''Qiziqish''Aslida bu nima o'zi? Bilasizmi?  ( 14531 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B

Aqoid  03 Yanvar 2011, 18:06:21

mana masalan, yerda bir tosh yotibdi. Shu tosh ostida nima borligini bilgingiz keladi. Ana shunda uni ostidan bir giyoh chiqadi. Shu giyoh dunyo yuzini ko'rishiga hissa qo'shdingiz. Yoki u toshni olib tashlolmadingiz deylik, shunda ham mazza qilasiz. Negaki, tosh ostida nima borligini bildingiz-ku!

Hamma qiziqishlarni ohiri ham yahshi bo`lavermaydi, Inson o`ziga kerakli narsalarga qiziqish kerak. O`sha toshni orqasidan Ilon ham chiqishi mumkinku...
Ehtiyot bo'lib qiziqish kerak-da, qiziqishga.

Qayd etilgan

jasur.best  03 Yanvar 2011, 21:45:21

albatta. har doim ham ma'lumotlar foyda keltiravermaydi. Lekin shu ilon chiqishi ham mumkinligini bilim oldik-ku!..

Qayd etilgan

Aqoid  03 Yanvar 2011, 22:01:08

Hamma o'zini qiziqishi bo'yicha fikr yurityapti menimcha. O'sha toshga men umuman qaramasligim ham mumkin. Ilon ham giyoh ham toshning tagida qoloradi. Mening pravam bor, lekin avtoga umuman qiziqmayman, kimlardadur aksi.

Qayd etilgan

jasur.best  03 Yanvar 2011, 22:21:16

hamma qiziqishni har xil tushunadi shekilli

Qayd etilgan

azizbek_mx  04 Yanvar 2011, 07:59:27

Menimcha qiziqishning qandayligi emas, nimaga qaratilishi muhim. Masalan, uka singillaringiz nimalarga qiziqadi? Ularni ertak yoki badiiy kitoblarga qiziqishlarini orttirish kerak. Har bir qiziqish - bir nomalum orol yoki yangi sayyora. Uni har bir qiziquvchi o'zi uchun yangitdan kashf qiladi. Ana shu orol yoki sayyoraga bgan qiziqishlari bn qiziqib ko'rib, oxir oqibati qanday bo'lishini mushohada qilish, natijaga ko'ra qiziqishni qo'llash yoki bu yo'ldan qaytarish kerak. Har bir o'smir qonida qiziqish hissi bo'ladi. Har kim har narsaga - kimdir kitobga, kimdur kinoga, kimdur komp.ga, kimdur komp uyiniga, kimdur tamaki sharobga, va h.k.lar... Ana shunga qarab qiziqishning oxiri hamisha ham yaxshilik bn tugamasligini his qilishimiz va boshqalarga ham o'rgatishimiz kerak. Bular mening fikrlarim. Avval takrorlangan yoki noto'g'ri yozilgan bsa ma'zur tutasiz...

Qayd etilgan