Imlo qoidalarini o'rgatinglar.  ( 33335 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Alisher123  25 Oktyabr 2010, 17:10:35

 :bsm:
Assalomu alaykum!

forumdoshlardan yordam berishlarini kutib qolaman.
Men aslida maktab davrida o'qishni o'rniga futbo'l oynab yuravergan ekan man.
shuning uchun men imlo qoydalarini uncha bilmayman.Shunga siz Aziz forumdoshlardan yordam so'rayman.Yana shuki men yaqinda forumga kirdim. Bu juda qulay ekan bilmay yurgan ekanman.
Qani endi meni ustozlarim kimlar bo'lar ekan.

Savol;
1.imlo qoydalariga qanday qoydalar kiradi?
2.Fel,ot,bu qanday qoydalar?
3.Fel,ot qoydalarga o'hshash qoydalar bormi? Bor bolsa ayting
4.qavuslar qaytda,qanaqilib ishlatiladi?
5.   ''qoydalar bormi? Bor bolsa ayting''shu so'zda so'roq belgisidan keyingi sozni boshlanishi katta harf bilan bo'ladimi?
6.   ! shu belgini nomi nima va qaytda ishlatiladi?
7.  - bu chiziqcha qatyda ishlatiladi va nomi nima?

Ush-bu so'zlarimda hato kamchiliklari bo'lsa ayting.
hozircha shu Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  25 Oktyabr 2010, 19:26:25

Va alaykum assalom!

O'h-xo!

Sizga birinchi maslahatim o'rta maktabning boshlang'iz va yuqori sinf ona-tili o'quv qo'llanmasini bir o'qib, chiqing.

Savollaringizga ojizona aqlim bilan javob berishga harakat qilaman inshaALLOH!:

1. ...
2.Fe'l, ot bular so'z turkumlari bo'lib so'z turkumlari ma'no va vazifasiga ko'ra 5ga bo'linadi:
1.Mustaqil so'zlar;
2. Yordamchi so'zlar;
3.. Undov so'zlar.
4. Taqlid so'zlar.
5. Modal so'zlar.
 Siz so'ragan fe'l va ot bu mustaqil so'z turkumlariga kiradi.

3. fe'l, ot, sifat, son, olmosh va ravisblar

4. Bu savolingizga kitobni bir titkilash kerak-da...

5. Savolingizni tushunmadim unchalik, agar siz so'roqdan keyin bosh harf bilan yoziladimi demoqchi bo'lsangiz, ha.
(Umuman, shahar nomi; ismlar; joy nomlari bosh harf bilan yoziladi.
Kamchiligi bo'lsa uzr.)

6.!-Bu belgini nomi (undov).Qisqacha:
His-hayajon bilan aytilgan gaplar undov gaplar deyiladi.
M-lan:
-O' bahor keldi!

7. ...Qisqacha:so'z ajratishdami...vallohua'lam aniq esimda yo'q hullas misollar keltiraman:
har-xil; tuk-tuk; yoki bir so'zni yozmoqchisiz ko'p bo'g'inli, yozayotganingizda bir qatorga sig'may qolsa davom ettirish uchun pasgi qatordan yozishingiz kerak. Ushanda usha chiziqcha (-) orqali so'zni bo'lib olishingiz mumkin.
M-lan: Da-
raxt;  Kap-
tar. va h.k.

Javoblardan to'g'ri bo'lsa ALLOHdan, kamchilik bo'lsa, ALLOHdan mag'firat tilab bizni haqqimizga duo qiling!


Qayd etilgan


Alisher123  25 Oktyabr 2010, 20:41:51

Umringiz va rizqingizga Allohim baraka bersin!
Bunday yordamingiz uchun ajri-savobi ulug' bo'lsin.Rahmat!

Albatta Insha Alloh siz aytgan kitoblardan olib o'qiyman.Va ijozat bersangizlar shu mavzuga ,o'sha kitobdan chunmagan masalalarni so'rayman.Rahmat!

Qayd etilgan


Ansora  26 Oktyabr 2010, 18:36:19

1.imlo qoydalariga qanday qoydalar kiradi?

İmlo qoidalari yani Orfografiya juda keng mavzu, agar erinmasdan o'qiyman desangiz bu mavzuda O'zbek grammatikasi kitobidan ma'lumotlar joylayman.

Qayd etilgan


Alisher123  26 Oktyabr 2010, 21:52:58

1.imlo qoydalariga qanday qoydalar kiradi?

İmlo qoidalari yani Orfografiya juda keng mavzu, agar erinmasdan o'qiyman desangiz bu mavzuda O'zbek grammatikasi kitobidan ma'lumotlar joylayman.

