Ovqatlanish madaniyati  ( 26614 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Saliha  13 Noyabr 2010, 13:31:08

Sabzavotlarni haddan tashqari ko'p yeyishning zarari haqida!


1.Piyozni ko'p yesa,ko'zlarga ziyon yetkazadi.

2.Sarimsoqni ko'p yesa,harorati oshib kasal bo'p qoladi.

3.Baqlajon ko'p yesa,bavosil va bosh og'riq kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin,ularni esa davolash qiyin,shuning uchun haddan tashqari ko'p yemaslik yaxshiroq.

4.Kashnichni ko'p yesa,har xil kasalliklar keladi va xotira butunlay barbod bo'lishi xafi bor.

5.Shivitning issiq mijozli kishilar ko'p yesa, har xil kasalliklarni qo'zg'aydi.

6.Oshqadi(oshqovoq)ni soviq mijozli kishilar ko'p yeyishmasin (mutloq),chunki bod kasalliklari bo'lsa qo'zg'aydi.

7.Yalpizni ko'p ovqatlarga solib yeyilsa,issiq mijozli kishilarga zarar keltiradi.

8.Sholg'om ko'p yeyilsa ham ba'zi joylariga zarar qiladi

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  13 Noyabr 2010, 22:49:13

Ассаламу алайкум!
Азийзларим жуда бир схши мавзу бошлабсизлар.
Аммо ҳар қайси-ки, мавзуда фойдалик маълумотларни тақдим стишни ксзлаган бслсак, узундан-узоқ мақолани сқувчи қаршисига қсйиб қсйиш, сйлашимча у қадар фойда бермайди. Асли ичида дуру-гавҳар фикрлар бслса ҳам! Кспчилик сқувчи вақти сабаб, сна бошқалар мақоланинг кспчилигин ксриб, кейинроқ сқишни қасд қилиб, бесътибор қолишади. Шу нарсаларни инобатга олган ҳолда, сзимиз ва сзгалар учун манфаатидан умид қилинган маълумотлар ба қадри имкон қисқа, қисқа аммо тез тез жойлаб турилса, иншоАллоҳ схши бслади.

Шу сринда айтиш жоиз-ки, таомланиш одоби жиддий сътибор қаратилиши лозим бслган ста муҳим илмлар сарасига киради. Чунки, айни шу тсғри овқатланиш ҳаётимизнинг қандай тарзда кечишига ҳам катта таъсир ксрсатади.
Ҳақ Таоло ҳар биримизни Аабавий одоб ила таом емоғимизни насийб айласин!

Qayd etilgan


yoqutxon  15 Noyabr 2010, 23:25:29

 :as:
Ovqatlanish madaniyatini buzuvchi omillardan  ba'zilari bu ovqatni ko'pchilik yonida chapilatib yeyish, choy ichganda sho'rillatib ichishlardir :7  Ovatlanayotganda birinchi navbatlarda shunga e'tibor berish kerak deb o'ylayman. Ovqatni yoningizdagi odamning ishtaxasini bo'g'masdan,madaniyat bilan yeyish zarur.Bu juda muhim.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  16 Noyabr 2010, 14:53:19

