Ibratli hikoyatlar  ( 60654 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Robiya  19 Dekabr 2007, 11:09:45

  Arab ulug’laridan Talxa nomli bir boshliq muhim bir ishni hal qilish niyati bilan Kays qabilasiga kelib, u qabila raisi Malib ibn Avfning mehmoni bo’ldi. Malik mehmonning kimligini bilmagani, uni tanimagani uchun mezbonlikni ko’ngildagidek yaxshi bajarmadi.
  Ertasi kuni Talxa o’z uyiga qaytganidan keyingina, Malik mehmonnig kimligini bilib, mezbonlikni yaxshi bajarmagani uchun pushaymon qildi.
  Darhol Talxaga:
-   Men sizni tanimaganim uchun martabangiz, obro’yingizga munosib bo’lgan xizmatni bajo keltirmadim, mezbonlik vazifasini yaxshi bajarmadim, shuning uchun juda ham xijolatdaman. Bu gunohimni kechirasiz deb, umid qilaman. Uzrxohlar uzrini qabul qilish karamingiz shevasidir, - degan mazmunda xat yozdi.
  Talxa xatni olib, unga shunday javob yozdi:
-   Uzringni qabul qildim, ko’p tashvishlanma, uzrxohlarning uzrini qabul qilish mening eng sevimli ishimdir, qilgan ishingdan also xijolat chekma, ko’ngilsiz bo’lma.
  Bayt:
                  Chun nadomat mashriqidin uzr subhi ursa dam,
                  Tun qorong’usi kabi barcha gunoh bo’lg’ay adam.

 Ammo "œmen sizni tanimadim degan so’zing to’g’ri emas, noma’qul va karam shevasidan uzoq bo’lgan so’zdir, chunki mehmonnavozlikda e’zoz va karam har kimga birdekdir. Hamma yerga quyosh kabi bir tekis da nur sochish, hamma joyga bir ravishda yog’ish mezbonlik shartidir. Mehmonnavozlikda hammaga bir xil, bir tekisda qarash lozim ekanini mezbon unutmasin.
  Talxaning javob xatidan Malik juda ta’sirlanib, unga yana uzr so’rab xat yozdi.