[/quote]

Albatta o'qiymanda saqlab ham olaman.Insha Olloh Juda zo'r ish bo'lardi.Kutib qolaman.Rahmat Olloh rozi bo'lsin

Qayd etilgan


lolo  27 Oktyabr 2010, 15:09:13

Ko'p kitob o'qisangiz ham shu kabi qoidalarni sekin-asta o'rganib borasiz, so'zlarni to'g'ri yozish, "h" va "x"ni to'g'ri qo'yish, vergul, tire va undalmalardan to'g'ri foydalanish va hokazo. Qolaversa, so'z boyligingiz va dunyoqarashingiz ham boyib, kengayib boradi. Inshaalloh.

Qayd etilgan


Ansora  27 Oktyabr 2010, 15:15:39

ORFOGRAFIYA

   Adabiy nutqning og‘zaki va yozma shakllari mavjud bo‘lib, ular ma’lum qonun-qoidalar asosida rivojlanadi. Nutqning og‘zaki shaklida talaffuz me’yorlariga (orfoepiyaga) amal qilinsa, yozma shaklda esa imloviy me’yorlarga (orfografiyaga) amal qilinadi.
   Orfografiya grekcha orphos va grapo so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, «to‘g‘ri yozaman» degan ma’noni bildiradi.
Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga tegishli bo‘lib, so‘zlarni to‘g‘ri yozish, so‘zlarning o‘zak va negizlarini, qo‘shimchalarini, qo‘shma so‘zlarning qo‘shilib yoki ajratib yozilishini, qisqartma so‘zlarning yozilishini, bosh harflarning yozilishini, bo‘g‘in ko‘chirilishini adabiy talaffuz me’yoriga moslab, qoidalashtirib beradigan fandir. Adabiy tilning yozma shaklini ma’lum qonun qoidalar asosida turg‘un holatda ushlab turadigan orfografiyaning qo‘yidagi prinsiplari mavjud: fonetik prinsip, fonematik prinsip, morfologik pгinsip, tarixiy an’anaviy prinsip, etimologik yoki grafik prinsip.

Fonetik prinsip. Bu prinsipga ko‘ra so‘z yoki uning tarkibiy qismlari qanday talaffuz qilinsa, shunday yoziladi: 1) ko‘k+ga>ko‘kka, tok+ga>tokka, qishloq+ga>qishloqqa kabi; 2) og‘iz+im>og‘zim, o‘g‘il+im>o‘g‘lim, burun+i>burni kabi; 3) yosh+a>yasha, son+a>sana, ong+la>angla kabi; 4)so‘ra+q>so‘roq, qishla+v>qishlov, sayla+v>saylov kabi; 5) ikki+ov>ikkov, etti+ov>ettov kabi; 6) qot+iq>qattiq, achi+iq>achchiq, isi+iq>issiq kabi; 7) ulug‘+ay>ulg‘ay, sariq+a>sarg‘ay kabi.

Fonematik prinsip. Bu prinsipga ko‘ra harflar so‘z tarkibidagi tovushlar talaffuziga emas, balki fonemalarga moslab yoziladi, ya’ni yozuvda so‘z tarkibidagi fonemaning talaffuzi emas, asli hisobga olinadi: obod>obot, ozod>ozot, mazkur>maskur, fan>pan, fasl>pasl, fabrika>pabrika, harf>harp kabi.

Morfologik prinsip. Bu prinsipga ko‘ra so‘z va uning qismlari qanday talaffuz qilinishidan qat’i nazar asliga ko‘ra yoziladi: ayt+di>aytti, ket+di>ketti, borib+di>boripti, chop+di>chopti, ish+ga>ishka, ket+gan>ketkan, ket+guncha>ketkuncha, zavod+dan>zavottan, ko‘p+dan>ko‘ptan kabi.

Tarixiy—an’anaviy prinsip. Bu prinsipga ko‘ra so‘z va uning qismlari tarixda qanday yozib kelingan bo‘lsa, hozir ham shunday yoziladi. So‘zlarning tarixiy an’anaviy printsipda yozilishidan ko‘proq uslubiy maqsadlarda foydalaniladi: kelgin||kelgil, kelar||kelur, kelarmi||kelarmu, u||ul, bilan||ila kabi.

Etimologik yoki grafik prinsip. Bu prinsipga ko‘ra o‘zlashma so‘zlar qaysi xalqning tilidan yoki grafiksidan olingan bo‘lsa, o‘sha qadimgi etimologik yoki grafik holatni saqlagan holda yoziladi: ma’no, she’r, a’lo, muammo, mojaro, fabrika, aeroport, stansiya, telegramma, fotoelement kabi.