Волидамиз ва отамиз ақлимизни таниб, турли одобларни сзлаштиришга лаёқатли бсла бошлаганимиздан сснг турфа муносабатлар билан сгитлар бериб боришарди. Шундай сгитларнинг ҳеч ёдимдан чиқмайдиганларидан бири таомланишга боғлиқдир. Балким, таомланиш ксп такрорланиб, ксп бор оила бир даврада йиғилиб тургани учунми.
Хуллас, ёш боламан. Дастурхонда стириб чап қслим ила нон ейман. Вазистни кузата туриб, отам "Ўғлим, овқатни снг қслда ейилади"-дейдилар.
-"Аима учун, дада"(кспчилик болаларга схшаб, сабабини билашга қизиқиб, савол бераман)
-"Чунки, чап қслда "чапақайлар" таомланишади"
-"Чапақайлар кимлар"
-"Сиз хсп деб овқатингизни енг, совуб қолади, буни кейин билиб оласиз"-деб қссдилар.
Аста-секин йиллар стиб, тушунчамиз кенгайиб, "чапақайлар" съни, асли снг қслда қилиниши лозим бслган ишларни чап қслда қиладиганлар шайтонлар сканлигин фахмладик. Авваллари ҳамма ишни снг қслда қилсак, чап қслда нима қиламиз дердик, Меҳрибон Аллоҳ чап қслнинг ҳам сз вазифалари борлигин англатди.
 Бу ёзганларим балким аллақачонлардир сзлаштириб бслинган нарсалардир. Аммо мен бу ҳолатга ҳозирда ҳам жуда ксп бор дуч келаётганим учун айтдим. Анимиздаги чапақайларга айтайлик снг қслда таом ёйишсин. Зеро, бу Аабавий аҳлоқдир.
Ибн Умар   :ra: дан ривост қилинади:
"Аабий   :sw::
"Қачон бирингиз еса, снг қсли билан есин. Қачон бирингиз ичса, снг қсли билан ичсин. Чунки шайтон чап қсли билан еб, чап қсли билан ичади", дедилар".
Муслим, Абу Довуд, Термизий ривост қилишган.

Qayd etilgan


azizbek_mx  16 Noyabr 2010, 22:05:20

Mening ukam ham chapaqaylar sirasidan. aslida tug`ma emas, bir-ikki yoshlar atrofida akalarim sharofati bilan yiqilib, o`ng qo`li singan ekan, buni hech kim sezmagan, keyinchalik aniqlanib ertasi kuni gipslanganmi, bir nima bo`lgan (u payt men ham juda kichkina edim, 3-4 yosh bo`lsam kk). Xullas, u ham har ishni, yeyish-ichishni ham chap qo`lda qilardi. InshaAlloh, ota-onamiz tarbiyani yaxshi olishdi, har yumush chap qo`lda bo`lsa ham yeysh ichish, tahorat va  shu kabi farz amallar o`ng qo`lga o`rgatildi. Lekin juda sho`x bola, qayerga bormasin, davrani o`ziga qaratib, hammaga kulgi ulasha oladi. Iloyim umri uzun bo`lsin, bolada, ba'zida urishib ham turaman, doriada ushlab turish kk deb o`ylayman.

Qayd etilgan


Habib  17 Noyabr 2010, 10:42:05

Assalomu Alaykum.
Qizchamni shifokorga olib borganimda chapaqayligi aniqlandi. Kamina ham yoshligida chapaqay edida ;) Esimizni tanib, chap qo'lda ish qilishdan, u bu narsa yeyishdan qaytdik ;) Alhamdulillah. Endi qizimizni ham shunga o'rgatamiz nasib qilsa.

Qayd etilgan


Saliha  18 Noyabr 2010, 12:01:49

 :bsm:
Hamma bilishi shart!!!!


Hazrat Yahyo (a.s) Iblisdan : Hech menga g’alaba qilgan lahzang bormi?-deb so’rabdi. Shunda Iblis Yo’q, hech senga golib kelmaganman. Lekin sening bir xislating bordirki, undan men juda xursandman-deb javob beribdi. Hazrat Yahyo (a.s) bu qanday xislat ekan?-deb so’rabdi. Shunda Iblis aytibdiki, sen ko’p ovqat yeyishni xushlaysan. Shuning uchun ogir bo’lib qolasan, natijada mustahab namozlaringni tark qilasan. Men ana shu ko’p ovqat yeyishingdan xursand bo’laman, debdi. Shunda hazrat Yahyo (a.s) Men bundan boshlab Alloh bilan ahd qilamanki, to Parvardigorim bilan muloqot qilmagunimgacha (umrim boricha) ovqatni to’yib yemasman. Shayton aytibdiki,Men ham o’zimga o’zim so’z beramanki, hech mo’min banda bilan muloqotga kirmasman.