Qayd etilgan


Robiya  28 Dekabr 2007, 13:36:52

Qilgan gunohlarini arz etib tavba — tazarru qilish uchun ikki xotin nuroniy bir chol huzuriga keldilar. Bulardan biri hali yosh, ikinchisi esa qirq — qirq beshlarga kirgan o’rta yoshli xotin edi. Yosh xotin o’zining zo’r gunohli ekanini bilib, shu qilgan gunohi uchun qayg’urardi. O’rta yoshli xotin esa o’zini xudojo’y hisoblab, ba’zi mayda — chuyda gunohlardan bo’lak zo’r gunoh qilmaganiga ishonardi va shuning uchun o’z holidan mamnun edi.
  Chol ikki xotinning har biridan qanday umr kechirganini so’radi. Yosh xotin ko’zlaridan yosh to’kib:
-   Men juda zo’r gunoh qildim, erim bilan urishdim, qattiq — qattiq so’zlar aytib, uning ko’nglini vayron qildim, - dedi. O’rta yoshli xotin:
-   Men xudojo’y xotinman, ehtimol ba’zi mayda — chuyda gunoh qilgan bo’lsam kerak, bularni eslay olmayman, ammo zo’r gunoh qilmaganimga ishonaman, mayda gunohlarimga tavba qilsam bas, - dedi.
  Chol bularning so’zlarini diqqat bilan tinglab, yosh xotinga:
-   Mana shu bog’chaning chetida anchagina katta — katta toshlar yotibdi. Shulardan o’zing ko’tara oladigan bir toshni olib kel, - dedi.
  Xudojo’y o’rta yoshli xotinga:
-   Sen har qayerdan mayda toshlarni terib olib bir xaltaga solaver, xaltang to’lgandan keyin olib kel, - deb buyurdi.
  Xotinlar chol buyrug’ini bajardilar. Yosh xotin katta bir toshni, o’rta yoshli xotin esa bir xaltaga to’la mayda toshlarni keltirdi. Chol har ikkala xotinning keltirgan toshlarini ko’zdan o’tkazgandan keyin ularga:
-   Endi keltirgan toshlaringizni o’z joylariga eltib qo’yib, keyin mening yonimga qaytib keling, - dedi va mayda toshlar keltirgan o’rta yoshli xotinga:
-   Sen har qaysi mayda toshni qayerdan olgan bo’lsang, uni o’z joyiga qo’y, - deb alohida ta’kidladi.
  Xotinlar toshlarni olib ketdilar. Katta tosh keltirgan yosh xotin toshini yanglishmasdan joyiga eltib qo’yib, darrov chol yoniga qaytib keldi. O’rta yoshli xotin esa har bir toshni qayerdan olganini bila olmay garang bo’ldi. Chol har iki xotinga qarab:
-   Gunohlar ham shu toshlar kabi katta yoki kichik, mayda bo’ladi. Mayda gunohlarga e’tibor bermasak, keyinchalik katta gunohlar qilishga o’tamiz. Shuning uchun mayda gunohlarni unutmaylik, - dedi va yosh xotinga:
-   Sen og’ir toshni qayerdan olganingni esingdan chiqarmay, yana o’z joyiga eltib qo’yding. Shunga o’xshash qilgan aybing, gunohingni ham unutmay qayg’urding, vijdonan azoblanding, tavba qilding, shu bilan gunoh shumligidan qutulding, - deb qo’shimcha qildi- da, xudoj’oy xotinga:
-   Sen mayda toshlar o’rinlarini unutganing kabi mayda gunohlaringni ham unutgansan, asta — sekin gunohlar loyiga botganingni ham sezmay qolgansan, tavba qilmay shu kungacha gunohli umr kechirgansan, ko’rdingmi, yosh xotin qilgan gunohiga iqror bo’lib yig’lab tavba qildi. Xudojo’ylik amalsiz bo’lsa, unga e’tibor berilmaydi. Kel, katta — kichik hamma gunohlaringga tavba qil, bundan keyin hech gunoh qilmaslikka ahd qil, - dedi.
  Nuroniy cholning so’zlari bu xudojo’y xotinga qattiq ta’sir etdi. Yig’lab hamma gunohlaridan tavba qildi. Shundan keyin har ikki xotin cholning odob, axloq haqidagi pand — nasihatlarini tinglab, u bilan xayrlashib uylariga qaytdilar.