Qayd etilgan


Ansora  27 Oktyabr 2010, 15:16:54


      Unli fonemalarni ifodalovchi harflar imlosi

   Aa harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) old qator keng unlini ifodalash uchun: aka, ona, fan, mana, qalam, paxta kabi; b) ba’zi so‘zlarning tarkibida o ga moyilroq talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi: bahor>bohor, zamon>zomon, savol>sovol, gavda>govda, navqiron>novqiron, mart>mort, zal>zol kabi; d) ba’zi so‘zlarning tarkibida i ga moyilroq talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi: muomala>muomila, muhokama>muhokima, munosabat>munosibat kabi.

   Oo harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) orqa qator keng unlini ifodalash uchun: oila, ona, ota, non, bahor, ma’no, oftob kabi; b) o‘zlashma so‘zlarda: o‘ ga yaqinroq: boks>bo‘ks, tonna>to‘nna, poezd>po‘ezd, opera>o‘pera kabi; a ga yaqinroq: agronom>agranom, gorizont>garizont, doklad>daklat; i ga yaqinroq: traktor>traktir, direktor>direktir, rektor>rektir kabi talaffuz qilinsada o harfi yoziladi.

   Ii harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) qisqa va old qator unlini ifodalash uchun: bilim, bilan, bir, biron, til kabi; b) urg‘uli bo‘g‘inlardagi cho‘ziq i unlisini ifodalash uchun: lirika, Navoiy, tarixiy kabi; d) q, x, g‘ tovushlari bilan yonma-yon kelganda qisqa va qattiqroq aytiladigan i unlisini ifodalash uchun: qizil, qishloq, g‘isht, xirmon kabi; e) rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda с‹ fonemasini ifodalash uchun: vistavka, posilka, vishka kabi.

   Uu harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) bir va ikki bo‘g‘inli so‘zlardagi qisqa u unlisini ifodalash uchun: kun, tun, qurt; ulug‘, urug‘, uzum kabi; b) urg‘uli bo‘g‘indagi cho‘ziq u unlisini ifodalash uchun: arxitektura, struktura kabi; d) tarkibida o, a, u unlilaridan biri bo‘lgan bo‘g‘indan so‘ng v bilan boshlanadigan yopiq bo‘g‘inda keluvchi u fonemasini ifodalash uchun: qovun, sovun, ovul, sovuq, qirg‘ovul, tovush, tarvuz, tasavvur, quvur kabi; e) birinchi bo‘g‘inda, u (yu) kelgan so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inida, aytilishiga muvofiq, u (yu) yoziladi: turmush, ulush, butun, buyuk, buyum, yulduz, tugun, gumbur-gumbur kabi; f) so‘zlarning ikkinchi ochiq bo‘g‘inida q yoki g‘ fonemalaridan keyin ham u yoziladi: uyqu, tuyg‘u, urg‘u kabi.

   O‘o‘ harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: bir bo‘g‘inli so‘zlarda, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi o‘ ni ifodalash uchun: o‘t, qo‘l, o‘tin, ko‘mir, to‘qi kabi.

   Ee harfi faqat old qator o‘rta-keng e fonemasini ifodalash uchun yoziladi. Qiyoslang: egat-egat, ekin-ekin, ekspertiza-ekspertiza, lekin-lekin, mehnatsevar-mehnatsevar, elka-yelka, etmish-yetmish, e’lon-e‘lon, she’r-she‘r kabi.

Qayd etilgan


Ansora  27 Oktyabr 2010, 15:18:12

Kirill yozuvi asosidagi imloga ko’ra А­с, Ее, Аё, Юю, Яс harflarining yozlishi:


А­с harfi qo‘yidagi o‘rinlarda yoziladi: a) so‘zlarning bosh qismidagi e fonemasini ifodalash uchun: скин, слак, сртак, скан, стак, скран kabi; b) so‘zlarning o‘rtasida o‘zicha alohida bo‘g‘in hosil qilgan e fonemasini ifodalash uchun: посзис, посма kabi; d) so‘z ichidagi bo‘g‘in boshida kelgan  с fonemasini ifodalash uchun: дуст, дусль kabi.

Ee   harfi qo‘yidagi o‘rinlarda yoziladi: a) so‘z yoki bo‘g‘in boshida qo‘llangan, shuningdek, o‘zi alohida bo‘g‘in hosil qiluvchi ye fonemalar birikmasini ifodalash uchun: ер>йср, ем>йсм, етмиш>йстмиш, разъезд>разйсзд, елим>йслим kabi; b) so‘zlarning tarkibida undoshdan so‘ng yoki ikki undosh orasida keluvchi e fonemasini ifodalash uchun: кел>ксл, кeт>кст, тeр>тср, меµмон>мсÂµмон, телефон>тслсфон  kabi.