(Safinatul bihor; 103/1)

Ovqatlanish odobi
1.  Ma’rifat bialn ovqatlanish;

2.  Rozi bo’lib yeyish;

3.  Bismilloh ni aytish;

4.  Shukr qilish;

5.  Ovqatdan oldin qo’llarni yuvish;

6.  Chap oyoqqa ogirligini solib o’tirish;

7.  Barmoqlarini tozalash (ovqat qoldiqlaridan);

8.  O’z oldidan olib yeyish;

9.  Kichik luqma olib yeyish;

10.  Ovqatni yaxshilab chaynash;

11.  Odamning aftiga tikilmasdan yeyish;

12.  Qaynoq ovqat yemaslik;

13.  Kam ovqat yeyish;

14.   Ovqat yeyishdan oldin ozgina tuz yalash;

15.  Ko’cha kuyda ovqatlanmaslik;


Ovqatlanishning o’n ikkita sifati bordirki ularni har bir musulmon odam bilishi shart. Bu qoidalardan to’rttasi vojib, to’rttasi mustahab va qolgan to’rttasi esa ovqatlanish odobi hisoblanadi.Vojiblari quyidagilardir:

davomi bor....

Qayd etilgan


Firdavsiy  23 Noyabr 2010, 13:46:04

davomi..

1.  Kim rizq berayotganini (ya’ni Alloh rizqlantiruvchi ekanligini) bilish;

2.  Berilgan rizqqa rozibo’lish;

3.  Bismillohni aytish;

4.  Shukr qilish;

Quyidagilar esa mustahab hisoblanadi:

1. Ovqatdan oldin tahorat qilish;

2. Chap oyogiga ogirlikni solib o’tirish;

3. Uch barmoq bilan ovqat yeyish;

4. Barmoqlarni tozalsh;

Quyidagilar ovqatlanish odobi hisoblanadi:

1.  Kichik luqma olib yeyish;

2.  O’z oldidan olib yeyish;

3.  Yaxshilab chaynash;

4.  Birovga ovqat yeganda  tikilmaslik

Ko’p ovqat yeyishning ofati haqida

1.  Odamning fikrini o’tmaslashtiradi


Ali (a.s) aytgan edi:  Biro dam ham ko’p ovqat yeyuvchi va ham ziyrak bo’lishi mumkin emas;

2.  Qalb qattiqligi;



Rasuli Akram (s.a..v) aytgan edilar: Kim ko’p yeb —ichadigan bo’lsa bagri tosh odam bo’lib qoladi;

3.  Turli kasalliklarga  giriftor bo’lish;



Ali (r.a) aytgan edi: Doim to’yib ovqatlanish turli kasalliklarni keltirib chiqaradi;

4. G’aflatga uchrash;


Hazrat Masih (a.s) bunday degan edi: Ey bani Isroil! Ko’p ovqat yemanglar. Ko’p ovqat yeyish ko’p uxlashni keltiradi. Ko’p uxlash esa namozni ozaytiradi. Namozi kam bo’lganlar esa gofillardan hisoblanadi.

5. Tugyonga ketish;



Imom Boqir (r.a) aytgan edi: Qorin to’ysa tugyonga ketadi.





Qayd etilgan


Saliha  09 Dekabr 2010, 14:32:13

Inson hayotida vitaminlar organizm uchun muhim rol o‘ynaydi. Qaysidir vitaminlarni yetishmasligi oqibatida organizmda kasallikka moyillik uyg‘onadi. Ayollar uchun esa qaysi vitamin nima uchun kerakligini bilish nihoyatda zarur. Vitaminlar va kosmetologiya o‘zaro uzviy bog‘liq. Organizmingizdagi o‘zgarishlarga qarab qanday vitaminlar yetishmayotganligini bilib olasiz. Shunga qarab o‘z taomnomangizni tuzishingiz mumkin.

