Jamiyat va inson > Tibbiy qomus

O`nta Dahshatli Kasallik

(1/2) > >>

JaviK:
O‘NTA DAHSHATLI KASALLIK
1. Tirik murdalik

Ba’zi odamlar uchragan odamga o‘zlarining allaqachon o‘lganliklarini aytib, arz qilaverishadi. Ularning aytishicha, murdalari hidigacha sezisharmish. Bunday jazavali kasallik sabablarini hali olimlar aniqlashga erishishmagan.

JaviK:
2.Vampir kasalligi.

Ba’zilar doimiy ravishda o‘zlarini quyoshdan olib qochishadi. Sababi, quyosh nuri ta’sirida ularning terisida pufakchalar hosil bo‘ladi. Sal o‘tmay, tanada og‘riq turadi. Teri go‘yoki kuya boshlaydi. Bu vampirizm kasalligini eslatib yuborgani bois kasallikka shunday nom berilgan.

JaviK:
3. O‘tkirlashgan refleksiya

Kasallikning asosiy belgisi shuki, odam kutilmagan shovqindan yoki nimanidir ko‘rib qolsa ham qo‘rqib ketaveradi. Xuddi ortidan birov ta’qib qilayotgandek o‘z-o‘zidan dod soladi. Bu holat ma’lum muddat davom etadi va bemor tinchlanadi. Lekin oradan biroz vaqt o‘tib, yana jazavaga tushadi.

JaviK:
4. Blashko chizig‘i


Bu kasallik juda kam uchraydi. Kasallikni 1901 yili nemis dermatologi Alfred Blashko aniqlagan. Blashko chizig‘i tana tarkibida ko‘rinmaydi. Faqat ko‘zga ko‘rinadigan chiziqlar paydo bo‘lsagina, ushbu teri kasalligiga duchor bo‘lganlikni payqash mumkin.

JaviK:
5. Allotriofagiya

Bu kasallikka chalinganlar yeb bo‘lmaydigan narsalarni, masalan, qog‘oz, loy, yelim va shunga o‘xshaganlarni yeyishga o‘zlarida ehtiyoj seza boshlashadi. Dunyo olimlari hali bu kasallikning davosini topishgan emas.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version