Qayd etilgan


Robiya  03 Yanvar 2008, 12:45:05

Bir aziz mo’tabar odam bir yigitning ota — onasiga qilgan xizmatlarini eshitib uni ziyorat qilmoqchi bo’ldi. Bu yigit qassob edi. Mo’tabar odam qassobchilik bozoridan u yigitni izlab topdi. U bilan ko’rishib, hol — ahvol so’rashgandan keyin:
-O’g’lim, men musofir bir kishiman, agar qabul qilsangiz, bu kechani sizning uyingizda o’tkazsihni istayman — dedi. Yigit mo’tabar odamning iltimosini jonu dil bilan qabul etdi, kechqurun do’konini berkitib, u bilan birga uyga qaytdi.
  Uyning bir chekkasidagi to’shakda qarilikdan juda kichkina bo’lib qlgan bir chol yotardi. Yigit mo’tabar mehmoniga joy ko’rsatib:
-Aziz mehmonim, qani, bemalol o’tirib dam oling, to’shakda yotgan muhtaram chol mening otam bo’ladilar. Onam yaqinda vafot etdilar. Otamga mendan boshqa qaraydigan kishi yo’q. Har kuni aziz otamning xizmatlarini qilib, keyin ishga ketaman, - dedi. Yigit darhol sho’rva pishirishga kirishdi. Ovqat tayyor bo’lgach, bir kosachada sho’rva olib otasining yoniga keldi. Uning boshini sekingina ko’tarib sho’rvani ichirdi. Yigit, chol otasini uxlatib xotirjam bo’lgandan keyin mehmon uchun dasturxon yozdi. O’ziga ham, mehmonga ham sho’rva keltirdi, birgalashib ovqatlandilar. Mo’tabar mehmon:
-O’g’lim, sen otangni to’ydirib, yuvib — tarab o’rniga yotqizganingdan keyin u og’zini qimirlatib turdi; shu bilan u nima demoqchi edi? — deb so’radi.
-Men har vaqt otamni ovqatlantirganimdan keyingina o’zim ovqatlanaman. Agar undan avval ovqatlansam, ota hurmatini bajo keltirmagan tarbiyasiz, adabsiz o’g’illardan hisoblanardim. Otam mendan juda rozidirlar. Taomdan keyin og’zilarini qimirlatib shukur etadilar va mening haqimga duo qiladilar. Marhuma onam ham mendan rozi edilar. Doimo haqimga duo qilardilar, - dedi yigit.
  Mo’tabar odam yigitning so’zlarini eshitgach, ko’zlariga yosh olib:
-Barakalla, o’g’lim! Sen haqiqiy farzand ekansan. Ota — ona hurmatini unutgan farzandlar sendan ibrat olsinlar. Ofarin, o’g’lim. Ota — onangga qilgan xizmatingni xayrli ajrini ko’rasan, - dedi va yigit haqiga duo qildi. Ertasi kuni ertalab, yigit bilan xayrlashib o’z yo’liga qaytdi.
  Aziz farzandlar, ota — oangizni hurmat qilishni aslo esingizdan chiqarmang. Ota — onangizga qanday muomala qilsangiz, kelgusida o’z farzandlaringizdan shunday muomalani ko’rishingiz aniq.




Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:31:20

Farzand ota-ona ziynati.
  Qadim zamonda bir shahar boshlig’ining xotini shahardagi mo’tabar odamlarning xotinlarini ziyofatga da’vat qildi.Mehmonlar tayin qilingan vaqtda tashrif buyurdilar,o’rindiqqa o’tirib,ovqat kelguncha,o’zlarining qimmatbaho kiyimlari,zirak,uzuk,zebigardon kabi taqinchoqlar haqida so’z yuritdilar,juda qimmatli ziynat asboblariga ega bo’lishlari bilan faxrlandilar.
  Shu vaqt sodda kiyim kiygan,ziynat asboblarini taqmagan bir yosh xotin kirib keldi.Bu xotin ziyofat egasining simglisi edi.Salom berib mehmonlar bilan ko’rishdi,keyin bo’sh bir o’rindiqqa kelib o’tirdi.Mehmonlar bu xotin ziyofat egasining singlisi ekanini bildilar,lekin uning sodda ekani,zeb-ziynat narsalarini taqmagani uchun hayron bo’lib undan:
-Nega sodda kiyingansiz?Zirak,uzuk,zebigardon kabi qimmatli narsalaringiz yo’qmi?-deb so’radilar.Uxotin:
-Menda sizlarning qimmatbaholi asboblaringizdan ko’ra qimmatliroq zeb-ziynatlar bor,-dedi.
  Mehmonlar ko’rishni istagan edilar,u xotin tashqariga chiqib bir o’g’il,bir qiz,ikki yosh bolani yetaklab keldi,ularni mehmonlarga ko’rsatib:
 -Mening jonimdan ham qimmatli zeb-ziynatim mana shulardir.Bu do’ndiqlarimni otmning bolalari yoniga qo’yib,sizlarning yoningizga kirgandim.Ayting-chi,ota-ona uchun farzanddan ham qimmatli narsaning bo’lishi mumkinmi?Sizlarning zeb-ziynat deb o’ylagan narsalaringiz farzand oldida hech darajasiga tushib qoladi.Keling,o’ylagan puch ziynatlaringizga emas,sevimli farzandlaringiz tarbiyasiga ahamiyat bering,sevimli do’ndiqlaringizniodobli,axloqli,g’ayratli,jasoratli etib o’stiring,suhbatingiz,fikringiz,zikringiz mana shu to’g’rida bo’lsin.Farzand-ota-ona ko’rki,ziynati,hamma ziynatlarning ziynati,buni esdan chiqarmang,-dedi.
  Bu oqil,dono xotinning haqqoniy so’zlaridan mehmon xotinlar ta’sirlanib,sukut etib o’ylab qoldilar.

