Bismillohir rahmonir rahiym! O'n sakkizmin olamni yaratguvchisi Yaratgan egam ALLOHga behisob hamdu sanolar va Uning rasuli Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v. salovatu durudlar bo'lsin!
Hurmatli forum a'zolari! O'z tabrigimni qalb satrlari bilan bezatilgan, dil izhorlari orqali siz azizlarga yo'llamog'likni joiz deb bildim!
Muhtaram va muhtarama qalbida iymoni, qo'lida Qur'oni, o'qigani namoz, so'zlagani hadis, izlagani ilm, istagani Jannat, hayoti ibodatda, hayoli itoatda, dini Islom, o'zi Musulmon, Robbi ALLOH, payg'ambari Muhammad (S.A.V.), qiblasi Kaaba, ayyomi Jum'a, so'ragani mag'firat, tilagani shafoat, zikri tasbeh, fikri maqbul bo'lgan Dindosh birodarlarim Iydi Qurbon Hayit ayyomi muborak!!!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin! Xonadonlaringizdan fayzu barokat arimasin! Yaqinlaringizga quvonch, bir-biringizga ishonch ato etishligini Yaratgan egam ALLOHdan so'rab qolaman! Dunyodagi barcha ezgu niyatlar va ezgu tilaklar sizlarga yor bo'lsin! ALLOHim ato etgan umringiz mazmunli va barokatli, eng asosiysi Yaratguvchimiz ALLOH uchun ibodatga boy bo'lishini so'rab qolaman!
Hayit ayyomida masjidlarga borib namoz uqiydigan oka-ukalarizmizga hamda barcha mo'min musulmon birodarlarga, birinchi bosgan qadamlariga qilgan gunohlaridan biri mag'firat bo'lishligini, ikkichi quygan qadamlariga ajru savoblar ato etishligini tilayman!
Hayit ayyomida ALLOH uchun bir birlarini ziyorat qiladigan opa-singillarimizga va barcha mo'mina muslima onaxonlarimiz va dindoshlarimizga, inshaALLOH Jannatda ham bir birlarini ko'rishligini Yaratgan egam ALLOHdan so'rayman!
Hurmatli forum a'zolari, muhtaram oka-ukalar va muhtarama opa-singillar, ahli islom birodarlar! Bilaman, ko'pchiligimiz bir-birimizni ko'rmaganmiz, tanimaymiz, bilmaymiz. Bir-birimiz bilan ko'rishib qolsak bu baxt! Agar uchrasha olmasak yanagi yil Hayit ayyomida hech bulmasa manashunday, g'oyibona diydor ko'rishishlik nasib etsin!
Bizlarni bog'lab turgan, Robbimiz ALLOH, Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v., Kitobimiz Qur'on, Dinimiz Islom va qalbimizdagi Iymonimiz ekanligi eng katta baxtdir!
Hurmatli forum a'zolari sizlar bilan inshaALLOH go'zal Jannatda Yaratgan egam ALLOHning nurli jamoliga nazar solmog'lik nasib aylasin!
Yana bir bor Ayyomingiz muborak bo'lsin! Kamoli ehtirom ila duolaringiz qurshovida Shoxruh Mirzo. As-salomu alekum va rahmatullohu va barakatuhu!