Imlo qoidalarini o'rgatinglar.  ( 33344 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Ansora  27 Oktyabr 2010, 15:20:39

So‘z qismlarining imlosi
   

So‘zning o‘zak qismiga turli so‘z yasovchi yoki shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan ularda turlicha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Talaffuzdagi bunday o‘zgarishlar imloda ham o‘z aksini topadi. Masalan: son+a>sana, ong+la>angla, yosh+a>yasha, ot+a>ata, tara+q>taroq, so‘ra+q> so‘roq, chanqa+q>chanqoq, bo‘ya+q>bo‘yoq kabi.

   So‘z qismlarining imlosi haqida fikr yuritilganda amaldagi imlo qoidalari bilan yangi lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalari o‘rtasida bir oz farq borligini hisobga olish zarur.

   Amaldagi imloga ko‘ra taqlidiy so‘zlardan fe’l yasovchi                  -илла qo‘shimchasi asliga ko‘ra yoziladi: шарилламо³ ша³илламо³, ³арсилламо³, шовилламо³, гувилламо³, ²увилламо³, гурилламо³, варилламо³, чийилламо³ kabi.
   Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidlariga ko‘ra esa taqlidiy so‘zlardan fe’l yasovchi —illa qo‘shimchasi tarkibida v yoki u tovushi bo‘lgan so‘zlarga qo‘shilganda asliga ko‘ra emas, aytilishiga ko‘ra —ulla shaklida yozilishi belgilab qo‘yildi. Qiyoslang: зувилламос– — zuvullamoq, шовилламос– - shovullamoq, гувилламос– - guvullamoq, А†урилламос– - g‘urullamoq kabi.

   Qolgan holatlarda esa lotin yozuvi asosidagi imloda ham asliga ko‘ra -illa shaklida yoziladi: shaqillamoq, sharillamoq, qirsillamoq, chiyillamoq, g‘izillamoq kabi.
   Ammo  g bilan tugagan ba’zi o‘zlashma so‘zlarda o‘zgarish bo‘lmaydi, g bilan yoziladi: pedagog+ga>pedagogga, xirurg+ga> xirurgga, Lyuksemburg+ga> Lyuksemburgga kabi.

   Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra esa tarkibi g va g‘ undoshlari bilan tugagan so‘zlarga g tovushi bilan boshlanadigan -ga,        -gacha, -guncha, -gani, gudek, -gan, -gin, -gina qo‘shimchalari qo‘shilganda aytilishiga mos holda emas asliga ko‘ra yozilishi belgilab qo‘yildi.

Qayd etilgan


Ansora  27 Oktyabr 2010, 15:21:36

   Tarkibi k yoki q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k tovushi g kabi, q tovushi g‘ kabi aytiladi va shunday yoziladi: chelak+im>chelagim, istak+im>istagim; qishloq+im> qishlog‘im, o‘rtoq+im>o‘rtog‘im kabi.

   Ammo k yoki q undoshi bilan tugagan ba’zi bir bo‘g‘inli hamda ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda ham yuqoridagi kabi o‘zgarish bo‘lmaydi: tok+i>toki, chek+im>chekim, o‘q+im>o‘qim, nok+i>noki, sirk+i>sirki, ittifoq+i>ittifoqi, tasdiq+i>tasdiqi kabi.

   Men, sen olmoshlariga —ning, -ni, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda bir n undoshi aytilmaydi va shunday yoziladi: men+ning>mening, sen+ning>sening, men+ni>meni, sen+niki>seniki kabi.

   U, bu, shu olmoshlariga —da, -dan, -day, -ga, -cha qo‘shimchalari qo‘shilganda talaffuzda bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: u+da>unda, bu+dan>bundan, shu+day>shunday, u+ga>unga, bu+cha>buncha, shu+cha>shuncha kabi.

   Fe’lning orttirma nisbat qo‘shimchasi —dir qo‘yidagicha yoziladi:    a) jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda —tir, shaklida yoziladi: bo‘shat+dir>bo‘shattir, ek+dir>ektirmoq, cho‘k+dir>cho‘ktirmoq, bo‘rt+dir>bo‘rttirmoq, uq+dir>uqtirmoq kabi;  b) jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda —dir shaklida yoziladi: yoz+dir>yozdirmoq, bil+dir>bildirmoq, ol+dir>oldirmoq, sur+dir>surdirmoq kabi. Ammo kel so‘zi bundan mustasno: kel+dir>keltirmoq; v) jarangli undosh bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda —tir shaklida yoziladi: kiyin+dir>kiyintirmoq,cho‘mil+dir>cho‘miltirmoq,
sevin+dir>sevintirmoq, uzay+dir>uzaytirmoq kabi.