 

Vitamin A: Bu vitamin teri, sochlar va tirnoqlar uchun juda kerakli. A vitamini yetishmasa teringiz dag‘allashadi, teri tez quruqshab, ko‘chadi. Sochlaringiz quruqshab, tez sinadigan bo‘lib qoladi. Bu vitamin baliq yog‘i, buyrak, jigar, sabzi, o‘rik va qarolida ko‘p bo‘ladi.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  19 Yanvar 2011, 00:39:12

Parhezga o'tganimga mana 22 kun bo'ldi. Orada ochlik ham qilib turibman, Pol Bregg ko'rsatmalari bo'yicha, buni yaqinda bir birodarimiz tavsiya etdilar, Alloh rozi bo'lsin birodarimizdan.
"Asab shikastlangan bo'lsa meditsina sizga yordam bera olmaydi, o'zingizni o'zingiz davolay olasiz, tabiiy ovqatlanish va parhezga o'ting..." deganda hayron qoldim, ovqatlanishim yomon emasku deb. keyin bildimki har kuni ko'plab zaharlarni yutayotgan ekanman.
To'g'ri avval ham ko'p yemasdim, biroz to'laligim bu semirtiruvchi dori-darmonlar (avtohalokatga uchraganimda 17kunlik ovqatsizlikdan tanamda yog' qolmagan ekan) va antibiotiklar ko'p olganimdan, va ko'p o'tirib ishlaganimdan deb bilaman.

Ochlik va parhezni alhamdulillah juda katta nafi tegyapti, avvalo ovozim ochildi, tutilib qolish ham ketdi, yurak atrofidagi og'riqlar ham ketdi, kayfiyat juda ko'tarinki, hayotdan hafa bo'lish yo'q, g'ayrat jo'shib turibdi.
22kun davomida faqat bir marta quyuq ovqat - osh yedim. Shunda ham kungaboqar moyidan qildim, qo'y go'shti o'rniga baliq go'shti soldim (chunki baliq go'shtida holesterin juda kam), tuz umuman solmadim...
Qolgan vaqtlarda sholg'om va qizilchani qaynatib, har hil sabzavotlarni esa homicha istemol qilyapman, mevalar ham kunda 2-3 bor.
Barchaga sog'lom ovqatlanishni, vaqti-vaqti bilan ochlik qilib turishni tavsiya etaman. Hech bir odam sog'lom emas, shuni tushunib yetishimiz kerak, dard ichimizda to'planib keyin birdan ko'pirib chiqadi.

Kundalik taomnomamizdagi asosiy zaharlar:
1. Yog'. Yog'da katta miqdorda holesterin bor. Bu esa yurakka bosim o'tkazadi, qon aylanishi buziladi, qonda holesterin miqdori oshib ketadi, yurak atrofini yog' bosadi, odam hansiraydigan, tez charchaydigan bo'lib qoladi.
2. Tuz. Biz har bir ovqatimizga qoshiqlab tuz solamiz, bilmaymizki tuzni insonga zarracha foydasi yo'q, aksincha suyaklarimizni "gipslab" tashlaydi. Buyrak, qovuqda esa toshlar yig'ilishiga sabab bo'ladi. Suyaklarimiz mo'rtlashib tez sinadi... Ayrim go'shtli a'zolarimizda esa tuz yig'ilib qolib og'riq beradi, va yana ko'plab ziyonlari bor.
3. Kofein. Shokoladlar, kofelarda kofein moddasi anchagina bor. Bu yurakka kuchli bosim o'tkazadi. Kofe ichgan odam huddi kashanda sigareta chekkani kabi biroz dam oladi, lekin yarim soat o'tmay yurak bezovta bo'la boshlaydi, asablar buziladi. Kofein katta dushmanimizdir.
4. Shakar. shu bilan murabbolar, marmaladlar, muzqaymoqlar, shokoladlar, konfetlar, kompotlar, mevali (shakar qo'shilgan) sharbatlar, pirojniylar, qandolat mahsulotlaridan chetda bo'lishimiz lozim, chunki bularda katta miqdorda shakar bo'ladi.
5. Krahmal. Krahmal oshqozonda hazm bo'lmaydi, aksincha ichaklarga yopishib qolib oshqozonni qiynab qo'yadi. Shuning uchun oliy navli unlardan chetlandim, tabiiy, qayta ishlanmagan tegirmon unidan non qilib yemoqdamiz. halq tilida Zog'ora non ham deyilsa kerak.
6. Konservalar, dudlangan yaxna go'shtlar (qazi qarta, kolbasalar), sut mahsulotlaridan pishloq, qaymoq, yog'lar ham zararli.

Qayd etilgan