Toshkent uchrashuvlari: 28.11.2010  ( 31125 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


AbdulAziz  27 Noyabr 2010, 09:12:59

28 ноябр кунида учрашувга келиш истагини билдирганлар рўйхати

1. UmmatiY_MuhammadiY (viktorinaning g'oliblaridan biri, qiziquvchan bola)
2. AbdulAziz (Inshaalloh, ertaga saxardan yo'lga chiqamiz)
3. Javik (Anjandan bomdoddan avval yo'lga chiqmoqchi)
4. Al-laziz (Anjandan Javikni qo'riqlash uchun birga chiqadilar)
5. Habib (Alloh rozi bo'lsin, ko'p xizmatlari tegyapti)
6. Muallim (Habib bilan birgalikda kelib qolsalar kerak)
7. Braupov (Mezbon desak ham bo'laveradi, mezbon nima qilish kerakligini bilasiz-a :) )
8. Abdulaziz Toshmatov (Viktorina g'oliblaridan. Afsus Zahabiyning shu kuni Qo'qonda ishlari bor ekan. U kishining hadyalarini ham vaqtinchalik Abdulazizga topshiramiz)
9. Muhammad Amin (svejiy kuyov bola, yaqindagina Qashqadaryodan bir olam sog'inch bilan qaytdilar)
10. AbdurRohman (svejiy kuyovlardan, u kishiyam Buxorodan yaqinda qaytdilar)
11. ORIF (mashhur fotograf, shu kuni ajoyib kadrlar bo'ladi, inshaalloh)
12. Abdumuhaymin (inshaalloh boraman dedilar)
13. Nodirshoh (viktorinaga eng ko'p savol yo'llagan foydalanuvchi)
14. Abdulloh (yaqindagina Buxorodan talabalar festivalidan qaytibdilar)
15. Y_U_R_I_S_T (biram yozish qiyin-ey, bu safar ajoyib reportajlar kutamiz)
16. Nodirbek (talabalik quvonchlari va armonlari haqida gapirib beradilar)
17. Muhyiddin (eng buyuk yalqov (uzr, bo'ydoq demoqchiydim)larimizdan biri)
18. Nuriddin (imkonga qarab boraman dedilar)
19. TITAN-UZ (shu yonga nasib qilgan bo'lsa o'tarkanlar)
20. Foniy (rasmda foniy bo'lsalarda uchrashuvda boqiy bo'ladilar degan umiddamiz)
21. Mo'min Mirzo (otalik baxti, kechasi bola tevratioshning o'ziga xos usullari haqida bemalol maslahat so'rayverasizlar)
22. Ziyovuddin (bu safar qarab turasizlar "gapirvoradi" :) )

Hozircha shular, to'kilmay-so'kilmay yetib kelamiz degan umid ila, studiyada forum administratorio bo'ldi  : )

Qayd etilgan


UmmatiY_MuhammadiY  27 Noyabr 2010, 09:21:24

:bsm:

Чиройли чиқибди, схшатишлар барибир админ админде. Чумчуқ ссйса ҳам қассоб ссйсин дейишадику. Ман спискани бундай тарзда келтирмаган сдим. Абдулазиз ока сса жа маромида келтириб пост қилибдилар.  :jaza: ксриб ҳурсанд бслдим.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  27 Noyabr 2010, 11:19:38

 :as:
Inshalloh biz ham ushbu uchrashuvda ishtirok etishga harakat qilamiz. Zo'r uchrashuv bo'ladiganga o'xshaydi  :7

Qayd etilgan


Akbarjоn  27 Noyabr 2010, 21:33:34

Alloh, Alloh zo'r uchrashuv bo'ladigan chog'i :)

inshaAlloh biz ham borib qolish extimolimiz yo'q emas, imkon nqadar xarakat qilamiz, imkon qadar

Boraolmay qolsam duoda bizni ham esdan chiqarmanglar taqsirlar ;D

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  28 Noyabr 2010, 22:26:39

Учрашувларингиз бслиб сттими?
А­ХХХХ, мен сизлардан хафа бслдим. Аахот-ки, бирон киши телефон қилиб айтмади. Мен бундан бехабар қолибман. Жуда-жуда афсусдаман. А­ссиз! Айниқса, бугун бсш куним сди.