Qayd etilgan


Ansora  27 Oktyabr 2010, 15:22:46

Qo‘shma so‘zlarning imlosi

 I. Quyidagi tarkibdagi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi:

        1. Tarkibida xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxt, kam, umum, aro, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlardan biri qatnashgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: ishxona, qabulxona, ma’lumotnoma, tabriknoma, sholipoya, g‘o‘zapoya, ommabop, xushxabar, hamdo‘st, hamsuhbat, orombaxsh, kamgap, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, izzattalab kabi.

        2. Ikkinchi qismi —ar (inkor shakli -mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: otboqar, o‘rinbosar, molboqar, beshiktervatar, tezoqar, ertapishar, tinchliksevar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi.

        3. O‘xshash, qiyoslash asosida yuzaga keluvchi qo‘shma otlar va qo‘shma sifatlar: karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, bodomqovoq, devchechak kabi.

        4. Narsani biror belgisi asosida bildiruvchi qo‘shma otlar: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.

        5. Narsani joyga nisbatan bildiruvchi qo‘shma otlar: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.

        6. Biror maqsad, ish uchun mo‘ljallangan narsani bildiruvchi qo‘shma otlar: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, ko‘zoynak kabi.

        7. Qaratqich x qaralmish tipidagi birikmaning so‘zga aylanishi bilan Yuzaga keluvchi qo‘shma otlar: mingboshi, shaftoliqoqi, olmaqoqi, qovunqoqi kabi.

        8. Ikkinchi qismi turdosh otlardan yoki obod so‘zi bo‘lgan joy nomlari: Sirdaryo, Kattaqurg‘on, To‘rtko‘l, Yakkabog‘, Yangiobod, Xalqobod, Fayziobod kabi.

Ammo ikkinchi qismi atoqli otlardan bo‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Yuqori Chirchiq, Qo‘yi Chirchiq, Ko‘hna Urganch kabi.

        9. Rus tilidan aynan o‘zlashgan yoki kal’ka usulida hosil qilingan qo‘shma so‘zlar: kinoteatr, fotoapparat, elektroapparat, elektrotexnika, teleko‘rsatuv, yarimavtomat, suvosti, bayramoldi kabi.

       10. Qisqartma otlar qo‘shib yoziladi: O‘zMU (O‘zbekiston Milliy Universiteti), O‘zXDP (O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi) kabi.

Qayd etilgan


Ansora  27 Oktyabr 2010, 15:23:55

    II. Chiziqcha bilan yozish.
       

1. Juft va takror so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: mehr-oqibat, katta-kichik, el-yurt, asta-sekin, bordi-keldi, don-dun, mayda-chuyda, taq-tuq, qop-qop, baland-baland, chopa-chopa, yura-yura ayrim-ayrim, borib-borib kabi.
Kirill yozuvi asosidagi imloga ko’ra agarda juft so‘z qismlari —у (ю) bog‘lovchisi yordamida bog‘lansa chiziqcha qo‘shilmaydi: катта-кичик = каттаю кичик, сл-юрт = слу юрт, ор-номус = ору номус, тун-кун = туну кун, кеча-кундуз = кечаю кундуз kabi.
   Lotin yozuvi asosidagi imloda esa bu qoidaga o‘zgartirish kiritilgan, ya’ni juft so‘z qismlari orasida —u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi, deb belgilab qo‘yilgan. 
Qiyoslang:
         Катаю кичик      -      katta-yu kichik
         Туну кун            -      tun-u kun
         А­ллу юрт            -     el-u yurt  kabi.

       2. Amaldagi imloga ko‘ra йилдан — йилга, кÒ‘пдан — кÒ‘, кундан - кунга kabi birikmalar juft so‘zlar doirasida qaralgan, shunga ko‘ra chiziqcha bilan yozish qoidalashtirilgan.
Lotin yozuvi asosidagi imloga ko‘ra birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan kundan kunga, yildan yilga kabilar shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko‘p, ochdan och kabi birikishlarning chiziqchasiz yozilishi belgilab qo‘yilgan.

   Qiyoslang:
Йилдан-йилга                -      yildan yilga
   Кундан-кунга                -      kundan kunga
   Ааридан-бери                -      naridan beri
ТÒ‘А†ридан-тÒ‘²ри              -      to’g’ridan to’g’ri
КÒ‘пдан-кÒ‘п                  -      ko’pdan ko’p
Текиндан-текин             -      tekindan tekin
Янгидан-снги                -      yangidan yangi
Очи³дан-очи³               -      ochiqdan ochiq

      3. Amaldagi imlo qoidalariga ko‘ra yil va oylarni (chislolarni) ko‘rsatuvchi arabcha raqamdan so‘ng chiziqcha qo‘yilmaydi: 2003 йил,    1 сентсбрь kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imloga ko‘ra bunday o‘rinlarda chiziqcha qo‘yib yozish belgilab qo‘yilgan.
   Qiyoslang:
2003 йилнинг 9 сентсбри    --  2003 —yilning 9 —sentabri kabi.
     4. Kuchaytirilgan belgi shakllari chiziqcha bilan yoziladi: qop-qora, yam-yashil, yap-yapaloq, ko‘m-ko‘k, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, yop-yorug‘ kabi.
     5. Rus tilidan aynan o‘zlashgan yoki kal’ka usulida o‘zlashgan so‘zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: injener—konstruktor, gramm-molekula, kilovat-soat, changlagich-purkagich, vitse-prezident kabi.


