. :)

Qayd etilgan


BelleQizcha  16 Oktyabr 2010, 09:15:13

BelleQizcha, buning yo'li oson. :)

Xullas, pochtamga agar yangi xat kelsa, o'sha zahoti sotkamga sms keladi. Sizga falonchidan bunaqa mavzuli xat keldi deydi.

Endi siz ham ZiyoUz forumidagi moslamalar orqali forumda har qanday harakatni pochtangizga yuborish funksiyasini yoqib qo'ysangiz bo'ldi. Barcha uvedomleniyalar pochtangizga boradi, pochtangizdan telefoningizga ketadi. Telefoningiz sms jiringi jaranglaganda qaraysiz, ehaa forumdan xat deysizde, forumga kirasiz. :)
vayyyyy rahmat, maslahatla uchun,
lekin manda internet VIP deee man porumga to'liq accesim bor, o'shanchun sms kemasayam bolardi-de/...

Qayd etilgan


T.Yusupov  16 Oktyabr 2010, 09:28:18

1. Hammasini o'qishga shoshilmang. Qancha ko'p tushuna boshlasangiz, shuncha kam yodda saqlashga urinasiz.

Yuzaki o'qimang. Tanaffus qiling va o'ylab oling. Agar kitobda sizga savol berilgan bo'lsa, uni e'tibordan chetda qoldirmang. Tasavvur qiling, kimdir sizga haqiqatda savol bilan murojaat qilyapti. Muammoning yechimini topishga o'zingizni qanchalik chuqur majbur qilsangiz, shunchalik ko'p ehtimollik ila, mavzuni eslab qolasiz va o'zlashtirasiz.

2. Mashq va topshiriqlarni bajaring.

Kitobda berilgan mavzuga oid mashq va topshiriqlarni albatta bajarishga harakat qiling. Yuzaki qaramang. Mashqlarni harakat qilib bajaring, masalan qalam bilan qog'ozda yoki kompyuteringizda kerakli dasturlardan foydalangan holda yozib bajaring. Ko’pgina dalillarga asoslanadigan bo’lsak, o'rganayotgan vaqtingizda jismoniy faollik o'zlashtirish samaradorligini oshiradi.

3. Uyqudan oldin kitob o'qimang. Hech bo'lmaganda, bilim olish maqsadida kitob o'qimang.

O'qigan ma'lumotlaringizni o'zlashtirish, «hazm qilish» jarayoni (ayniqsa uzoq muddatli xotirangizda o'rganganlaringizni saqlash) aynan kitobni yopganingizdan keyin boshlanadi. Demak, siz kitobni o'qiganingizdan keyin miyangizga barcha o'qiganlaringizni qayta ishlash va esda olib qolish uchun vaqt kerak bo’ladi. Bu vaqtda yana yangi informatsiya qo'shsangiz, oldingilarining bir qismi yo'qolishi mumkin.

4. Suv iching, Ko'p suv ichib turing.

Miyangiz suyuqlik muhitida yaxshi ishlaydi. Quruqlashishi (bunday holat hattoki chanqoqni his qilishingizdan oldin ham ro'y berishi mumkin) esda olib qolish funksiyasini pasaytiradi.

5. Ovoz chiqarib o'qing. Balandroq ovozda o'qing.

Nutq faoliyatiga miyangizning alohida boshqa qismi javob beradi. Agar nimanidir tushunishni yoki eslab qolishni xohlasangiz, baland ovozda o'qing. Yanada yaxshisi, uni kimgadur tushuntirishga harakat qiling. Natijada o'zlashtirishingiz tezlashadi, balki o'qishingiz davomida e'tibor bermagan yangi jihatlar sizga namoyon bo'lishi mumkin.

6. Miyangizga quloq soling.

Miya ma'lumotlarga to'lib qolmasin. Agar o'qiyotganingizda xayolingiz boshqa joyga keta boshlasa yoki hozirgina o'qiganingizni eslay olmasangiz, unda dam olish vaqti keldi. Qayta-qayta va ko'proq o'qishingiz bilan ko'p ma'lumotga ega bo'lish orqali siz tez o'zlashtira olmaysiz. Balki, o'zlashtirish jarayoniga zarar yetkazishingiz mumkin.

7. O'qiganlaringizni his qilishga harakat qiling.

Biror bir mavzuni o'qidindizmi? Uni his qiling. Qanday qilib? O'qigan ma'lumotlaringizni jonlantiring. Ularni qandaydir syujet orqali sahnalashtiring. Olgan ma'lumotlaringiz qayerda, qanday asqotishini o'ylang.

8. Me'yorga doim amal qiling.

Doim va barcha narsada me'yorga amal qiling. Hayotingizni yengillashtiring. Hech bir narsaga mukkasidan ketmang. O'rtahollik bu samaradorlik garovi. Chunki siz hech qachon o'sha narsadan zerikib qolmaysiz, ko'nglingiz qolib ketmaydi. Kitob o'qib bo'lib, hordiq chiqaring (yoki dam oling). Bir narsa yodingizdan chiqmasin, ilm olish ham ibodat. Ibodatdan hech qachon ko'nglingiz qolmasin.

Qayd etilgan