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2008, 12:44:05

Илм бойликдан устундир

Бир вақтлар Мисрда ака-ука сшар сди. Бири илм срганди, бири сса бойлик орттирди. Илм сргангани сз замонасининг снг буюк олими бслди. Унинг укаси сса Мисрнинг снг бадавлат кишиси бслди. Бой бслган ука фақир бслиб қолган илмли акасига менсимай қарар, уни доим камситарди.

-Мен бой бслдим, буюк салтанат сгаси бслдим. Сен сса фақир ва йсқсил, мискин ва ночор қолдинг,-дер сди. Олим бслган акаси унинг ссзларига ҳеч сътибор бермас ва сзини мағрур тутар сди. У бой укасига шундай дерди: - А­й сзини билмаган қардошим ! Тушунмасдан оғзингга келган ссзни гапирма! Мен Жаноби Ҳаққа қанчалар шукроналар қилсам арзийди. Чунки мени сз пайғамбарларига ворис қилди, съни илм давлатини берди. Менинг назаримда илмдан буюк, илмдан фазилатлироқ бошқа нарса йсқдир. Сен сса Фиръавннинг, Хомоннинг ва Қоруннинг меросига сга бслдинг, сен умрингни мол тспламоққа бағишладинг. "Молимнинг бошида чспонлик қилайин, қсриқлайин", деб умринг бесамар кетди. Сен слганингдан сснг сски сополни ҳам олиб кетолмайсан. Шунинг учун сен молингни бошқалар учун тсплагансан. Сенга Аллоҳнинг савол-жавобидан ва азобидан бошқа нарса қолмайди. Мен оёқ остида чирқираган бир қушча каби хокисорман. Сен сса игнанг билан ҳаммани чақадиган, озор берадиган қизил қовоқ ари кабисан. мен инсонларга азоб берадиган қувват бермагани учун Жаноби Ҳаққа қанчалар шукрона қилсам ҳам камдир.

Изоҳ ва сгит

Илм соҳиби меҳр ва ҳурмат ксради, илмдан бенасиб киши сса умрини беҳаловат стказади. Илм, сз соҳиби билан охиратга қадар боради. Бойлик бу дунёда қолади, сгаси сса ҳисобини бера олмаса, жаҳаннамга тушади. Илм инсоннинг шарафини юксалтиради. Бойлик инсонни қсриқламайди. Мол-дунёни сгаси қсриқлайди.

("Ҳикматлар хазинаси"дан)

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2008, 12:53:19

Ikki ovchi

Ikki ovchi ovga chiqishdi. Bir joydan ayiqning uyini topishdi. Ulardan biri ayiq iniga kirdi. Qarasa, ayiq bolasi yotibdi. Xursandligidan qichqirib, do`stiga debdi: "œMen ayiq bolasini ushladim".
Ikki ovchi ovga chiqishdi. Bir joydan ayiqning uyini topishdi. Ulardan biri ayiq iniga kirdi. Qarasa, ayiq bolasi yotibdi. Xursandligidan qichqirib, do`stiga debdi: "œMen ayiq bolasini ushladim".
— Ushlagan bo`lsang, olib chiq, — debdi do`sti.
— Sudrasam yurmayapti, bir balosi borga o`xshaydi.
— Unday bo`lsa, o`zing chiq!
— Ayiq bolasi chiqishimga ham qo`ymayapti. Mahkam yopishib olgan. Bir ilojini qilib, meni qutqar, — dermish.

Qissadan hissa: Qo`lga kiritmagan narsaga oldindan quvonma.

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2008, 12:53:40

Bo`ri bilan ayiq

Bo`ri bilan ayiq orasiga adovat tushdi. Bo`ri hamisha ayiqning payida yurib, bir kuni uni yarador qildi. Ayiq ko`p zahmat tortdi. Tuzalgach, bir qo`yni so`yib, bo`rini mehmonga chaqirdi. Shundan so`ng bo`ri ayiqni qayerda ko`rsa, xijolatdan uyaladigan bo`ldi.