Qayd etilgan


Muallim  28 Noyabr 2010, 22:38:04

:as:
"Биз Исломни биламизми?" викторинасининг IV-Босқичи тақдирлаш маросими сабабидан пойтахтда режалаштирилган навбатдаги "Тошкент учрашувлари" йиғини алҳамдулиллаҳ жуда чиройли тартибда бўлиб ўтди. Учрашувга йигирмадан ортиқ узоқ-яқиндан келган форум аъзолари ва баъзи меҳмонлар ташриф буюрдилар. Аввал режалаштирганимиздек, учрашув айрим сабабларга кўра биз истаган "Замин таомлари" кафесида эмас, балки Аллоҳ хоҳлаган жойда Нукус кинотеатри яқинидаги "Барака" кафесида бўлиб ўтди. Викторина ғолиблари муносиб тақдирландилар. Улардан ташқари викторинада кейинги ўринларни қўлга киритган иштирокчилар, ҳусусан биз ҳам қуруқ қайтмадик. Ҳолис Аллоҳ йўлида биз учун бебаҳо бўлган совғаларни бизларга улашган, бизларни қувонишимизга сабабчи бўлган диндош биродарларимизни Аллоҳ неъматлантирсин. Ота-оналарининг ҳақларига дуо талабида эканлар Аллоҳ муяссар этганча дуо қилдик ва инша Аллоҳ дуодамиз. Аллоҳ Ўзинг ота-онамизни ҳидоят қилмагунингча уларни бу фоний дунёдан жонларини олмагин.
:bsm:

رَبَّنَا اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ الْحِسَاب

"Эй Роббимиз, мени, ота-онамни ва мўминларни ҳисоб қилинадиган куни мағфират айлагин".

Аллоҳ олисдан келган биродарларимизни уйларига соғ-саломат етиб олишларини, кейинги учрашувларда яна шу каби яхшилик ила дийдор кўришмоғлигимизни барчамизга насиб этсин. (амийн)

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  28 Noyabr 2010, 22:44:13

Бир оғиз телефон қилинса бсларди :((((((((((((((((

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  28 Noyabr 2010, 23:24:17

Oshna qo'ying, bola nozik davrda, chillasi chiqsin keyin boshlaysiz Marko Pololikni : )
Kelinni bola bilan qoldirib ketish yaxshimas, kechasi bir o'zi qiynalib qoladi.
Siz hozir kelin bilan bolani o'ylang.
Mana menam hozr bolani tebratib o'tiribman, onasi uhlasin deb

Qayd etilgan


Habib  29 Noyabr 2010, 10:25:39

Assalomu Alaykum.
Хa yuqorida Muallim birodarimiz aytib o'tganlaridek juda yahshi, qizg'in uchrashub bo'lib o'tdi.
Alloh Viktorinaga homiylik qilgan forumdoshlarimizdan rozi bo'lsin! Ota-onalariga Alloh ikki dunyo saodatini nasib aylasin!
Marg'ilondan kelib, shularni tashkillashtirgan AbdulAzizga ham chin ko'ngildan rahmat. Alloh ajrini bersin. Javlonbek, Al-Laziz, sizlarga ham tashakkur. Bizku shu yerdan bordik, sizlar tog' osha, uzoq yo'llardan keldingiz, bu mardning ishi. Shunaqa mard birodarlarimiz bor ekan, biz hursandmiz. Alloh umlaringizga, rizqlaringizga baraka bersin!
Uchrashuvga kelish istagida bo'lgan, lekin uzr ila kela olmagan birodarlarimizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Tan-jonlari salomat bo'lsin.
Viktorinada birinchi o'rinni egallagan Anisa (singlimiz/opamiz)ga alohida minnatdorchilik bildirishga ijozat berasizlar.


Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Noyabr 2010, 10:50:42

Assalomu alaykum!
Kechagi uchrashuv juda mazmunli o'tdi. Unda Uchrashuvlar tarixida eng ko'p user yig'ildi. Ummatiy hikoya qilganidek, "Baraka" kafesining yaxshi joy ekan, tinch, g'ala-g'ovursiz, yana tennis stoli ham bor ekan.

Uchrashuvga tashrif buyurolmagan, lekin telefonda salomlarini yetkazgan Abu Muso aka, Nodirbek, Bahriddin Botirovlarga ham minnatdorchilik izhor etamiz.

Menimcha, hamma mamnun bo'lgan holda uylariga qaytdi.