Qayd etilgan


Ansora  27 Oktyabr 2010, 15:25:30

III. Ajratib yozish.

        1. Qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: imzo chekmoq, ta’sir etmoq, vafo qilmoq, sotib olmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq kabi.

        2. Belgining ortiq yoki kamligini bildiruvchi och, to‘q, tim, nim, liq, jiqqa, lang kabi so‘zlar bilan kelgan sifat turkumiga oid so‘zlar ajratib yoziladi: och qizil, to‘q qizil, tim qora, nim pushti, liq to‘la, jiqqa ho‘l, lang ochiq kabi.

        3. Har, hech, hamma, ba’zi, g‘ayri, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zlari yonida kelgan so‘zdan ajratib yoziladi: har zamon, hech kim, hamma vaqt, ba’zi bir, g‘ayri tabiiy, bir qancha, bir yo‘la, bir oz, qay kuni, u erga, bu yoqdan, shu erdan, o‘sha yoqqa kabi.
Lekin birpas, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, buyon (beri) so‘zlari qo‘shib yoziladi.
   Lotin yozuvi asosidagi imloga ko‘ra biroz so‘zining ham qo‘shib yozilishi belgilab qo‘yilgan.
   Qay so‘zi yer, yoq, yon so‘zlari bilan kelganda bir y tushib qolishi natijasida bu so‘zlar qo‘shib yoziladi:
   Qiyoslang: qay yerda — qayerda, qay yoqqa — qayoqqa, qay yondan — qayondan kabi.
Qaybir, qayvaqt so‘zlari ham qo‘shib yoziladi.

        4. Murakkab sonlarning qismlari ajratib yoziladi: yigirma besh, bir yuz ellik ikki kabi.

        5. Kirillcha yozuv asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra муз ёрар, иш ё³мас, ³Ò‘л ёзма, шер юрак so‘zlari ajratib yoziladi deb belgilab qo‘yilgan. Lekin amaldagi lug‘atlarda turlicha yozib kelingan. Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra bu so‘zlarning qo‘shib yozilishi qat’i belgilab qo‘yildi: muzyorar, sheryurak, devyurak, ishyoqmas, qo‘lyozma kabi.

       6. Tojikcha izofali birikmalar ajratib yoziladi: tarjimai hol, nuqtai nazar, oynai jahon, dardi bedavo kabi. Shuningdek, yangi imlo qoidalarida izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga i shaklida , unli bilan tugagan so‘zlarga yi shaklida qo‘shilishi belgilab qo‘yildi.
   Qiyoslang: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol, oynayi jahon, piri badavlat kabi.

Qayd etilgan


Ansora  27 Oktyabr 2010, 15:26:18

Bo‘g‘in ko‘chirilishi   

Orfografiya qoidalariga ko‘ra bir qatorga sig‘may qolgan so‘zning qismi ikkinchi qatorga quyidagicha ko‘chiriladi:
         1. So‘z qismlarga bo‘g‘inidan ajratib ko‘chiriladi: tala-ba, ta-laba, mak-tab, ko‘ng-il kabi.

         2. Bir unlidangina iborat bo‘lgan bo‘g‘in oldingi satrda qoldirilmaydi. Shuningdek, keyingi satrga ham bir unlidan iborat bo‘lgan bo‘g‘in ko‘chirilmaydi: o-naning emas, ona-ning, jamo-a emas, ja-moa, mudofa-a emas, mudo-faa kabi.

         3. Bir tovushni ifodalaydigan harfiy birikmalar ajratilmay ko‘chiriladi. Misollarni har ikki yozuv asosida qiyoslang: КÒ‘-нгил, тонг-ги, си-нгил; поме-шчик, ме-шчан; ma-shaqqat, ke-chuv, kech-qurun, tong-gi, so‘ng-ra, pome-shik, me-shchan kabi.

         4. Kirill yozuvidagi imloga ko’ra ayirish, yumshatish belgilari oldingi bo‘g‘in bilan qatorda qoldiriladi. Misollarni har ikki yozuv asosida qiyoslang: суръ-ат — sur’-at, суль-фат - sul-fat, разъ-езд - raz-yezd, маъ-руза - ma’ruza kabi.