Qissadan hissa: Biror kishi yomonlik qilsa, u odamga avvalgidek muomalada bo`lsa, yomonlik qilgan odam hamma vaqt xijolatda qoladi.

Forschadan Bahriddin Turg`unov tarjimasi.

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2008, 12:59:54

AQL QUDRATI

Qissa.
Nasriddin Afandidan:
— Qanday aqlli bo`lish mumkin? — deb so`radilar.
— Agar yoningda bir aqlli odam gapirsa, — deya javob berdi Afandi, — uning so`zlarini diqqat bilan eshit. Agar seni eshitishsa, o`zing ham diqqat bilan tingla. Ana shunda aqlli bo`lishing mumkin.
Hissa. Fransuz tarixchisi Mabli e`tiroficha, «Insonga xos barcha fazilatlarning eng muhimi va olijanobi aqldir».
O`quvchi va talaba yoshlarimiz eng avvalo muallimlar va ustozlar sabog`ini e`tibor bilan tinglashi va to`la o`zlashtirib olishi, ota-onalar va kattalarning pand-nasihatlarini quloq berib eshitishi, ularga amal qilishi zarur. Faqat darslar va darsliklar bilan chegaralanib qolmasdan, kutubxonalardan qiziqarli kitob va jurnallarni olib o`qish, aqliy tarbiya beradigan teleko`rsatuvlarni tomosha qilish va radio eshittirishlarni tinglab borish ham aqlli bo`lishning zarur omillaridandir.
Ko`rinib turibdiki, aqlli bo`lishning birinchi sharti — bu bilimli bo`lishdir. Sharq donishmandi Abdurahmon Jomiy mana bu baytlarni bekorga bitmagan:
Eng zarur bilimni qunt bilan o`rgan,
Zarur bo`lmaganin axtarib yurma.
Zarurini hosil qilgandan keyin
Unga amal qilmay umr o`tkarma.

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2008, 13:00:10

HAQIQIY DO`ST

Qissa. Birda Afandidan so`radilar:
— Afandi, ayting-chi, hozir qancha do`stingiz bor?
— Qanchaligini ayta olmayman, — dedi Afandi. — Chunki bu yil yerlarimdan yaxshi hosil oldim. Juda yaxshi yashayapman. Do`stlarim boshiga ish tushganda hozir bo`lishadi.
Hissa. Qarang, Nasriddinning javobi donishmandlarga xos, naqadar ma`noli.
Darhaqiqat, boshingga tushgan og`irlikni yengil qiladigan, kulfatli damlarda ham seni tark etmaydigan do`stgina haqiqiy do`stdir:
«Kim g`amli kunda yoru mungdosh bo`lur, shodlik kuningda tag`in yo`ldosh bo`lur» (Farididdin Attor).
Afsuski, yaxshi kunlarda atrofingda girdikapalak bo`lib, yurganlarning hammasini ham do`st deb bo`lmaydi.
Xullas, doimo yodingda bo`lsin:
Yot — yeb to`yguncha,
do`st — o`la-o`lguncha.

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2008, 13:00:21

BARCHA BALO — TILDANDIR

Qissa. Bir yig`inda Nasriddin aytib qoldi:
— Bilasizlarmi, odamga nima uchun ikkita quloq va bitta og`iz berilgan? — so`ng o`zi javob berdi. — Bilmasalaring bilib olinglar: Eshitgan ikki so`zdan faqat bittasini aytsin, deb.
Hissa. Hamma ham gapirishni biladi. Lekin gap bilaman deb, og`izga zo`r bermasligimiz kerak. «Oz demak — soz demak», deganlaridek, har birimiz kam gapirib, ko`proq eshitishni odat qilmog`imiz darkor. «Barcha balo — tildandir», deb bejiz aytilmagan.
Xullas, og`iz bitta — quloq ikkita. Bir marta gapiraylik, ikki marta eshitaylik!

Qayd etilgan