Uchrashuvda hozir bo'lganlar:

1. Ummatiy_Muhammadiy (Kapalak opa, Ummatiy siz o'ylagan 12-13 yoshli bolakay emas, Bo'yi naqd 1.90 mujik ekan :) )
2. Abdulaziz Toshmatov (Viktorinada 4-o'rinni egallagan, eng ko'p tortishuvlarga va eng ko'z manbalar titkilanishiga sabab bo'lgan savol muallifi)
3. Mahmudjon (vaqtinchalik Bahodir Ashurov vazifasini qoyilmaqom qilib uddaladilar)
4. Nodirshoh (Viktorinda eng ko'p savol bilan qatnashgan user, yosh bo'lsa-da aqlli bola ekan, tezroq o'qishga kirib keting deb niyat qildik)
5. Javlonbek (Nodirshohning do'stlari, Habib ikkovlari offline tanish chiqib qolishdi, lekin qayerda ko'rishganliklarini eslay olishmadi)
6. Habib (Uchrashuvning eng gavdali kishi nominatsiyasi g'olibi)
7. Muallim (Doimo kulib turuvchi user, asosan Ummatiy bilan gaplashishdi)
8. Abdumuhaymin (userimiz ham talaba bo'lishga harakatda ekanlar, omad tilaymiz)
9. Dilmurod (Abdumuhayminning do'stlari, yaxshiyam shu bola "Baraka" kafesini topdi. Aks holda "Zamin taomlari"da xotiunlarning gapi, g'ala-g'ovur, ur-to'polon orasida qolardik :) )
10. Abdulloh (o'sha-o'sha Abdulloh, har narsaga qiziquvchan, har ilmdan xabardor bo'lishga intiluvchan yosh user)
11. Mr.Twister (eng katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan mavzu muallifi, offline uzerimiz, u kishi hech kimdan xafa emasliklari yuzlaridan bilinib turibdi)
12. Y_U_R_I_S_T (qulog'imga chalinib qolgani, u kishi har sonni jinoyat kodeksi moddalari bilan bog'lashlari bo'ldi. O'zbekiston-Qatar o'yinidagi sharmandali holat videotasmasini ham aynan Yuristning tashabbusi ila maroq bilan tomosha qildik)
13. ORIF (Doim bir ryukzag, ichida nouytbuk, zaryadkalar, yana allanimalar yetmagandek, ikki fotoapparat ko'tarib oladigan yigit tarixda birinchi marta hech narsasiz keldilar)
14. Ziyovuddin (Uning suhbatdoshi adashmasam Titan bo'ldi. IT haqida gaplashishdi)
15. Braupov (Mezbon, menimcha tennisni ham yaxshi o'ynaydilar. Ha aytgancha tennis musobaqasi ham o'tkazdik, lekin kim g'olib bo'lganini bilolmadim)
16. Al-Laziz (Andijondan ataylab Javikni qo'riqlash uchun tashrif buyurgan user.
17. Javik (ertalabda tumanda yo'lga chiqqan, peshinga Toshkanga kirib kelgan, o'zi birinchi marta Toshkanga kelib, biz o'zimiz ham zo'rg'a topgan kafelarni qidiraverib, Toshkan manga yoqmadi, degan user. Ibi, tong otsin, hali hammasini ko'rasiz :) )
18. Muhammad Amin (yangi kuyovg bola, avvaliga iye, kuyov bola uylanib bo'yingiz pastlab ketibdimi dessam, yo'q, krossovka kiyib olgan ekan. Lekin uncha o'zgarmabdi)
19. Titan-Uz (keyingi safar "eng ko'p off-top qiluvchi" naminatsiyasini menga topshiringlar deb taklif qilgan uzer. Asosiy suhbati IT haqida bo'ldi :) )
20. Mo'min Mirzo (kattadan soat 3.30 gacha ruxsat olgan ekanlar xolos, tezda ketib qoldilar :) )
21. AbdulAziz (eng ko'p men gapirdim shekilli-a :) )

Yana uchrashuvga bora olmagan (vaqtini 18.30 deb o'ylagan ekanlar) va chin qalbdan borish niyatlarini borligini, do'stlar diydoridan qolib ketganlarini izhor qilgan AbdurRahmon va

Muhammad Sohib - mundoq bir mavzularga qarab qo'yadi-da, biz ham yumushlar bilan bo'lib, sizlarga xabar qilmabmiz. Inshaalloh, kelasi uchrashuvlarda birga bo'lamiz.

Qayd etilgan