         5. Bosh harflardan tuzilgan qisqartma otlar, ko‘p xonali raqamlar ikkinchi qatorga bo‘lib ko‘chirilmaydi: O‘zMU, BMT, AKT, 155, 2003, XXIX kabi.

         6. Ism va familiyalarning harfiy qisqartmalari ajratib ko‘chirilmaydi: I. O. Sultonov, A. B. Ahmedov kabi.

Qayd etilgan


Ansora  27 Oktyabr 2010, 15:27:03

Bosh harflar imlosi

Orfografiya qoidalariga ko‘ra bosh harflar quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:

1. Abzas, gap, she’rning har bir misrasi bosh harf bilan boshlanadi.

2. Atoqli otlar bosh harf bilan boshlanadi: Alisher Navoiy, G’afur G’ulom, Toshkent, O‘zbekiston kabi.

3. Planeta va yulduzlarning nomlari bosh harf bilan   boshlanadi: Yer,Quyosh, Oy, Mars, Hulkar kabi. Ammo Yer, Quyosh, Oy so‘zlari planeta ma’nosidan  boshqa ma’nolarda kelganda kichik harf bilan boshlanadi. Qiyoslang: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi; O‘amma bir yerga to‘planib, kelasi oyning rejasini tuzib oldik.

4. Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarning, xalqaro tashkilotlarning nomlaridagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi kabi.

5. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Madaniyat fazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar  akademiyasi, Til va adabiyot instituti kabi.

6. Madaniy- maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va san’at asarlariga, sanoat va oziq- ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport vositalari, sport  inshoatlariga qo‘yilgan nomlar bosh harflar bilan boshlanadi:  «Saodat» drammasi, «Navruz» xayriya jamg’armasi, «Toshkent» mehmonxonsi, «Qutlug‘ qon» romani, «Paxtakor» stadioni, «Dilorom» operasi kabi.

7. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari  tarkibidagi birinchi so‘z bosh har bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramozon hayiti, Navro‘z bayrami kabi.

8. Davlatning oliy darajali  mukkofotlari nomi tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi: «O‘zbekiston Qahramoni» (unvon), «Oltin Yulduz» (medal).
   Boshqa  mukofotlar, faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi so‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: «Sog‘lom avlod uchun» (orden), «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» (faxriy unvon), «Matbaa aloqachisi» (nishon) kabi.


Qayd etilgan


Ansora  27 Oktyabr 2010, 15:29:49

Foydalanilgan adabiyot:

O‘ZBEK TILI PRAKTIKUMI

M. Asqarova, R. Yunusov, M. Yo‘ldoshev,
D. Muhamedova

TOSHKENT - 2007


Alisher, umid qilamanki sizga bu ma'lumotlarni ancha-muncha foydasi tegadi.

Kitobdagi Ruscha( Kiril) "q" harflari ko'rinmabdi, uzr.

Qayd etilgan


Alisher123  27 Oktyabr 2010, 18:32:07

Ming bor rahmat! O'qishni boshladim.

Hechqisi yo'q bo'ladi. Zo'r

Qayd etilgan


Alisher123  27 Oktyabr 2010, 22:42:43

                                         :bsm:
Assalomu alaykum!
Ko'p narsalarni o'rgandim. Masalan;
Kirilcha ''e'' ni nima uchun ''с'' o'qilishini sababini bilib oldim.Hamda boshqa hariflarni ham.men bularni o'rganishim uchun yozma ish yoki insho diydimi? Shunga harakat qilaman.Insha Olloh

Lekin menda savollar bor.Ijozat bergaysiz!

Shoxruh Mirzo akamizzi bergan javoblari
Fe'l, ot bular so'z turkumlari bo'lib so'z turkumlari ma'no va vazifasiga ko'ra 5 ga bo'linadi:
1.Mustaqil so'zlar;
2. Yordamchi so'zlar;
3.. Undov so'zlar.
4. Taqlid so'zlar.
5. Modal so'zlar.
shularga misollar keltirib bera olasizmi?(onson tushunishim uchun)

1.''olmoshlar'' haqida toliq chunchaga ega emasman.
2.''Fel''haqida ham tushuncha bering.(yuqorida birodarimiz ham tushuntirib o'tgandilar,lekin to'liq tushuna olmadim).
3.''Imlo''ni manosi nima,yoki qoyda deganimi?
4.''ot''
5.''sifat''
6.'' Qaratqich''
7.''turdosh otlar''
8.''Qisqartma otlar''
9.'' kelishig''
10.''izofali''
Shularga ilojingiz bo'lsa misollar keltirib tushuntirib bersangiz degandim.Ba'zilarini oz-moz bilamanu lekin toliq tushuna olmayabman.Yordam bervoring! Rahmat!

Qayd etilgan