Аё harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) so‘z yoki bo‘g‘in boshida qo‘llangan, shuningdek o‘zicha bo‘g‘in hosil qilgan йo fonemalar birikmasini ifodalash uchun: ёш>йош, ё³>йо³, ёрдам>йордам, аёл>айол, пиёз>пийоз, тайёр>таййор kabi; b) rus tilidan o‘zlashgan ba’zi so‘zlarda o tarzida aytiladigan fonemani ifodalash uchun: самолёт>самольот, счёт>счьот, режиссёр>режиссьор, актёр>актьор kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra rus tilidan o‘zlashgan bunday so‘zlar o harfi orqali`   yoziladi. Qiyoslang: режиссёр-rejissor, суфлёр —suflor kabi.

Юю harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) so‘z yoki bo‘g‘in boshida qo‘llangan, shuningdek o‘zicha bo‘g‘in hosil qiladigan yu fonemalar birikmasini ifodalash uchun: юз>йуз, юк>йук, юрт>йурт, юлдуз>йулдуз, уюшма>уйушма, июль>ийуль, юрак>йурак kabi; b) rus tilidan o‘zlashgan ba’zi so‘zlarda u tarzida aytiladigan fonemani ifodalash uchun: бюджет>бьуджет, брошюра>брошьура, сюжет>сужет kabi.

lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra bunday so‘zlar u harfi orqali yoziladi. qiyoslang: бюджет — budjet, брошюра - broshura, дюжина- dujina, дюйм - duym, сюжет - sujet, шлюз - shluz, стюд— etud kabi.

Яс harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) So‘z yoki bo‘g‘in boshida qo‘llangan, shuningdek o‘zicha bo‘g‘in hosil qiladigan ya fonemalar birikmasini ifodalash uchun: спро³>йапро³, схши>йахши, жиск>жийак, суск>суйак, сшил>йашил, носбрь>нойабрь kabi; b) rus tilidan o‘zlashgan ba’zi so‘zlarda bo‘g‘in o‘rtasida kelib a tarzida aytiladigan fonemani ifodalash uchun: октсбрь>октьабр, сентсбрь>сентьабр, отрсд>отрьат  kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra bunday so‘zlar a harfi orqali yoziladi. qiyoslang: октсбрь - oktabr, сентсбрь - sentabr, отрсд - otrad, шлспа — shlapa kabi.


Qayd etilgan


Ansora  27 Oktyabr 2010, 15:19:47

Undosh fonemalarni ifodalovchi ba’zi harflarning imlosi

1.   Bb harfining imlosi: a) ba’zi so‘zlarning oxirida jarangsiz p tarzida aytilsa ham b yoziladi: maktab>maktap, javob>javop, kitob>kitop, yozib>yozip, olib>olip kabi; b) ba’zi so‘zlarning boshida m tarzida aytilsa ham b yoziladi: bunday>munday, bo‘yin>mo‘yin, burun>murun, buyum>muyum kabi.

2.   Jj harfining imlosi: a) qorishiq portlovchi dj undoshini ifodalash uchun yoziladi: javob>djavob, jadval>djadval, jazo>djazo, jamoa>djamoa, janub>djanub kabi; b) sirg‘aluvchi j undoshini ifodalash uchun yoziladi: ajdar, gijda, mujda, jurnal, jyuri, projektor kabi;

3.   Nn harfining imlosi: a) so‘z o‘rtasida b, p, m lab undoshlari bilan yonma-yon kelganda m tarzida aytilsa ham, har vaqt n shaklida yoziladi: shanba>shamba, sunbul>sumbul, manba>mamba, yonbosh>yombosh, aylanma>aylamma kabi; b) so‘z o‘rtasida k, g, q, g‘ undoshlari bilan yonma-yon kelganda, ng tarzida aytilsa ham n yoziladi: ko‘lanka>ko‘langka, alanga>alangga, chanqamoq>changqamoq, qo‘ng‘iroq>qo‘ngg‘iroq kabi.

4.   Xx va Hh harflarining imlosi: a) x harfi qattiq talaffuz etiladigan chuqur til orqa undoshi o‘rnida yoziladi: xabar, xayol, xaloskor, xiyobon, paxta kabi; b) h harfi yumshoq talaffuz etiladigan bo‘g‘iz undoshi o‘rnida yoziladi: havo, hayot, bahor, tahlil, sohibkor kabi.

Qayd etilgan